Dastur haqida
Mamlakatimiz aholisiga farmatsevtik yordam ko'rsatish, iste’molchilarning dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa farmatsevtika mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini aniqlash va talablarini qondirish, turli mulkchilik shakllaridagi dorixonalarda farmatsevtlar ishini tashkillashtirish zamonaviy farmatsevtika tizimida muhim o'rin tutadi.
Farmatsiya- bu dori vositalari haqidagi bilimlarning farmatsevtik va klinik jihatlarini birlashtirgan amaliy fan. Farmatsevt nafaqat qiziqarli, balki yuqori maoshli mutaxassislik hamdir.
Farmatsevtlar nafaqat yirik dorixonalar tarmog'iga, balki turli dori kompaniyalariga, shuningdek ularning distribyutorlariga ham kerak.
Farmatsevt nafaqat dori vositalarini sotish, balki turli xil malhamlar, tomchilar, aralashmalar va boshqalarni ham tayyorlay olishi kerak. Farmatsevt – ma’suliyatli, mashaqqatli va shu bilan bir qatorda jamiyat sog'lig'i uchun eng kerakli kasblardan biri.
Qanday fanlar o'qitiladi:
Avvalo, farmatsevt kimyogardir. Shuning uchun mutaxassislik bo'yicha o'quv rejasi ko'plab kimyoviy fanlarni o'z ichiga oladi.
Masalan, umumiy kimyo, organik kimyo, toksikologik kimyo, farmatsevtika kimyosi.
Maxsus fanlar orasida biotexnologiya, klinik farmakologiya, tibbiyot va farmatsevtika marketingi, farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti, farmakognoziya, farmakologiya, farmatsevtika texnologiyasi, farmatsevtika informatikasi alohida ahamiyatga ega.
Ishga joylashish imkoniyatlari:
Mutaxassislik bitiruvchilari dorixonalarda, farmatsevtika korxonalarida, farmatsevtika ulgurji omborlarida (bazalarida), nazorat-tahlil laboratoriyalarida, dorixonalar filiallarida, dorixona punktlarida, farmatsevtika korxonalarida, vazirlik va idoralarning dorixonalari va tibbiyot muassasalari rahbarlari, sud-tibbiy ekspertiza byurosida, tibbiy asbob-uskunalarni sotish muassasalarida, giyohvand moddalarni nazorat qilish komissiyalarida va bojxona nazorati xizmatida faoliyat yurita oladilar.
O'xshash dasturlar
Qoraqalpog'iston tibbiyot instituti
Stomatologiya
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti
Davolash ishi
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Pediatriya ishi
42 000 070 so'm
yiliga · ≈ $3,568
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Stomatologiya
42 000 070 so'm
yiliga · ≈ $3,568
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi chorvachilik va biotexnologiyalar
Oziq-ovqat texnologiyasi.
14 978 856 so'm
yiliga · ≈ $1,272
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)
36 000 000 so'm
yiliga · ≈ $3,058