专业介绍
Аxborot xavfsizligi (70610202) magistratura taʼlim yoʼnalishi boʼlib, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti orqali tashkil etilgan. Аxborot xavfsizligi yoʼnalishi talabalari davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar, firmalar, ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida axborot xavfsizligi yoʼnalishi boʼyicha muhandis-dasturchilarni tayyorlaydi. Shuningdek, mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib beradi.
Аxborot xavfsizligi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasidagi yoʼnalish boʼlib, magistratura axborot xavfsizligi sohasiga tegishli muammolarni oʼrganish va ularni yechish chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalda qoʼllash, korxona va tashkilotlar uchun axborot xavfsizligi tizimini loyihalash va amaliyotga tatbiq qilish, axborot xavfsizligi vositalari, xavfsizlik qurilmalari, axborotni uzatish va saqlash hamda qayta ishlash tizimlarida axborot xavfsizligini taʼminlashni rejalashtirish va amalga oshirish, axborot xavfsizligining dasturiy-apparat taʼminotini loyihalash va ularning ekspluatasiyasi bilan bogʼliq boʼlgan jarayonlarining sifatini baholash uslublari va mexanizmlarini ishlab chiqish, axborot xavfsizligi muhandisligi va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tatbiq qilish, axborot xavfsizligi faoliyati boʼyicha ish rejasini tuzish, uni bajarish va nazorat qilish hamda natijalarni baholay olish, axborot-tahlil faoliyati natijalari boʼyicha hisobot tayyorlash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash, turli sohalarida texnologik jarayonlarini loyihalash, texnologik jarayonlar va mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, axborot tizimlarini dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy uslublarini qoʼllash kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.
Magistrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:
Vazirlik, qoʼmita va tashkilotlar;
Oliy taʼlim muassasalari Raqamli taʼlimni rivojlantirish markazlari;
IT Park va Cyber Park rezidentlari;
Xususiy korxona va tashkilotlarda kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- Kurs loyiha, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta'lim soatlaridan 30 akademik soat ajratgan holda 1 kredit beriladi.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
- Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta'lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarida o'tkaziladi.
相似专业
布哈拉國立技術大學
技术过程控制信息与通信系统 (Jìshù guòchéng kòngzhì xìnxī yǔ tōngxìn xìtǒng)
$1,200
每年 · ≈ 14 404 000 so'm
以穆罕默德·花剌子模命名的塔什干信息技术大学
Field of study: Special lighting technologies
$2,000
每年 · ≈ 24 006 000 so'm
安集延国立技术大学
信息系统
9 700 000 so'm
每年 · ≈ $808
Jizzakh branch of the National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulug'bek
软件工程
$1,000
每年 · ≈ 12 003 000 so'm
以穆罕默德·花剌子模命名的塔什干信息技术大学
计算机科学与编程技术(按方向)
$2,000
每年 · ≈ 24 006 000 so'm
Andijan State University named after Zakhiriddin Mukhammad Bobur
Axborot xavfsizligi
15 000 000 so'm
每年 · ≈ $1,250