WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat Tashkil etilgan: 1976

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri, Abdirov ko'chasi, 1-uy

$1,333

Eng arzon kontrakt, yiliga

29,170

Talabalar

10

Xorijiy talabalar

1,027

O'qituvchilar

17

Fakultetlar

53

Kafedralar

Dasturlar

153
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Respublikamiz ta'lim-tarbiya jabhasi, ma'naviyat, sport va madaniyat markazlaridan biri sifatida mamlakatimiz yuksalishiga munosib hissa qo'shib kelmoqda. Ayniqsa, u jamiyat asosiy bo'gini – yoshlar  aqliy salohiyati, e'tikodi va dunyokarashini tarbiyalaydigan, jahon hamjamiyatida yuz berayotgan siyosiy-iqtisodiy yangilanishlarga faol munosabat bildiradigan hamda ma'naviy dunyosi boy, etuk kadrlar tayyorlashda asosiy o'rinlardan birini egallaydi.
43 yillik tarixiy sanasi halqasida universitetimiz O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari orasida nufuzli ta'lim dargohiga aylandi. Oliy muassasada sifatli o'qitish tizimi yosh avlod ma'naviy dunyosini boyitish, ularda vatanparvarlik hamda insoniylik hissini tarbiyalash, milliy qadriyatlar va madaniyatga sadoqat ruhini mustahkamlash hamda ilm-fanni yanada takomillashtirish jarayoniga qorishib ketadi.
Universitet joriy zamonaviy qiyofasi, erishgan yutuqlariga faxr va shukronalik tuyg'usi bilan birga ushbu yutuqlarning natijasi bilim dargohining o'tgan tarixiy yo'liga nazar tashlab, uni tashkil etish va oyoqqa turishidagi mashaqqatli mehnatlari, tinimsiz izlanishlari, shuningdek, ushbu dargohga mehnati singgan fidoyi insonlarning  ulug' ishlarini yodga olish lozim.

Respublikaning iqtisodiyoti va madaniyatining jadal rivojlanishi, turli xil toifadagi mutaxassislarning ortib borishi Qoraqalpoq davlat universitetining tashkil etilishiga bo'lgan talabni oshirdi. Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining universitetga aylantirish masalasi 1950-yillarning oxirida ko'tarilgan. Qoraqalpog'istonda pedagogika institut asosida  universitet ochish masalasi eng dastlab Qorqalpog'iston viloyati partiya komitetining XVI konferensiyasida (11-12-yanvar, 1958-yil) shu davrdagi pedagogik institut rektori akademik S.Kamalov tomonidan qo'yilgan.
1960-yilning ikkinchi yarmidan boshlab Qoraqalpog'iston hukumat raxbarlari pedagogik institut bazasida universitet tashkil qilish ishiga kirishdi. Shu vaqtdagi respublika rahbarlari va pedagogik institut rektoratining  tinimsiz harakatlari natijasida 1974-yili 26-fevralda Markaziy Komitetning «Nukus davlat universitetini ochish haqida»gi qarorining imzolanishiga erishildi. Bu qarorga asoslanib 1974-yili sobiq ittifoq Vazirlar Kengashining qarori, shu yili 7-mayda Oliy va o'rta maxsus ta'lim muassassalari vazirligining buyrug'i, 21-mayda O'zbekiston hukumatining qarori e'lon qilindi. 1974-yilning 14-iyunida Qoraqalpog'iston hukumati tomonidan «Nukus davlat universitetini tashkil qilish xaqida»gi qaror qabul qilindi.
1976-yilning 1-sentyabridan boshlab Nukus davlat universiteti ta'lim maskani sifatida o'z ishini boshladi. U sobiq o'qituvchilar institutining tayyorlov bo'limi (1934-yili), o'qituvchilar instituti (1935-yili), pedagogik institut (1944-yili) kabi bosqichlarni bosib o'tib, respublikamizdagi etakchi oliy o'quv yurti sifatida bo'y ko'rsatdi. 1992-yildan Qoraqalpog'iston Respublikasi Joqari Kengesining qarori bilan T.G.Shevchenko nomidagi Nukus davlat universiteti Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universiteti  bolib qayta nomlandi.

 

     

Xorijiy talabalar uchun

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti 2025-2026 o‘quv yiliga o‘qishga xorijiy fuqarolarini taklif etadi.

Xorijiy fuqarolarni 2025-yilning 10-avgust kuniga qadar qabul qilinishini ma’lum qiladi. Xorijiy fuqarolar universitetning 83 bakalavr ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirishi mumkun. Abiturentlar suhbat asosida qabul qilinadi.

