WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

Axborot xavfsizligi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

Аxborot xavfsizligi (70610202) magistratura ta'lim yo'nalishi bo'lib, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti orqali tashkil etilgan. Аxborot xavfsizligi yo'nalishi talabalari davlat va nodavlat tashkilot, korxona va muassasalar, kompaniyalar, firmalar, ishlab chiqarish birlashmalari va soha korxonalarida axborot xavfsizligi yo'nalishi bo'yicha muhandis-dasturchilarni tayyorlaydi. Shuningdek, mamlakatimizning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib beradi.

Аxborot xavfsizligi – axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim sohasidagi yo'nalish bo'lib, magistratura axborot xavfsizligi sohasiga tegishli muammolarni o'rganish va ularni yechish chora tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalda qo'llash, korxona va tashkilotlar uchun axborot xavfsizligi tizimini loyihalash va amaliyotga tatbiq qilish, axborot xavfsizligi vositalari, xavfsizlik qurilmalari, axborotni uzatish va saqlash hamda qayta ishlash tizimlarida axborot xavfsizligini ta'minlashni rejalashtirish va amalga oshirish, axborot xavfsizligining dasturiy-apparat ta'minotini loyihalash va ularning ekspluatasiyasi bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarining sifatini baholash uslublari va mexanizmlarini ishlab chiqish, axborot xavfsizligi muhandisligi va konstruktorlik yechimlarini amaliyotga tatbiq qilish, axborot xavfsizligi faoliyati bo'yicha ish rejasini tuzish, uni bajarish va nazorat qilish hamda natijalarni baholay olish, axborot-tahlil faoliyati natijalari bo'yicha hisobot tayyorlash, boshqaruv qarorlarining samaradorligini baholash, turli sohalarida texnologik jarayonlarini loyihalash, texnologik jarayonlar va mehnatni tashkil etish va ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish, axborot tizimlarini dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish, axborot texnologiyalarning xalqaro va kasbiy standartlarini, zamonaviy uslublarini qo'llash kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.

Magistrlarning kasbiy faoliyati sohalari quyidagilarni qamrab oladi:

Vazirlik, qo'mita va tashkilotlar;

Oliy ta'lim muassasalari Raqamli ta'limni rivojlantirish markazlari;

IT Park va Cyber Park rezidentlari;

Xususiy korxona va tashkilotlarda kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.        

  1. 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
  2. Kurs loyiha, kurs ishlari uchun talabaga mustaqil ta'lim soatlaridan 30 akademik soat ajratgan holda 1 kredit beriladi.
  3. Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish kiradi.
  4. Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta'lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarida o'tkaziladi.

 

O'xshash dasturlar