Nukus shahri
Qoraqalpog`iston Respublikasi
329,100
Aholi
13
Universitetlar
6
Muzeylar
4
Kutubxonalar
1
Aeroportlar
1
Temir yo'l vokzallari
Shahar haqida umumiy ma’lumotlar
Nukus - (qoraqalpoqcha: Nókis) - Qoraqalpog'iston Respublikasi poytaxti.Respublika hududining markaziy qismida, Amudaryoning o'ng sohilida, 109 m balandlikda. Janubiy va sharqda Kizilqum cho'li bilan o'ralgan, shimolda Amudaryo deltasi bilan tutashgan. Qoraqolpog’istonning ilim- fan,madaniy va siyosiy markazi. Aholisi 339,2ming kishi. O'rtacha temperatura iyunda 27°, yanvarda —6,9°, maksimal temperatura 46°, minimal temperatura —32°. Temir yo'l stansiyasi. Nukusdan Toshkentgacha 1265 km. Kizketgan kanali shaharni kesib o'tadi. Maydoni 222 km².
Tarixi
Nukus nomi qoraqalpoqlarning eski qabila nomi Nukusdan kelib chiqqan.Nukus xaliq orasida “To’qqiz oda’m” ,“To’qqiz bahodir” degan ma’noni bildirishi haqqida ko’p aytiladi. Nukusda bizning eramizga qadar III-IV a’sirlarda odamlar yashashni boshlagan. XIX asirda Qaraboyli bo’ylarida Nukusning ekki Qo’rg’oni bo’lganligi haqqida sayohatchi Vamberi 1863 yili Xivadan Qong’irotga Amudaryo bo’lyab kemada suziganida ko’rgani haqqida aytkan Nukus urug’lari Sarimay o’zani buylarida yashagan bunnan ertaroqda esa Arol Dengizi buylarida yashagan.Arxelogiyaliq qa’zilmalarga qaraganda Qa’dimgi Shursha qa’lasi deb atalgan Qo’rg’onning urnida qurilgan Bu qo’rg’on IV asirda avvalgi Xorazim da’vlati ushun muhum erlardan biri sanalgan bu xa’rbiy qorg’on sifatida foydalanilgan. Xorazim chegarasi va Amudaryo suv yo’llarini nazorat qilgan, qorg’on yon atrofida Qoraqolpoqlar yashagan.Hozirga qadar qorg’on o’rni saqlanib qolgan. Nukus 1932-yildagi kichik aholi punktidan 1950-yillarga kelib keng xiyobonlari va yirik jamoat binolariga ega yirik, zamonaviy shaharga aylandi.
Aholisi
Aholisi 339,2ming kishi (2024); asosan, qoraqalpoqlar, o'zbek, qozoq,rus, koreys, tatar va boshqa millatlar ham yashaydi.
Sanoat va transporti
Shaharning yirik avtomagistrallar tugunida joylashganligi unda ko'p tarmoqli sanoatining tez rivojlanishiga sabab bo'ldi. Nukus Toshhovuz, Nukus – G'uzor avtomagistrallari xalqaro ahamiyatga ega. 345 km li Navoiy – Nukus temir yo'li, Nukus bilan Xo'jaylini bog'laydigan ko'prik. 243 km uzunlikdagi Tuyamo'yin – Nukus, 112 km uzunlikdagi Nukus, Taxtako'pir suv uzatish tarmoutari qurildi. Respublika sanoati umumiy mahsulotining 20% ni Nukus shahar sanoat korxonalari beradi. Shaharda 50 dan ziyod sanoat korxonasi bor. Metallsozlik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, yengil, yog'ochsozlik va poligrafiya sanoati tarmoklari mavjud. Nukusda yurilish materiallari sanoati yaxshi rivojlangan, yirik panelli uysozlik va silikat-beton zavodlari, qurilish materiallari kombinatlari, g'isht, kabel zavodlari, marmar ishlab chiqarish bo'yicha Qoraqalpoq Italiya qo'shma korxonasi bor. Non, go'sht, sabzavot-konserva, tegirmon va aralash yem kombinatlari, sut-yog', vino-araq va pivo-limonad zavodlari, bozorlar ishlab turibdi. Nukusda shirinmiya dorivor o'simligi ildizini yig'adigan va presslaydigan tibbiy korxona mavjud. Bu korxonaning mahsuloti AQSh, Kanada, Yaponiya, shuningdek, Yevropa mamlakatlariga eksport qilinadi. Yengil sanoat korxonalariga O'zbekistonda yagona o'tov-kigiz kombinati, tikuv va trikotaj fabrikalari, maishiy xizmat ko'rsatish kombinati kiradi. Shaharda o'zbek, qoraqalpoq. va rus tillarida gazeta-kitoblar bosadigan matbaa kombinati, mebel fabrikasi bor. Nukusdan turli yunalishlarda avtobuslar qatnaydi. Nukus havo yo'llari orqali O'rta Osiyo va Qozog'iston, Yevropa mamlakatlari shaharlari, Moskva, Mineralniye Vodi, Kiyev, Volgograd, Boku, Ostona, Kizilo'rda, Toshkent va O'zbekistonning barcha viloyat markazlari bilan bog'langan.