Xorijiy fuqarolar hujjatlarini elektron shaklda ham taqdim qilishlari mumkin:

XORIJIY FUQAROLARDAN QABUL QILINADIGAN HUJJATLAR

1 . Pasport va xorijga chiqish pasporti;

2. O‘zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi – (agar mavjud bo‘lsa);

3. Xorijiy fuqaroning o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotini tasdiqlovchi xujjat(shahodatnoma/diplom/ sertifikat)ning asl nusxasi o‘zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan hamda notarial tasdiqlangan shakli;

4. Tibbiy ma’lumotnoma (086 shakli)

5. Fotosurat (3,5-4,5); (alohida elektron shakli)

Talab etiladigan hujjatlarning elektoron shakli (PDF shaklida, ko‘rsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl bo‘lgan holda) universitetining xalqaro aloqalar bo‘limining   elektoron manziliga yuborilishi kerak.

Abituriyentning yashash manzili, telefon raqami, elektron manzili aniq ko‘rsatilish kerak.

Qo‘shimcha ma’lumot sifatida  abituriyentning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan yaqin qarindoshlariga oid ma’lumotlarni (manzili, telefon raqami, elektron manzili) kiritish tavsiya etiladi.

Suhbat vaqtida kelgan xorijiy abituriyentning elektron shaklda yuborilgan hujjatlarning asl nusxasi TALAB etiladi.

Agarda sizda Qoraqalpoq davlat universitetiga hujjat topshirishda ko‘shimcha ma’lumotlar kerak bo‘lsa universitetining XALQARO ALOQALAR BO‘LIMIGA MUROJAAT ETISHINGIZ MUMKUN.

XALQARO ALOQALAR BO‘LIMNING TELEFONI: 

Viza uzaytirish bo'yicha talabnoma va arizalarni qabul qilish, rasmiylashtirish tartibi.

Korxona va tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan (V-1, V-2 va E turdagi viza) xorijiy fuqarolar uchun MvaFR xizmatiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- korxona blankasida rahbar imzosi va muhri bilan tasdiqlangan 2 nusxada viza talabnomasi;
- Tashkilot guvohnomasi;
- xorijiy fuqaroning pasporti va pasport nusxasi;
- xorijiy fuqaroni O'zbekiston Respublikasiga taklif etish bo'yicha korxona, tashkilot va muassasa tomonidan O'zbekiston Respublikasi TIVga berilgan ariza (teleks) nusxasi (birinchi marotaba uzaytirilayotganda);
- hujjatlarni rasmiylashtirish va topshirish uchun tashkilot tomonidan mas'ul shaxsga berilgan ishonchnoma va uning pasport nusxasi.

Ushbu hujjatlarga qo'shimcha ravishda agar mavjud bo'lsa O'zbekiston Respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarning mehnat faoliyati huquqi tasdiqnomasi (litsenziya) yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy akkreditatsiyadan o'tgan chet el vakolatxonalar vakillarining akkreditatsiya guvohnomasi taqdim etiladi.

Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkor universitetlar va ilmiy institutlar

QQDU Xalqaro hamkorlik bo'yicha hozirgi vaqtta dүnyaning 17 mәmlakatining 55 dan ortiq oliy talim moassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan xalqora shartnomalar va memorandomlarga ega
Belarusiya Davlat texnologik universiteti Vitebsk Davlat Texnologiya Universiteti Polesskiy Davlat Universiteti Gyote instituti O'zbekistonda Gyeongbuk Milliy Universiteti Taras Shevchenko nomidagi Kiyev Milliy universiteti Otaturk Universiteti Ichki Mo'g'uliston texnologiya universiteti Adabiyot instituti ularni ANAS. N. Ganjabiy Nitradagi Slovakiya qishloq xo'jaligi universiteti Universitet Obuda Universiteti Xitoy Fanlar Akademiyasi qoshidagi Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti.

Xalqaro birga ishlash bólimi tarafidan Qıtayning Tian Jin Qishloq xojalık universiteti va universitetimizning biologiya fakulteti orasıda onlayn uchrashuv bo'lib o'tdi.

 

 Xalqaro birga ishlash bólimi tárafidan Buyuk Britaniyanıng De Montfort universiteti va Qoraqalpoq Davlat Universitetining  iqsodiyot va shet tillari  fakulteti  bilan birgalikta  onlayn uchrashuv bo'lib o'tti.

 Al-Farabiy  nomidagi  Qozoq Davlat  universiteti analitik, kolloidlık  kimyo va kam uchrashadigan elementlar  texnologiyası kafedrasınıng  rahbari, x.i.k., docent Argimbaeva Akmaral Muxambetovna, analitik, kolloidlık  t   va kam uchrashadigan elementlar  texnologiyası kafedrasınıng  katta oqitivchisi, PhD Raxımbay Gúlmira Sapar qızı Berdaq nomidagı Qoraqalpoq Davlad  Universitetida mexmonda  boldı.

