Shahrisabz davlat pedagogika instituti
181302, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahri Shahrisabz ko'chasi 10-uy
$1,000
Eng arzon kontrakt, yiliga
9,458
Talabalar
6
Xorijiy talabalar
233
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
13
Kafedralar
Dasturlar
441 USD = 12 002.93 so'm
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Ona tili va adabiyoti: rus tili
$1,000
yiliga · ≈ 12 003 000 so'm
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,083
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,083
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Boshlang'ich ta'lim
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,083
Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,083
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim)
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Universitet haqida
Institut tarixi
Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2019-yilda Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Miziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida ta’lim sohasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotgan yosh va yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Hozirgi kunda institutda 3 ta fakultet va 15 ta kafedra mavjud bo'lib, talabalarga turli xil ta'lim dasturlarini taklif etadi. Ushbu fakultetlarning har birida yuqori malakali va tajribali professor-o‘qituvchilar yoshlarga ta’lim berib kelmoqda. Institutda turli ta’lim yo‘nalishlari, jumladan, filologiya, biologiya, matematika, tarix va chet tillari bo‘yicha jami 16 ta bakalavriat dasturlari mavjud. 2022-yil holatiga ko‘ra, institutda tahsil olayotgan talabalarning umumiy soni dastlabki 900 nafardan 8647 nafarga o'sdi. Qisqa muddat ichida talabalar sonining bu qadar o'sishi Institutning sifatli ta’lim berish bo‘yicha obro‘-e’tibori va talabalar orasida tobora ommalashib borayotganligidan dalolatdir. Talabalarning umumiy sonidan 4574 nafari kunduzgi ta'lim bo'limida, 3519 nafari sirtqi ta'limda, 60 nafari kechki ta'lim dasturlarida tahsil oladi. Shuningdek, institutda 11 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha magistratura yo‘nalishlari mavjud bo‘lib, hozirda ushbu yo‘nalishlarda 95 nafar talaba tahsil olmoqda.
Institut o‘quv dasturi zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beradigan, talabalarg o‘zlari tanlagan yo‘nalishlar bo‘yicha muvaffaqiyatga erishishlari uchun zarur ko‘nikma va bilimlarni berish maqsadida ishlab chiqilgan. Shuningdek, Institutda amaliy o‘rganish va amaliy tajribaga ham katta e’tibor beriladi, talabalar ilmiy loyihalarda, amaliyotlarda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadilar. Akademik mukammallikdan tashqari, institut o'z talabalarining har tomonlama rivojlanishiga ham e'tibor qaratadi. Bu yerda o‘quvchilarning darsdan tashqari iqtidor va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun turli xildagi darsdan tashqari mashg‘ulotlar, to‘garaklar tashkil etiladi. Bular jumlasiga sport jamoalari, madaniy to‘garaklar, ko‘ngillilar guruhlari kiradi, ular talabalarda yetakchilik, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
Shuningdek, institutda talabalar uchun qulay bilim olish uchun sharoit yaratish maqsadida zamonaviy va yaxshi jihozlangan o'quv xonalari, jumladan, kompyuter xonalari, kutubxonalar, sport inshootlari mavjud. Bundan tashqari, mahalliy va xalqaro miqyosdagi turli ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, talabalar almashinuv dasturlari va amaliyot o‘tash imkoniyatlari yaratilgan. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Shahrisabz davlat pedagogika instituti qisqa muddatda katta yutuqlarga erishdi va talabalarga sifatli ta’lim-tarbiya berish yo‘lida izchil harakat qilmoqda.
Xorijiy talabalar uchun
Xorijiy talabalar uchun yotoqxona
Shahrisabz davlat pedagogika institutida 3 ta talabalar turar joylari mavjud bo'lib, jami 721 nafar talabalar istiqomat qiladi.
Yotoqxonaning har bir xonasi yangi yotoqjoylar, mebellar bilan jihozlangan. Talabalar ma’naviy dam olishlari, bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun ma’naviyat xonasi kerakli o'zbek va jahon adabiyoti namunalarilari hamda kompyuterlar bilan ta’minlab berilgan. Shuningdek, Oshxona, kir yuvish, yuvinish xonalari va hojatxona qayta ta’mirdan chiqarildi.