Madaniyat va ta’lim
Nukus – Qoraqalpog'istonning ilm-fan va madaniyat markazi. Nukusda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi, O'zbekiston Badiiyot akadimyasilarining Qoraqalpog'iston filiallari, O'zbekiston terivenerologiya, onkologiya, shuningdek, chorvachilik ilmiy tadqiqot institutlarining filiallari, pedagogika instituti, Qoraqalpog'iston universiteti, o'qituvchilar malakasini oshirish instituti va boshqa oliy o'quv yurtlari ishlab turibdi. 53 umumiy ta'lim maktabi, bir qancha akademik litsey, 2 sport, 2 musiqa maktablari, 18 o'rta maxsus bilim yurti, klub, kutubxona, sport majmui, madaniyat saroyi mavjud. Nukus telestudiyasi o'z dasturlaridan tashqari, Moskva, Toshkent, Ashxobod teleko'rsatuvlarini ham olib ko'rsatadi. Shaharda 5 kasalxona, poliklinika, dorixonalar va konsultatsiya punktlari, tez yordam stansiyasi bor. Berdaq nomidagi davlat musiqali drama teatri, filarmoniya, san'at muzeyi va boshqa muzeylar, 5 ming tomoshabinga mo'ljallangan amfiteatr, markaziy stadion, 57 sport zali, botanika bog'i mavjud.
Diqqatga sazovar joylari.
Nukusda Nukus san'at muzeyi (Igor Savitskiy nomidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Davlat san'at muzeyi deb ham ataladi) va Davlat muzeyi joylashgan. Davlat muzeyida arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan odatiy eksponatlar, an'anaviy zargarlik buyumlari, liboslar va musiqa asboblari, hududning yo'qolib borayotgan yoki yo'qolib ketish xavfi ostida turgan o'simlik va hayvonot dunyosi, Orol dengizi muammosiga oid ko'rgazmalar mavjud. San'at muzeyi 1918-yildan 1935-yillarga oid zamonaviy rus va o'zbek san'ati kolleksiyasi bilan mashhur. Stalin bu davrdagi barcha nosovet san'atini yo'q qilish uchun bor kuchini sarfladi va ko'pchilik rassomlarni gulagga yubordi. Savitskiyning o'zi ham, Nukusdagi kolleksiya ham saqlanib qolgan, chunki shaharning Sovet hokimiyatidan uzoqda joylashgani uning ta'sirini sezilarli kamaytirgan. „The Desert of Forbidden Art“ hujjatli filmi shu to'plam tarixini aks ettiradi.
Nukusda Amet va Ayimxon Shamuratovalar uy-muzeyi ham qoraqalpoq musiqasi madaniyati markazi hisoblanadi. Muzey kolleksiyasida Shamuratovlarning shaxsiy buyumlari, jumladan, sahna kiyimlari, fotosuratlar, qo'lyozmalar, kitoblar, xatlar saqlanadi.
Universitetlar
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar Universiteti Nukus filiali
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Nukus davlat texnika universiteti
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Nukus davlat texnika universiteti