 

 

Talabalar uchun imkoniyatlar

Hozirgi kunda universitetda 3200 nafarga yaqin foal talaba dizimga olingan bo'lib, ular kafedra rahbarlari bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug'ullanmoqdalar.2023/2024 o'quv yilida 32 nafar talaba davlat stipendiyalari g'olibi deb topildi, jumladan, 1 nafar talaba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari g'olibi, 8 nafar talaba Navoiy nomli, 3 nafar talaba Beruniy nomli, 2 nafar talaba Ulug ' bek nomli, 1 nafar talaba Islom Karimov nomli, 1 nafar talaba Ibrohim Yusupov nomli, 1 nafar talaba Toliburgen Qayipbergenov nomli, 1 nafar talaba Babur nomli, 1 nafar talaba Pahlavan Mahmud nomli davlat stipendiyalari g'olibi deb topildi.

Joriy yilda Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo'lga kiritib, jamoa bo'yicha 1-o'rinni egalladi.

           

 

N.Kokanova Nursulov Jenisbay qiz 2002 yil 18 sentabrda Qoraqalpog'ston Respublikasi Kegeyli tumanida tug'ilgan. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetida chet tillari fakultetining 3-bosqich talabasi. U barcha darslarda faol ishtirok etadi, noyob reytinglarni egallaydi. N.Kokanova o'qish davomida yoshlar o'rtasida katta tashabbuslarga ega bo'lib, ularni amalga oshiradi. 

N.Kokanova tuman va respublika miqyosida o'tkazilgan tanlovlar va fan olimpiadalarida faol ishtirok etadi.N.Kokanova 2018 yil "Yosh kitobxon" tanlovi bo'yicha respublika bosqichi g'olibini qo'lga kiritdi, oliy mukofoti, ya'ni Prezident sovg'asining "Spark" avtomobili bilan taqdirlandi.

 

Video va rasmlar

9

Fakultetlar

17

1976-yili Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ochilgan vaqtda  fizika-matematika fakulteti tarkibida ikki fakultet: fizika va matematika fakultetleri ochildi.

Universitetimizda Fizika fakulteti bakalavriyat va magistratura ta'lim yonalishlari boyicha talim berip kelmoqda.Bakalavriyat talim yonalishida 4 kafedra mavjud bolib ular, 

1.Fizika

2.Yarim o'tkazgichlar

3.Elektr energetikasi

4.Elektr energetikasi va metrologiya

Bakalavriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

  • 60530900-fizika boyicha,

  •  60710500-energetika (tarmoqlar bo'yicha),

  • 60710600-elektr energetikasi (Tarmoqlar va yo'nalishlar bo'yicha)

  • 60710700-Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo'yicha), 

  • 60711300-Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo'yicha) talim berilib kelmoqda.

Magistratura ta'lim yo'nalishi boyicha;

1.70530901-Fizika (yo'nalishlar bo'yicha)
2.70530905-Yarimo'tkazgichlar fizikasi
3.70710602-Elektr stansiyalari

 

Matematika fakultetida;

  • Funksional taxlil, algebra va geometriya

  • Matematik tahlil

  • Differensial tenglamalar

  • Amaliy matematika va informatika

  • Algoritimlash va dasturlash texnologiyalari kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat yo'nalishi bo'yicha 

60540100-Математика

60540200-Амалий математика

60610100-Компьютер илмлари ва дастурлаш технологиялари (йўналишлар бўйича)

Magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

70540101-Математика (йўналишлар бўйича)
70540201-Амалий математика (соҳалар бўйича) ta'lim beriladi.

 

Universitetimizda biologiya fakultetida;

  • Umumiy biologiya va fiziologiya

  • Ekologiya va tuproqshunoslik

  • Dorivor o'simliklar agroekologiyasi va introduksiyasi  kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

  • 60510100-Biologiya (turlari bo'yicha)

  • 60710400-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha), 60530700-Tuproqshunoslik

  • 60812100-Dorivor o'simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyasi

Magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

  • 70510101-Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha)

  • 70530701-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo'yicha),  

  •  70710402-Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

  • 70812101-Dorivor o'simliklarni etishtirish texnologiyasi

 

Geografiya va tabiyiy resurslar  fakuletida;

  1. Tabiiy  geografiya va gidrometeorologiya

  2. Geodeziya, kartografiya va tabiiy resurslar

  3. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya  kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat yo'nalishi bo'yicha;

  1. 60530400-Geografiya,

  2. 60530500-Geologiya (faoliyat sohasi bo'yicha),

  3. 60520100-Gidrometeorologiya

  4. 60722500-Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo'yicha),

  5. 60721800-Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha)

  6. 60530400-Geografiya

Magistratura yo'nalishi bo'yicha:

  1. 70520102-Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo'yicha)

  2. 70722601-Geodeziya va geoinformatika

  3. 70530402-Geografiya (o'rganish ob'ekti bo'yicha)

Kimyo texnologiya fakultetida;

  • Kimyoviy texnologiya

  • Organik va noorganik kimyo

  • Fizikaviy kolloid kimyo kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat talim yo'nalishi boyicha;

  1. 60710100-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha),
  2. 60720100-Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo'yicha)
  3. 60530100-Kimyo (turlari bo'yicha);

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

  1. 70710101-Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)
  2. 70530101-Kimyo (fan yo'nalishi bo'yicha)

Sanoat texnologiyasi fakultetida;

  • Sanoat texnologiyasi

  • Neft va gaz texnologiyasi  kafedralari mavjud.

Bakalaviriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

  1. 60720700-Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo'yicha),

  2. 60721200-Engil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo'yicha)"

  3. 60721100-Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi,

  4. 60721000-Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi  

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

  1. 70721801-Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish

  2. 70721102-Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi yo'nalishlarida  bilim beriladi.

 

 

 

Qurilish fakultedida  ikkita kafedra, bakalaviyatura yo'nalishi   va magistratura yo'nalishlarida tahsil beriladi.

Kafedralar;

Bino va inshootlar qurilishi
Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi

Bakalaviyatura talim yo'nalishi;

  1. 60112400-Professional ta'lim (Qurilish muxandisligi: bino va inshootlar qurilishi),

  2. 60720600-Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo'yicha),

  3. 60730300-Qurilish muxandisligi: bino va inshootlar qurilishi,

  4. 60730700-Qurilish muxandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish

  5. 60730900-Gidrotexnika qurilishi (turlari bo'yicha),

  6. 60730400-Muhandislik kommunikasiyalari qurilishi va montaji (turlari bo'yicha)

Magistratura talim yo'nalishida;

  1. 70730301-Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo'yicha),

  2. 70730701-Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari

  3. 70730401-Muhandislik kommunikasiya tizimlari, qurilishi va montaji (turlari bo'yicha) tahsil beriladi.

 

Arxitektura fakultetida 

  • Arxitektura

  • Shahar qurilishi va xo'jaligi  kafedralari mavjud.

Bakalavriyat  talim yo'nalishida;

  1. 60730100-Arxitektura (turlari bo'yicha),

  2. 60731100-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavrasiyasi,

  3. 60210400-Dizayn (landshaft dizayni)

  4. 60730200-Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish,

  5. 61040100-Transport logistikasi (avtomobil transporti),

  6. 61040300-Yo'l harakatini tashkil etish,

  7. 60730800-Yo'l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo'yicha),

  8. 60730600-Qurilish muxandisligi: devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi

Magisstratura talim yo'nalishida                         

  1. 70730202-Shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari,  

  2.  70730311-Devorbop va pardozbop materiallar texnologiyasi

      

 

Qoraqalpoq filologiyasi va jurnalistika fakulteti 

 Kafedralari:

  1. Qoraqalpoq tilshunosligi

  2. Qoraqalpoq adabiyoti

  3. Amaliy filologiya

  4. Jurnalistika

Bakalavriyat talim yo'nalishi;

  1. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: qoraqalpoq tili 

  2. 60230600-Noshirlik ishi 

  3. 60230700-Amaliy filologiya

  4. 60230800-Kompyuter lingvistikasi

  5. 60320100-Jurnalistika (faoliyat turlari bo'yicha)

  6. 60320200-Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

 Magistratura talim yo'nalishi;

  1. 70230101-Lingvistika: qoraqalpoq tili,

  2. 70230103-Folklorshunoslik va dialektologiya

  3. 70230104-Adabiyotshunoslik: qoraqalpoq adabiyoti,

  4. 70230103-Folklorshunoslik va dialektologiya

  5. 70230104-Jurnalistika (faoliyat turlari bo'yicha),              

  6.  70320103-Televidenie va radio eshittirish

 O'zbek filologiyasi  fakulteti  4 ta kafedradan iborat bo'lib,bakalavriyatura va magistratura talim yo'nalishlari bo'yicha tahsil olishadi.

Mavjud kafedralar;

  • O'zbek tilshunosligi

  • O'zbek tili va adabiyoti

  • Qozoq tili va adabiyoti

  • Turkman tili va adabiyoti   

Bakalavriyat talim  yo'nalishi  bo'yicha;

  1. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili

  2. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: qozoq tili

  3. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: turkman tili

 

Magistratura  talim  yo'nalishi  bo'yicha;

  1. 70230101-Lingvistika: o'zbek tili

  2. 70230104-Adabiyotshunoslik: o'zbek adabiyoti

  3. 70230101-Lingvistika: qozoq tili

  4. 70230101-Lingvistika: turkman tili ,

  5. 70230104-Adabiyotshunoslik: turkman adabiyoti

 

Chet tillari fakultetida quydagi kafedralar mavjud;

  • Inglis tilshunosligi

  • Inglis tili va adabiyoti 

  • Nemis tili va adabiyoti

  • Tarjima nazariyasi va amaliyoti

  • Rus tili va adabiyoti

  • Fakultetlararo chet tillari

 

Bakalavriyat talim yonalishi bo'yicha; 