Ushbu yotoqxonada talabalarning yashashi bilan birgalikda, bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitishni tashkil qilish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Xorijiy talabalarning qabuli
O‘qish jarayoni
Shahrisabz davlat pedagogika institutida o‘quv yili joriy yilning sentyabr oyidan boshlanib, kelasi yilning iyun oyigacha davom etadi (02.09.2023-30.06.2024). O‘quv jarayoni davomiyligi qaysi bosqichda tahsil olininshiga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Bakalavriatura bosqichi - 4 yil, Magistratura bosqichi – 2 yil, Doktorantura bosqichi – 3 yoki 4 yil davom etadi (bu bosqichda yo‘nalishdan kelib chiqib o‘quv jarayoni davomiyligi belgilanadi).
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun, institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qiling (, .
O‘qishga kirish
SHDPI da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi № PQ-3775-sonli Qaroriga muvofiq va shu Qarorga asoslangan me'yoriy xujjatlar asosida chet el fuqarolarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qiladi.
Chet el fuqarolari institutning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
Insitutda o‘qish uchun ariza;
- erishilgan har qanday diplom sertifikatlari va baholar qaydnomasini ham topshiringiz so‘raladi:
- Bakalavriatura bosqichiga: o‘rta yoki o‘rta maxsus ta'lim diplomi/shahodatnomasi (sertifikat)
- Magistratura bosqichiga: Bakalavr diplomi yoki ushbu darajaga tenglashtirilgan xujjat
- Doktorantura bosqichiga (PhD, DSc): Magistrlik diplomi
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida erishilgan har qanday diplomlar (baholar qaydnomasi bilan birga) rus yoki o‘zbek tiliga tegishli notarial idoradan tarjima qilinishi hamda tasdiqlanishi lozim;
- Skaner shaklidagi fuqarolik pasporti yoki O'zbekiston Respublikasi hududida istiqomat qilish huquqini beruvchi pasport.
Turar joy uchun ro‘yhatdan o‘tish hamda viza olish jarayoni
Xorijiy fuqarolarga viza rasmiylashtirish, viza taklifnomalarini tayyorlash hamda turar joy uchun vaqtinchalik ro‘yhatdan o‘tkazish oliy ta'lim muassasalarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi bilan o‘zaro kelishuvi asosida O‘zbekiston Respublikasinig Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilgan holda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolar uchun vizalar nomzodning o‘z davlatida joylashgan O'zbekiston Respublikasining elchixonasi yoki konsullik idorasi tomonidan taqdim qilinishi mumkin.
XORIJIY FUQАROLАRDАN QАBUL QILINАDIGАN HUJJАTLАR
1 . Pasport va xalqaro pasport;
2. O‘zbekistonda yashash guvohnomasi nusxasi (vid na jitelstvo) - agar mavjud bo‘lsa;
3. Xorijiy fuqaroning o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotini tasdiqlovchi shahodatnoma/diplom/ sertifikatning o'zbek yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarius tomonidan tasdiqlangan hujjat;
4. Tibbiy ma'lumotnoma (086 shakli)
5. Fotosurat (3,5-4,5); (alohida elektron shakli)
Talab etiladigan hujjatlarning elektron shakli(PDF shaklida, ko'rsatilgan hujjatlar tartibi raqami saqlangan 1 fayl bo'lgan holda) universitetning xalqaro aloqalar bo'limining elektoron manziliga yuborilishi kerak.
Аbiturientning yashash manzili, telefon raqami, elektoron manzili aniq ko'rsatilish kerak.
Qo'shimcha ma'lumot sifatida abiturientning O'zbekisitonda yashaydigan yaqin qarindoshlarining ma'lumotlarini (manzili, telefon raqami, elektoron manzili) kiritishi tavsiya etiladi.
Suhbat vaqtida kelgan xorijiy abiturientning elektron shaklda yuborilgan hujjatlarining asl nusxasi talab etiladi.
Аgarda sizda Urganch davlat universitetiga hujjat topshirish uchun qo'shimcha ma'lumotlar kerak bo'lsa, universitetining XАLQАRO АLOQАLАR BO'LIMIGА MUROJААT ETISHINGIZ MUMKUN.
Shahrisabz davlat pedagogika instituti chet el fuqarolarini online suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qiladi.
XАLQАRO АLOQАLАR BO‘LIMI
7999501
Xalqaro hamkorlik

Talabalar uchun imkoniyatlar
Joriy yilning 10-11-12-may kunlari Qashqadaryo viloyati Yakkabog’ tumanida “Yangi O'zbekiston yoshlari birlashaylik" shiori ostida “Yosh tadqiqotchilar II-Yoshlar Forumi” o'tkazildi. Ushbu forumda Oliy ta'lim muassasamizning 30 dan ortiq iqtidorli yoshlari ishtirok etib sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Jumladan, Shahrisabz davlat pedagogika instituti Tillar fakulteti Yoshlar yetakchisi, Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi 3-bosqich talabasi Farangiz Eshmaxmatova "Yil ijtimoiy volontyorlik loyihasi asoschisi" nominatsiyasida, Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 2-21 guruh talabasi Po'latov Dilshodjon " Yil tashabbuskori" nominatsiyasi bo'yicha statuetka va diplom bilan taqdirlandi.
