专业介绍
60220200 – “Teolog-pedagog, islom ilmlari va arab tili” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
60220200 – “Teolog-pedagog, islom ilmlari va arab tili” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. O‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
Oliy diniy ta’lim muassasasining ta’lim dasturini amalga oshirish jarayonida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni to‘liq o‘zlashtirgan, yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli o‘tgan Toshkent islom instituti bitiruvchisiga “bakalavr” malakasi (darajasi) hamda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi davlat namunasidagi rasmiy hujjat beriladi.
“Teolog-pedagog, islom ilmlari va arab tili” yo‘nalishi bitiruvchilarining kasbiy faoliyat sohalari diniy va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bilan bog‘liq ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va tahliliy faoliyat yo‘nalishlarini qamrab oladi. Bitiruvchilar ma’naviy-ma’rifiy, tashkiliy va tahliliy faoliyatni yuritish kompetensiyalariga ega bo‘ladi.
“Teolog-pedagog, islom ilmlari va arab tili” yo‘nalishi bitiruvchilari uchun quyidagilar kasbiy faoliyat obyektlari hisoblanadi:
- O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning tasarrufidagi ta’lim hamda diniy tashkilotlar;
- diniy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot markazlari;
- davlat va nodavlat tashkilotlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi;
- O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi;
- ommaviy axborot vositalari;
- turizm sohasi;
- yoshlar, oila va xotin-qizlar masalalari bilan ishlaydigan tashkilotlar;
- islom moliyaviy tashkilotlari;
- nodavlat notijorat tashkilotlari;
- tarixiy, madaniy va ma’naviy merosni o‘rganish hamda targ‘ib etish bilan shug‘ullanuvchi markazlar.
相似专业
国际社会创新大学 (Guójì Shèhuì Chuàngxīn Dàxué)
教育与教学理论与方法(小学教育)(硕士学位)
15 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,248
卡尔希国际大学
初等教育
12 850 000 so'm
每年 · ≈ $1,069
University of Tashkent for applied sciences
英国语言文学
—
铁尔梅兹国立大学
语言学与语言教学:德语
11 332 800 so'm
每年 · ≈ $943
BUKHARA INTERNATIONAL UNIVERSITY
体育文化
16 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,331
图兰国际大学
外语与文学(按语种)
21 500 000 so'm
每年 · ≈ $1,788