  1. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili

  2. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili

  3. 60112100-Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

  4. 60230200-Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, qora qalpoq),  

  5. 61010500-Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar bo'yicha) 

  6. 60230100-Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili

 

Magistratura ta'lim yonalishi bo'yicha;

  1. 70230101-Lingvistika: ingliz tili

  2. 70230101-Lingvistika: nemis tili

  3. 70230201-Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar bo'yicha)

  4. 70230101-Lingvistika: rus tili,

  5. 70230104-Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti

Tarix fakultetida  quydagi kafedralar mavjud;

  1. 1.Arxeologiya

  2. 2.O'zbekiston va Qoraqalpog'iston tarixi

  3. 3.Ijtimoiy fanlar

 

Bakalavriyat talim yo'nalishi;

  1. 60220400-Arxeologiya,

  2. 60220300-Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha)

  3. 60220300-Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha)

  4. 60220500-Falsafa (yo'nalishlar bo'yicha),

  5. 60311000-Sosiologiya

 

Magistratura talim yo'nalishi;

  1. 70220401-Arxeologiya

  2. 70220301-Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha),      

  3. 70220801-Etnografiya, etnologiya va antropologiya

  4. 70220501-Falsafa (sohalar bo'yicha)

Jismoniy madaniyat fakulteti quydagi kafedralardan iborat;

Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Fakultetlararo jismoniy madaniyat

 

Bakalavriyat talim yonalishi bo'yicha;

60112200-Jismoniy madaniyat,

61010300-Sport faoliyati (kurash),

61010300-Sport faoliyati (futbol)

 

Magistratura ta'lim yonalishi bo'yicha;

70112201-Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi

Yuridika fakulteti quydagi kafedralardan iborat.

1.Inson huquqlari, davlat huquki va boshqarish
2.Fuqarolik va biznes huquqi
3.Jinoyat huquqi, prosessi va kreminalistika
4.Milliy g'oya, ma'naviyat asosilari va huquq ta'limi

 

Bakalavriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

60420100-Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha)

60112100-Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi,

60310700-Siyosatshunoslik

 

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

70420106-Davlat boshqaruvi huquqi

70420115-Huquq va biznes

70420114-Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti

70112101-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (ma'naviyat asoslari)

 

Iqtisodiyot  fakultetida quydagi kafedralar mavjud;

Iqtisodiyot
Buxgalteriya hisobi va audit
Moliya
Menedjment va iqtisodiyot asoslari

Bakalvriyat talim yo'nalishi bo'yicha;

60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),

60310500-Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),

60310200-Ekonometrika,

61010400-Turizm (faoliyat yo'nalishlari bo'yicha)

60410100-Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo'yicha),

60410800-Statistika (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

60410700-Byudjet nazorati va g'aznachiligi,  

60410400-Moliya va moliyaviy texnologiyalar,

60410200-Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo'yicha)

60411200-Menejment (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),

60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

 

Magistratura talim yo'nalishi bo'yicha;

70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha),

71010401-Turizm(faoliyat turlari bo'yicha

70410101-Buxgalteriya hisobi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

70410401-Davlat moliyasi va xalqaro moliya

70310107-Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish,  

 70411201-Menejment (tarmoklar va soxalar buyicha)

 

San'atshunoslik fakulteti quyidagi bo'limlardan iborat.

1.Tasviriy san'at
2.Pedagogika va psixologiya

 

Bakalavriyat ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

60210400-dizayn (kiyim va gaz),
60210500-rasm (dastgoh),
60210800-amaliy san'at (badiiy keramika),
60211400-vokal san'ati: an'anaviy  xonandaligi,
60211400-vokal san'ati:estrada xonandaligi ,
60211500-instrumental ijro: an'anaviy asboblar,
60212000-madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish va boshqarish
60310900-psixologiya (amaliy psixologiya)

Magistratura ta'lim yo'nalishi bo'yicha;

70310901-psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha)

       

 