Video va rasmlar
19Fakultetlar
4• Fakultet dekanatining faoliyatini va xodimlarini umumiy boshqarish;
• Fakultetda malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni ta’minlash, o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bevosita rahbarlik qilish, davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalar, o‘quv dasturlar bajarilishini ta’minlash;
• O‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish jadvallarini tuzishni tashkil etish va bajarilishini nazorat qilish, talabalarning o‘zlashtirishi va davomatini tekshirib borilishini, reyting nazorati olib borilishini, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini, intizom nazoratini tashkil etish:
• Talabalarning kursdan kursga o‘tkazish to‘g‘risida buyruqlar loyihasini tayyorlash; Talabalarga stipendiya tayinlash hay’ati ishini tashkil qilish va boshqarish, talabalarga stipendiya berilishi to‘g‘risida buyruq lohixasini tayyorlash;
• Yakuniy davlat attestatsiyalarini Nizom talablari asosida tashkil qilish hamda talabalarni davlat attestatsiyasida qatnashishlarini ta’minlash;
• Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ular bilan individual, maqsadli ishlash tadbirlarini tashkil etish, ularni fanlar bo‘yicha olimpiadalar, turli jamg‘armalar (jumladan xorijiy) tanlovlarida qatnashishga tayyorlash va ishtirokini ta’minlash;
• Professor-o‘qituvchilar malakasini oshirishi ishlarini muvofiqlashtirish va tashkil etish;
• Fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlariga taalluqli darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlash ishlarini muvofiqlashtirish, boshqarish;
• Yangi informatsion texnologiyalarni o‘quv jarayoniga keng tatbiq etilishini, professor-o‘qituvchilarning yangi informatsion texnologiyalarni egallashlarini ta’minlash;
• Professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ingliz tilini o‘rganishni tashkil etish, ingliz tilida so‘zlashuv nutqini shakllantirish, amaliy mashg‘ulotlar va ma’ruzalarni ingliz tilida o‘tilishini nazorat qilish;
• Fakultet miqyosida hujjatlarni elektron almashinuvini, Institut saytiga talabalar haqidagi ma’lumotlarni to‘liq kiritilishini ta’minlash va muntazam yangilanib borilishini nazorat qilish;
• Guruh murabbiylari bilan uzviy aloqa o‘rnatish, faoliyatini nazorat qilish;
• Fakultet Kengashi faoliyatini boshqarish;
• Ilmiy va ilmiy uslubiy konferensiyalar, kafedralararo yig‘ilishlar, fakultet professoro‘qituvchilari va talabalari ishtirokida dolzarb mavzularda (jumladan, o‘z sohasida yangiliklar va ilmiy -texnik rivojlanish masalalari, mamlakat • iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi masalalari va h.k.) seminarlar, muloqot (diskussiya)lar tashkil etish va o‘tkazish;
• Oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati bilan hamkorlikda fakultetda tayyorlanadigan mutaxassisliklar bo‘yicha mavjud va istiqbol ehtiyojni o‘rganish, mutaxassislarga talabgor tashkilot, korxona, muassasalar bilan aloqalar o‘rnatish, bitiruvchilarni ishga joylashishi imkoniyatlarini tartibga solish (maqsadli shartnomalar), amaliy tavsiyalar berish;
• Turdosh oliy va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalari hamda ilmiy muassasalar, jumladan, rivojlangan xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish; Talabalar turar joylarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etish;
• Vakolati doirasida murojaatlarni ko‘rib chiqish;
• O‘z vakolati doirasida fakultetning barcha xodimlari, talabalari uchun majburiy bulgan farmoyish, yo‘riknoma yoki ko‘rsatmalar chiqarish;
• Ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan ta’lim standartlari asosida shakllantirish;
• Fakultetda o‘qitiladigan fanlarni mazmunan va o‘quv auditoriya soatlari hajmi bo‘yicha rivojlangan chet el mamlakatlari darajasida muvofiqlashtirish uchun fanlarning an’anaviy mazmunini saqlagan holda zamonaviy axborot, uslublar, yangiliklar va boshqalar bilan boyitish ishlarini nazorat qilish;
• Kasbiy etikani shakllantirish masalalariga keng e’tibor berish, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlash;
• Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, boshqa Oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari va xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik o‘quv qo‘llanmalarni tayyorlashga rahbarlik qilish, kompyuter savodxonligi uchun mashg‘ulotlar tashkil etish;
• Fakultet Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etish;
• Dekan muovinlarini tayinlash bo‘yicha Oliy ta’lim muassasa rektoriga tavsiyalar berish;
• Yuqori tashkilotlarning ko‘rsatmalariga asosan fakultet bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotlarni tayyorlash;
Filologiya fakulteti haqida
Shahrisabz davlat pedagogika instituti tarkibidagi Filologiya fakulteti (keyingi o‘rinlarda – Fakultet deb ataladi) 2019-yilda tashkil etilgan.
