WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qoraqalpog`iston Respublikasi Filial Tashkil etilgan: 2008

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahri 230100, Qoraqalpog'iston ko'chasi raqamsiz uy

$2,435

Eng arzon kontrakt, yiliga

795

Talabalar

1

Xorijiy talabalar

110

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

10

Kafedralar

Dasturlar

11
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali 2008-yil 28-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-845-sonli qarori bilan tashkil qilindi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yili 4-iyundagi PQ-1771-sonli qaroriga asos O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali bo‘lib qayta tashkil etildi.

Filial dastlabki ochilgan yili “Saxna va ekran san’ati dramaturgiyasi” va “Drama aktyorligi va kno aktyorligi san’ati” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 25 nafar talaba qabul qilingan. Hozirgi vaqtda 9 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida 1745 nafar talaba-yoshlar ta’lim olmoqda. Shuningdek, 2022-2023 o‘quv yilidan boshlab magistratura bo‘limi tashkil etildi va hozirgi vaqtda 9 nafar magistr talabalari tehsil olmoqda.

Filialda 3 fakultet, 10 kafedra mavjud va 90 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy shtatta faoliyat oli boradi. Shundan, 12 nafari fan nomzodlari va falsafa doktorlari, 12 nafari professor va 10 nafari dotsent ilmiy unvonini olgan. Shunungdek, filialda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari Xalq artistlari, Xizmat ko‘rsatgan artistlar, “Nihol” va “Zulfiya” nomidagi davlat mukofatlari sohiblari talabalarga dars beradi.

Filialda ta’lim olayotgan talabalarning raqs san’atiga bo‘lgan qiziquvchanligini oshirish maqsadida 2018-yilda filial qoshidan “Tumar” raqs ansambli tashkil etildi. Bundan tashqari, talaba qizlarning bo‘sh vaqtida hunar o‘rgatishi uchun “Chevar qo‘llar” to‘garagi faoliyat yuritadi. San’at va fan yo‘nalishlari bo‘yicha ham to‘garaklar mavjud.

Filialda tomonidan hozirga qadar xorijiy davlatlarning 10 ta oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik Shartnomalari imzolangan. Mazkur shartnomalar doirasida filial professor-o‘qituvchilari va talabalarning xalqaro akademik almashinuv kurslarida ishtirok etishi, ilmiy stajirovka va tajriba oshirishi, xalqaro konferentsiyalar, festivallar va tanlovlarda qatnashishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan, Qozog‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti va X.A.Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universitetlari bilan doimiy ravishda professor-o‘qituvchilar va talabalarni akademik almashinuv yo‘lga qo‘yilgan.

Xorijiy talabalar uchun

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institute Nukus filialida xorijiy talabalar uchun 330 o‘rinlik talabalar yotoqxonasi 2024-2025 o‘quv yiliga foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Talabalar sport klubi, “Chevar qo‘llar” to‘garagi, “Tumar” raqs ansambli, Teatr studiyasi va fanlar bo‘yicha fan to‘garaklari faoliyat yuritmoqda. Filialda ixtidorli talaba-qizlar uchun 2023-yildan buyon “Maryash Ismailova nomidagi Stipendiya” tashkil etilgan.

Xalqaro hamkorlik

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali jami 8 ta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik Shartnomalari imzolangan

 

Rossiya Federaciyasi:

Z.Ismagilov nomidagi Ufa davlat san’at institute

D.Xvorostovskiy nomidagi Sibir davlat san’at institute

Qozon davlat madaniyat instituti

 

Qozog‘iston Respublikasi

M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti

M.Dulati nomidagi Taraz davlat universiteti

X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetlari

 

Tojikiston Respublikasi

M.Tusunzoda nomidagi Tojik davlat san’at va madaniyat institute

 

Qirg‘iziston Respublikasi

Beyshenalieva nomidagi Qirg‘iz davlat madaniyat va san’at institute

 

Shundan, M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti va  X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetlari nufuzli xalqaro reyting tashkiloti QS tomonidan 2023-yilda dunyoning eng yaxshi OTMlari Top-1000 talik reytingida qayd etilgan.

 

Filialda M.Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti va  X.A.Yassaviy nomidagi Qozoq-Turk xalqaro universitetlari bilan talabalarni akademik almashinuv dasturi doirasida har yili talabalar ushbu universitetlarda akademik almashuv dasturida ishtirok etadi.

Til kurslari

Filialda o'qitish O'zbek, Qoraqalpoq tillarida olib boriladi. Shunningdek, talabalar uchun "Orient Education" nodavlat til o'rgatish markazi bilan shartnomas asosida ingliz tilini o'rganish kurslari tashkil etilgan

Talabalar uchun imkoniyatlar

Hozirgi kunga qadar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialini 550 nafar bitiruvchilar tugatgan bo‘lsa, ularning ish bilan ta’minlanish (bandlik) darajasi 95 foizdan yo‘qori. Filial bitiruvchilaridan A.Sharipov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Yosh tomoshbinlar teatri direktori, B.Razimbetov Respublika San’at saroyi direktori o‘rinbosari, A.Seytov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat Yosh tomoshbinlar teatri direktori o‘rinbosari, A.Otepbergenov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori o‘rinbosari, M.Abdreymov filialning “Texnogen san’ati” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Video va rasmlar

3

Fakultetlar

3

Teatr san'ati fakulteti 

Ta'lim yo'nalishlari

16
  • Aktyorlik san'ati (turlari bo'yicha) 60211100
    Magistr
  • Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi 60211100
    Bakalavr
  • Aktyorlik san'ati: estrada aktyorligi 60211100
    Bakalavr
  • Aktyorlik san'ati: musiqali teatr aktyorligi 60211100
    Bakalavr
  • Kino-teleoperatorlik 60210200
    Bakalavr
  • Kutubxona-axborot faoliyati (faoliyat turlari bo'yicha) 60320400
    Bakalavr
  • Madaniyat va san'at muassasasalarini tashkil etish hamda boshqarish 60212000
    Bakalavr
  • Madaniyatshunoslik 60211800
    Bakalavr
  • Professional ta'lim (yo'nalishlar bo'yicha) 60112400
    Bakalavr
  • Professional ta'lim: xalq ijodiyoti (chog'u ijrochiligi) 6011240
    Bakalavr
  • Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi 6021120
    Bakalavr
  • San'atshunoslik: kino san'ati tanqidi va tahlili 6021100
    Bakalavr
  • San'atshunoslik: teatrshunoslik 6021100
    Bakalavr
  • Texnogen san'at: kino, televideniye va radio ovoz rejissorligi 6021010
    Bakalavr
  • Xalq ijodiyoti (ashula va raqs) 60211900
    Bakalavr
  • Xalq ijodiyoti (baxshichilik va dostonchilik) 6021190
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

6

Razimbetov Baxadir

Qoraqalpoq estrada qo'shiqchisi

Bayniyazov Alisher

Alisher Bayniyazov — qoraqalpog'istonlik taniqli estrada xonandasi, asosan O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston Respublikalarida mashhur qo'shiqlari bilan tanilgan ijodkor. "Umid uchquni" ko'krak nishoni sohibi

Asqarov Arislanbek

Qoraqalpoq estrada xonondasi, taniqli qo'shiqchi

Zamatdinov Adilbek

Qoraqalpoq davlat yosh tamoshabinlar teatri direktori

Abdikalikov Ikram

«Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi davlat unitar korxonasi direktori

Otepbergenov Aydos Janabaevich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali direktorning birinchi o'rinbosari, dotsent

Talabalar fikri

1
Men . Turkiyadan, hoizi hyna
M Muhammad Yuldashev