malumot kutilmoqda

Ta'lim yo'nalishlari

114
  • Amaliy filologiya 60230700
    Bakalavr
  • Amaliy matematika (sohalar bo'yicha) 70540201
    Magistr
  • Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800
    Bakalavr
  • Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (kimyo) 70530104
    Bakalavr
  • Arxeologiya 60220400
    Bakalavr Magistr
  • Arxitektura 60730100
    Bakalavr
  • Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi 60730800
    Bakalavr
  • Axborot xavfsizligi 60610200
    Bakalavr
  • Bino va inshootlar qurilishi (inshootlar turi bo'yicha) 70730301
    Magistr
  • Biologiya (fan yo'nalishi bo'yicha) 70510101
    Magistr
  • Biologiya (matematik biologiya) 60510100
    Bakalavr
  • Biologiya (turlari bo'yicha) 60510100
    Bakalavr
  • Biznes huquqi 70420108
    Magistr
  • Budjet nazorati va g'aznachiligi 60410700
    Bakalavr
  • Buxgalteriya hisobi 60410200
    Bakalavr Magistr
  • Cholg'u ijrochiligi (xalq cholg'ulari) 60211500
    Bakalavr
  • Davlat boshqaruvi huquqi 70420106
    Magistr
  • Davlat moliyasi va xalqaro moliya 70410401
    Magistr
  • Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni) 60210400
    Bakalavr
  • Dizayn: libos va gazlamalar 60210400
    Bakalavr
  • Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi 70811101
    Bakalavr Magistr
  • Ekologiya 70520202
    Magistr
  • Ekonometrika 60310200
    Bakalavr
  • Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) 60710600
    Bakalavr
  • Elektr stansiyalari 70710408
    Magistr
  • Elektr ta'minoti 70710407
    Bakalavr
  • Energetika (issiqlik energetikasi) 60710500
    Bakalavr
  • Falsafa (sharq falsafasi va madaniyati) 60220500
    Bakalavr
  • Falsafa (sohalar bo'yicha) 70220501
    Magistr
  • Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili 60230100
    Bakalavr
  • Fizika 60530500
    Bakalavr
  • Fizika (yo'nalishlar bo'yicha) 70530501
    Magistr
  • Folklorshunoslik va shevashunoslik 60230900
    Magistr
  • Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400
    Bakalavr
  • Geodeziya va geoinformatika 60721500
    Bakalavr Magistr
  • Geografiya 60530200
    Bakalavr
  • Geografiya 70530201
    Magistr
  • Geologiya (faoliyat sohasi bo'yicha) 60530500
    Bakalavr
  • Gidrometeorologiya 60520100
    Bakalavr
  • Gidrometeorologiya (faoliyat turi bo'yicha) 70520102
    Magistr
  • Gidrotexnika qurilishi (turlari bo'yicha) 60730900
    Bakalavr
  • Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600
    Bakalavr
  • Ijtimoiy ish 70920101
    Magistr
  • Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (huquq ta'limi) 70112101
    Magistr
  • Iqtisodiyot 60310100
    Bakalavr Magistr
  • Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti 70420114
    Magistr
  • Jismoniy madaniyat 60112200
    Bakalavr
  • Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi 70112201
    Magistr
  • Jurnalistika (faoliyat turlari bo'yicha) 60320100
    Bakalavr Magistr
  • Kimyo (fan yo'nalishi bo'yicha) 70530101
    Magistr
  • Kimyo (oziq-ovqat mahsulotlari kimyosi) 60530100
    Bakalavr
  • Kimyo (turlari bo'yicha) 60530100
    Bakalavr
  • Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) 70710101
    Magistr
  • Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish 60730200
    Bakalavr
  • Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo'nalishlar bo'yicha) 60610100
    Bakalavr
  • Kompyuter lingvistikasi 70230801
    Bakalavr
  • Konchilik ishi 60720800
    Bakalavr
  • Lingvistika (ingliz tili) 70230101
    Magistr
  • Lingvistika (nemis tili) 70230101
    Magistr
  • Lingvistika (rus tili) 70230101
    Magistr
  • Logistika 61010400
    Bakalavr
  • Madaniyatshunoslik 60211800
    Bakalavr
  • Marketing 60411200
    Bakalavr
  • Matematika 60540100
    Bakalavr
  • Matematika (yo'nalishlar bo'yicha) 70540101
    Magistr
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 60720600
    Bakalavr
  • Menejment 60410800
    Bakalavr Magistr
  • Menejment (kimyo va oziq-ovqat sanoati) 60411200
    Bakalavr
  • Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (kimyo va oziq-ovqat) 60711300
    Bakalavr
  • Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi 60111100
    Bakalavr
  • Moliya 70410501
    Magistr
  • Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500
    Bakalavr
  • Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish 70310107
    Magistr
  • Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji 70730401
    Magistr
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va montaji (turlari bo'yicha) 60730400
    Bakalavr
  • Muzeyshunoslik (turlari bo'yicha) 60212100
    Magistr
  • Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish 70721801
    Magistr
  • Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi 70721102
    Magistr
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 70720601
    Bakalavr
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600
    Magistr
  • Noshirlik ishi 60230600
    Bakalavr
  • O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish. 60820100
    Bakalavr
  • O'simliklar himoyasi va karantini 60810500
    Bakalavr
  • O'zbek tili va adabiyoti 70111401
    Bakalavr
  • Professional ta'lim (yo'nalishlar bo'yicha) 60112400
    Bakalavr
  • Psixologiya 60310300
    Bakalavr
  • Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili 70230201
    Magistr
  • Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari 70730309
    Magistr
  • Qurilish muhandisligi 70730301
    Bakalavr
  • Qurilish muhandisligi 60730300
    Bakalavr
  • Rangtasvir (dastgohli) 60210500
    Bakalavr
  • Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60310500
    Bakalavr
  • Shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari 70730202
    Magistr
  • Siyosatshunoslik 60310100
    Bakalavr
  • Soliqlar va soliqqa tortish (faoliyat turlari bo'yicha) 60410200
    Bakalavr
  • Sotsiologiya 60310400
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (basketbol) 61010201
    Bakalavr
  • Sport faoliyati (kurash) 61010200
    Bakalavr
  • Statistika (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60410700
    Bakalavr
  • Sun'iy intellekt (magistratura) 70610501-
    Magistr
  • Tarix 60220300
    Bakalavr
  • Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha) 70220301
    Magistr
  • Tarjima nazariyasi va amaliyotii: Ingliz tili / Rus tili / Nemis tili 60230200
    Bakalavr
  • Televideniye va radioeshittirish 70320103
    Magistr
  • Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati) 60720700
    Bakalavr
  • Transport logistikasi (transport turlari bo'yicha) 61040100
    Bakalavr
  • Tuproqshunoslik 60530700
    Bakalavr
  • Turizm va mehmondo'stlik 61010100
    Bakalavr Magistr
  • Vokal san'ati (An'anaviy xonandalik) 60211400
    Bakalavr
  • Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900
    Bakalavr
  • Yarim o'tkazgichlar fizikasi 70530905
    Magistr
  • Yo'l harakatini tashkil etish 61040200
    Bakalavr
  • Yurisprudensiya 60420100
    Bakalavr
  • Yurisprudensiya: (faolioyat turlari bo'yicha) 60420100
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