Fakultet – oliy ta’lim muassasasi boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bo‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Fakultet o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari va ko‘rsatmalari, shuningdek Institutning ichki tartib va odob-ahloq qoidalari, jamoa shartnomasi hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Fakultet joylashgan manzil: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 10-uy.
Fakultetning rasmiy to‘liq va qisqa nomi:
-
davlat tilida: kirill alifbosida: “Филология факультети”
-
davlat tilida: lotin alifbosida: “Filologiya fakulteti”
-
rus tilida: “Факультет филологии”
-
ingliz tilida: “The Faculty of Philology”
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
-
5111400 – Xorij tili va adabiyoti: ingliz tili
-
5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti
-
5112400 – O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
-
5112500 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili
-
60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti
-
60111700 – O‘zga tilli guruhlarda rus tili
-
60111800 – Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili
Fakultet tarkibidagi kafedralar:
-
Xorijiy tillar nazariyasi
-
Xorijiy til amaliyoti
-
O‘zbek tili va adabiyoti
-
Rus tili va adabiyoti
Pedagogika fakulteti haqida
Pedagogika fakulteti 2019-yilda tashkil etilgan bo’lib, oliy ta’lim muassasasi boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bо‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yо‘nalishlari va mutaxassisliklari bо‘yicha talabalarni о‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yо‘naltiriladi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qо‘shimcha ta’lim dasturlarini bajarish bо‘yicha ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanadi.
Fakultet joylashgan manzil: Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Mustaqillik MFY Istiqlol kо‘chasi, 54-uy.
Fakultetning rasmiy tо‘liq va qisqa nomi:
· davlat tilida: kirill alifbosida: “Педагогика факультети”;
· davlat tili: lotin alifbosida: “Pedagogika fakulteti”;
· rus tilida: “факультет Педагогика”;
· ingliz tilida: “The Faculty of Pedagogy”.
Bakalavriat ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha:
|
a) bakalavriat: 60110100 – Pedagogika 60110200 – Maktabgacha ta’lim 60110500 – Boshlang’ich ta’lim 60110600 – Matematika va informatika 60110700 – Fizika va astronomiya 60110900 – Biologiya 5110900 – Pedagogika va psixologiya 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim |
Ijtimoiy fanlar fakulteti haqida
Shahrisabz davlat pedagogika instituti tarkibidagi Ijtimoiy fanlar fakulteti (keyingi o‘rinlarda – Fakultet) 2023-yilda tashkil etilgan.
Fakultet – oliy ta’lim muassasasi boshqaruv (tashkiliy) tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy hamda uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash, shuningdek, kafedralarda ilmiy tadqiqot loyihalarini bajarish ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltiriladi. Fakultet oliy ta’limning asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Fakultet manzili:
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Shahrisabz ko‘chasi, 10-uy.
