Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Tibbiy profilaktika ishi
Dastur haqida
60910400 — Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Ta’lm shakli bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati — 5 yil.
60910400—Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishi — sog‘liqni saqlash tizimining davolash-profilaktika muassasalari (respublika, viloyat, shahar, tuman va tarmoq (O‘zbekiston havo yo‘llari, O‘zbekiston temir yo‘llari va boshqalar) Davlat sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati markazlarida, OITS qarshi kurash markazlarida, patologik anatomiya markazlarida, sud-tibbiyot ekspertiza markazlarida, atrof-muhit ob’ektlarini sanitariya holatini o‘rganish, gigienik baholash va profilaktik tavsiyalar ishlab chiqish faoliyatini olib borish; aholi yashash joylari atrof-muhitini sanitariya muhofazasiga yo‘naltirilgan tibbiy-profilaktik muammolar bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, sanitariya-gigienik reglament va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish faoliyatini olib borish; sog‘liqni saqlash tizimining barcha bo‘g‘inlarida sanitariya- gigienasi sohasida kompleks masalalarni yechishni o‘z ichiga oladi. Klassifikator bo‘yicha – “Vrach gigienist-epidemiolog” diplomi bo‘yicha o‘z ksbiy faoliyatini amalga oshiradi.
O'xshash dasturlar
Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti
Stomatologiya
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Pediatriya ishi
42 000 070 so'm
yiliga · ≈ $3,568
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Stomatologiya
42 000 070 so'm
yiliga · ≈ $3,568
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar
Oziq-ovqat texnologiyasi.
14 978 856 so'm
yiliga · ≈ $1,272