5

Dawletova Guliston O'temisovna

Dawletova Guliston Otemisovna, 1958-yili 20-noyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tuman Shaxaman qishlog'ida ishchi oilasida tavallud topgan. 1976-yili o'rta maktabni tamomlagan. 1978-yili Nukus Davlat Universitetining Roman-german filologiya fakulьtetining ingliz tili mutaxassisligi bo'limiga o'qishga kirgan. 1983-yili shu mutaxassislikni a'lo baholarga to'gatgan va shu yili Nukus shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 27-sonli maktabga o'z mutaxassisligi buyicha ishga qabul qilingan. 2006-2011 yillar oralig'ida Nukus shahar xalq ta'limi bo'limi mudirasi lavozimida faol ishlagan. 2011-yili 9-sentyabrdan boshlab Nukus shahar xalq ta'limi bo'limiga qarashli 32-sonli umumta'lim maktab direktori lavozimida ishlab kelmoqda. O'zbekston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Nizomi, «Kadrlar tayorloshning milliy dasturi» asosida maktabida zamon talablariga mos o'quvchilarga ta'lim tarbiya berishda o'z hissasini qo'ship kelmoqda. O'zbekston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpog'iston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a'zosi. "Sening darding bilan yashayman, ayol" 2001 yili, "Ayol ishqi" o'zbek tilida "Yangi asr avlodi" nashriyoti 2007 yili, "Qiz taxtim" Toshkent nashriyotida 2009 yili, "Kuzgi to'lg'onishlar" 2012 yili, "Tumar qiz" 2014 yili, «Qalbimdagi esdalik» 2017 yili Qoraqalpog'iston nashriyotida she'rlar to'plami yozib xalqga taqdim etti. Ellikdan ortiqroq she'rlarga kompozitorlar ko'ylar bastalab, taniqli qo'shiqchilar ijro etib kelmoqda. "Ona yer ona", "Qiz sog'inchi", "Sezmading mi sen", "Men qiziman qoraqalpoq xalqining", "Qizingman" , "Kechir jonim kechira alsang", "Qumay ko'zni sevaman», "Tug'ilgan yer", "Arman", "Dardlarimga darmon bo'larmikansan" xalqimizning sevib tinglaydigan qo'shiqlarim va shu bilan bir qancha bolalar qo'shiqlarining ham muallifi. "Baxtli bolalik". "Men chavandoz bolaman" qo'shiqlarini bolalar sevib kuylaydi. She'rlari o'zbek shoiri Rustam Musurmon, Muzaffar Axmad tarjimasida o'zbek tiliga tarjima etildi. 2014 yili "O'zbekston–Vatanim manim" qo'shiqlar tanlovida O'zbekston Respublikasida "Ona yer" qo'shig'i uchun sovrinli 1 -o'rinni egalladi.

Reymova Zuxra Abatbaevna

Reymova Zuxra Abatbaevna 1972 yil 18 yanvar kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida tug'ilgan. Millati qoraqalpoq. 1989-1994 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti huquqshunoslik yo'nalishida tahsil olgan. 1995-2020 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Yuridika fakultetida faoliyat olib borgan. Yuridika fanlari doktori, professor. 2020 yildan shu kunga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengeshining Qonuniylik, sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari qo'mitasi raisi. O'z. LiDeP a'zosi.