Fakultetning rasmiy nomi:
-
Kirill alifbosida: “Ижтимоий фанлар”
-
Lotin alifbosida: “Ijtimoiy fanlar”
-
Rus tilida: “Факультет Социальных наук”
-
Ingliz tilida: “The Faculty of Social Studies”
Bakalavriat yo‘nalishlari:
-
60111000 – Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
-
60112100 – Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
-
60111100 – Tarix
-
60111200 – Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati
-
60111300 – Musiqa ta’limi
-
60112300 – Texnologik ta’lim
-
60112200 – Jismoniy madaniyat
Magistratura yo‘nalishlari:
-
70112101 – Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (Ma’naviyat asoslari)
-
70111801 – Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati
-
70111202 – Muhandislik grafikasi va dizayn nazariyasi
-
70112301 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)
Fakultet tarkibi – Kafedralar:
-
Ijtimoiy fanlar kafedrasi
-
San’atshunoslik kafedrasi
-
Jismoniy madaniyat kafedrasi
-
Geografiya kafedrasi
-
Tarix kafedrasi
Ta'lim yo'nalishlari
18-
Boshlang'ich ta'lim 60110400Bakalavr
-
Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili 60230100Bakalavr
-
Geografiya 60530200Bakalavr
-
Geografiya 70530201Magistr
-
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari 60111000Bakalavr
-
Kimyo 60110800Bakalavr
-
Maktabgacha ta'lim 60110200Bakalavr
-
Musiqa san'ati 70211002Magistr
-
Musiqa ta'limi 60110600Bakalavr
-
Musiqa ta'limi va san'at 70111301Bakalavr Magistr
-
O'zga tilli guruhlarda o'zbek tili 70111601Bakalavr Magistr
-
Ona tili va adabiyot : o'zbek tili 60110800Bakalavr
-
Ona tili va adabiyoti 60110800Bakalavr
-
Ona tili va adabiyoti: rus tili 60110800Bakalavr
-
Ona tili va adabiyoti: rus tili 60110800Bakalavr
-
Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang'ich ta'lim) 70110501Magistr
-
Tarix 60220300Bakalavr
-
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) 60110900Bakalavr
Hech narsa topilmadi
Mashhur bitiruvchilar
2
Hukmova Jonbibi Mahmud qizi
Akmal Vladimirovich Mozgovoy
Talabalar fikri
1SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING USTAVI Umumiy qoidalar Shahrisabz davlat pedagogika instituti (keyingi o'rinlarda - Institut) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta'lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-martdagi “Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 141-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori bilan Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Shahrisabz davlat pedagogika instituti tashkil etildi. Institut davlat oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida faoliyat yuritadi. Oliy ta'limning asosiy va qo'shma ta'lim dasturlarini bajarish bo'yicha ta'lim faoliyati bilan shug'ullanadi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq o'quv, ilmiy-metodik va boshqa faoliyatlarni amalga oshiradi hamda ta'lim xizmatlarini ko'rsatadi. Institut o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyruqlari hamda mazkur Ustavga amal qiladi. Institut bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlaydi. Shuningdek, Institut shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olishni tashkil etadi. Institutda ta'lim olish shakllari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olish (kunduzgi); ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta'lim olish (sirtqi, kechki). Shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq muassasada ta'lim olishning boshqa shakllari ham joriy etilishi mumkin. Institut yuridik shaxs hisoblanadi. Operativ boshqaruvida mol-mulkka egalik qiladi, ushbu mol-mulk bo'yicha o'z majburiyatlariga muvofiq javob beradi, o'z nomidan mol-mulk sotib olishi va mulkiy hamda nomulkiy huquqlarni amalga oshirishi, zimmasiga majburiyat olishi, sudda da'vogar va javobgar bo'lishi mumkin. Institut mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g'aznachiligi yoki uning tegishli boshqarmalarida shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga, shu jumladan, bank muassasalarida valyuta bo'yicha hisob raqamlariga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi yozilgan muhrga, shtamplar va boshqa rekvizitlarga ega. Institutning rasmiy nomi: davlat tilida: Shahrisabz davlat pedagogika instituti - ShahDPI; rus tilida: Шахрисабзский государственный педагогический институт - ШахГПИ; ingliz tilida: Shahrisabz state pedagogical institute - ShahSPI; Institutning joylashgan manzili: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri Shahrisabz ko'chasi 10-uy. Institut o'z faoliyatini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, kadrlar buyurtmachilari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xorijiy hamkor tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Institutning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyalari Har tomonlama rivojlangan, Vatanini qadrlovchi, davlat va jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini his qiluvchi, mamlakat kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, qonunlarga so'zsiz itoat etuvchi hamda, xalqaro ta'lim maydonida raqobatbardosh, yuqori malakali, zamonaviy iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha oliy ma'lumotli mutaxassislarni va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash Institutning asosiy maqsadi hisoblanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi: zamonaviy talablar, ilg'or xalqaro tajriba va mehnat bozori yehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlashni ta'minlash; iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha talabalarning fundamental, bazaviy, shuningdek, amaliy