Dastur haqida
70310301 – PSIXOLOGIYA MAGISTRATURA MUTAXASSISLIGI
70310301-Psixologiya magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Magistratura dasturining me’yoriy muddati 2 yil.
1.2.1. Kasbiy faoliyatlarining sohalari:
70310301-Psixologiya – Ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar ta’lim sohasi mutaxassisligi bo‘lib:
- barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish;
- O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari;
- ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish
- ma’naviyat va ma’rifat markazlari;
- maktabgacha ta’lim muassasalari;
- umumta’lim maktablari va professional ta’lim muassasalarida psixolog;
- “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot institutiida psixologik izlanishlar;
- jamoat xavfsizligini ta’minlash muassasalari davlat va mahalliy boshqaruv organlarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish;
- har xil shakldagi mulk, sanoat va biznes tashkilotlarida psixologik masalalar yuzasida faoliyat olib borish;
- o‘quvchilarda kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxisdan o‘tkazish;
- faoliyat turlariga ko‘ra psixologik xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yo‘naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi.
1.2.2. Kasbiy faoliyatlarining obyektlari:
- oliy ta’lim,
- qayta tayyorlash va malaka oshirish,
- professional ta’lim muassasalari;
- maktabgacha va umumta’lim muassasalari;
- mahalla fuqarolari yig‘inlari;
- reabilitatsiya va psixologik xizmat markazlari;
- Respublika tashxis markazi;
- sport tashkilotlari;
- eksperimental psixologiya laboratoriyalari;
- Favqulodda vaziyatlar vazirligi;
- Mudofaa vazirligi;
- Ichki ishlar vazirligi;
- xususiy psixologik xizmat ko‘rsatish tashkilotlari;
- “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti;
- Xotin-qizlar maslahat markazlari;
1.2.4. Kasbiy vazifalari:
70310301-Psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha Milliy malaka ramkasining 7-malaka darajasi hamda magistr kasbiy faoliyatlarining sohalari, obyektlari va turlariga muvofiq magistratura bitiruvchisi quyidagi kasbiy vazifalarni bajarishga qodir bo‘lishi lozim:
- Ilmiy tadqiqot va pedagogik faoliyatda;
- Tashkiliy-boshqaruv faoliyatida;
- Ma'naviy-ma'rifiy faoliyatda;
- Loyihaviy faoliyatda;
- Turli xizmatlar ko'rsatish faoliyatida;
O'xshash dasturlar
M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filiali
Psixologiya
47 400 000 so'm
yiliga · ≈ $3,942
Xalqaro Innovatsion Universiteti
Psixologiya
17 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,455
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Psixologiya
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,871
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Ijtimoiy-diniy sohadagi jarayonlar, radikallashuv jarayonlari tahlili va ularning oldini olish usullari
16 815 000 so'm
yiliga · ≈ $1,399
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Psixologiya
16 506 000 so'm
yiliga · ≈ $1,373
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Amaliy siyosatshunoslik
51 200 000 so'm
yiliga · ≈ $4,258