Ermashev Jen'is Maratovich

Ermashev Jen'is Maratovich 1977 yil 14 noyabrь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumanida to'g'ilgan. Millati qoraqalpoq. 1996-2002 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat Universitetida Yuridika fakulьteti yo'nalishining bakalavr va magistratura bosqichlarida taьlim olgan. Yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega. 2002-2018 yillarda O'zbekiston Respublikasi prokuraturasi tizimida turli xil lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2017 yil "Sodiq xizmatlari uchun" medali bilan taqdirlangan. 2018 yildan hozirgi paytgacha Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani hokimi.

Tarixov Kamal Maksetbaevich

Tarixov Kamal Maksetbaevich 1981 yil 10 fevral kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida tug'ilgan. Millati Qoraqalpoq. 1997-2003 yillarda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bakalavr va magistratura bosqichlarida ta'lim olgan. 2007-2022 yillarda O'zbekiston Respublikasi sud tizimida faoliyat o'lib borgan. 2018 yildan hozirgi kunga qadar Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi raisi.

Matchanov Azat Taubaldievich

Matchanov Azat Taubaldievich, 30.06.1952 yilda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xo'jayli tumanida tug'ilgan. Millati Qoraqalpoq, ma'lumoti - oliy. Umumiy ish staji 54 yil, shundan pedogogik staj 44 yil. 1972-1977 yillarda Nukus davlat universitetining kimyo-biologiya fakultetida taxsil olgan. 1977-1979 yillarda Nukus davlat universitetida stajyor-tadqiqotchi bo'lgan. 1979-1982 yillarda I.P.Pavlov nomidagi Rossiya Ilimlar Akademiyasi fiziologiya instituti aspiranti bo'lgan. 1983-1987 yillarda Nukus davlat universiteti «Zoologiya» kafedrasi o'qituvchisi bo'lib ishlagan. 1987-1989 yillarda Nukus davlat universiteti kimyo-biologiya fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan muovini. 1989-1991 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi fiziologiya instituti ilmiy xodimi. 1991-1994 yillarda Rossiya Fanlar Akademiyasi fiziologiya instituti doktoranti. 1994-1995 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti «Zoologiya» kafedrasi dosenti. 1995-1996 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti «Odam va hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi» kafedrasi dosenti 1996-1999 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori, «Odam va hayvonlar anatomiyasi, fiziologiyasi» kafedrasi mudiri. 1999-2001 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha prorektori, «Anatomiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri. 2001-2005 yillarda Nukus davlat pedagogika instituti rektori, «Anatomiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri. 2005-2012 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti rektori 2012-2015 yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti «Ekologiya va fiziologiya» kafedrasi professori. 2015-yili Qoraqalpoq davlat universitetining «Ekologiya va tuproqshunoslik» kafedrasi professori. 2015 -2018 yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining «Biologiya» kafedrasi professori. 2018-2023 yillarda Qoraqalpoq davlat universitetining «Umumiy biologiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri. 2023 oktyabrьdan Qoraqalpoq davlat universitetining «Umumiy biologiya va fiziologiya» kafedrasi mudiri bo'lib ishagan. 2002-yili O'zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi tarafidan professor ilmiy unvoni berildi. 1999-yili O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan «Oliy ta'lim a'lochisi» ko'krak nishoni bilan, Shu bilan bir qatorda 25 avgust 1999 yili O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidentining farmoniga binoan «Do'stlik» ordeni bilan mukofotlangan. 2002- yili ko'p yillik samarali mehnati hamda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun Xalq ta'limi vazirligining buyrug'iga asosan «Xalq ta'limi a'lochisi» nishoni berildi. 2004-2009 yillarda ta'lim sohasidagi mehnatlari natijasida xalqimiz tomonidan Qoraqalpog'iston Respublikasi Oliy Kengashi deputati bo'lib saylangan. 2006 yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan «Ta'lim xomiysi » ko'krak nishoni bilan mukofotlangan. Ta'lim tizimidagi tinimsiz xizmatlarim uchun 2014-yilda «Qoraqolpog'iston Respublikasi xalq ta'limi a'lochisi» ko'krak nishoni bilan mukofotlangan.

Talabalar fikri

1
Men Toremuratova Mexriban Alpisbaevna 2004 yili Rossiya Shaxrida tu'g'ildim. Xozirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universitetida chet tillari fakultetida rus tili ta'lim sohasida 2-kurs talabasiman.Bizning Universitetimizda talabalarning bilim olishlari uchun juda ko'b imkoniyatlar yaratilgan.Shulardan aytib o'tadigan bo'lsam zamonaviy kompyuter xonalari mavjud bo'lib hammasida Ineternet ulangan, talabalarning bilim olishlari va izlanishlari uchun bibletekalar, viloyat,tumanlardan kelgan talabalar uchun zor, zamonaviy sharayitlarga ega yotoqxonalar mavjud. Men shu universitetta oqib bilim oliyotganima maqtanaman.
T TOREMURATOVA MEXRIBAN ALPISBAEVNA