kasbiy tayyorgarligini ta'minlaydigan o'quv reja va dasturlar asosida bakalavrlar, magistrlar tayyorlash; ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, talabalarda tahliliy fikrlash va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirish, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ulardan foydalanish ko'nikmasini shakllantirishni ta'minlaydigan o'qitishning zamonaviy shakl va metodlari, pedagogik, innovatsion, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash; fanlarni tanlash imkoniyatini ta'minlagan holda Yevropa kredit tizimini (Yeuropean Credit Transfer and Accumulation System) joriy etish, shu jumladan talabalar o'quv yuklamasi hajmini aniqlashning xalqaro shartli birliklarini (kreditlar) o'tkazish va jamlash tizimini qo'llagan holda o'quv jarayonini tashkil etish; institutning professor-o'qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega mutaxassislar bilan mustahkamlash; rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, qo'shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zaro almashinuvini faollashtirish; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari, iqtisodiyotning tegishli sohalari hamda boshqa tashkilotlarda amaliy ish tajribasiga ega bo'lgan mutaxassislarni ta'lim jarayoniga keng jalb etish, ularning malakasini oshirishda samarali tizimni yaratish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta'lim, tadqiqot muassasalarining yuqori malakali mutaxassislarini o'quv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish jarayonlariga jalb qilish; tegishli ta'lim yo'nalishlari bo'yicha o'quv majmualarini, qo'llanmalarni yaratish va ularni o'quv jarayonlariga tatbiq etish; xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, o'quv-ta'lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish; milliy iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari bo'yicha ustuvorlikka ega bo'lgan va ishlab chiqarish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va natijalarini amaliyotga tatbiq qilish; ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini amalga oshirish va bu ishlarga talabalarni jalb etish; “HEMIS” platformasini yoki oliy ta'lim tizimini avtomatik boshqarishga qaratilgan boshqa tizimlarni joriy etgan holda ochiq, shaffof, subyektivlik va suiste'molchiliklardan xoli bo'lgan ta'lim muhitini yaratish; - talabalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash, huquqiy, siyosiy madaniyatini va huquqiy ongini oshirish bo'yicha samarali tizimni yaratish, ularda vatanparvarlik, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni, korrupsiyaga murosasizlik tuyg'usini shakllantirish hamda rivojlantirish. Institut o'z vazifalarini amalga oshirish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: davlat ta'lim standartlari asosida mamlakatda o'tkazilayotgan demokratik va huquqiy islohotlar, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan, iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etadi; huquqiy va siyosiy madaniyatga, amaliy ish tajribasiga, kasbiy va pedagogik mahoratga ega yuqori malakali kadrlarni ta'lim jarayoniga keng jalb etish bo'yicha choralarni ko'radi, shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; o'quv jarayonini ta'lim berishning kredit-modul tizimi va innovatsion o'qitish usullarini qo'llagan holda umume'tirof etilgan xalqaro ta'lim standartlari va talablariga muvofiq ishlab chiqilgan hamda talabalarda iqtisodiyotning tegishli sohalari bo'yicha tizimli tahlil qilish qobiliyati va amaliy ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta'lim dasturlari asosida olib boradi; talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib, tahliliy fikrlash va kasbiy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan, o'quv reja va dasturlar hamda o'quv-metodik materiallarni o'quv jarayonida qo'llaydi; o'quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llash, talabalar, o'qituvchilar va yosh tadqiqotchilarni global axborot va ta'lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi; professor-o'qituvchilar tarkibi mehnatini normalashtirishni faqat o'quv tusdagi tadbirlarga asoslangan holda mustaqil amalga oshiradi hamda pedagogik xodimlar tomonidan ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarning bajarilishini rag'batlantiradi; institut tomonidan o'tkaziladigan tadqiqotlar natijalarini o'quv rejalari va ta'lim dasturlariga joriy etish uchun fanlarni o'qitish sifati va darajasini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy va o'quv-uslubiy materiallar ishlab chiqadi; tizimli asosda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o'tkazish, ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta'lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvini ta'minlash bo'yicha yetakchi xorijiy ilmiy-ta'lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaydi; ijobiy xalqaro tajribani kengroq qo'llash, shu jumladan, talabalar o'quv yuklamasi hajmini aniqlashning shartli birliklari (kreditlar)ni o'tkazish va jamlash tizimini qo'llaydi; davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etadi, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish orqali fan-ta'lim-ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlaydi; o'qitishning kredit-modul tizimini va talabalar bilimini baholash usullarini takomillashtirib, o'quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo'llaydi hamda o'quv bazasini takomillashtirib boradi; rivojlangan xorijiy davlatlarning yetakchi ta'lim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlikni, Qo'shma huquqiy tadqiqotlarni, professor-o'qituvchilar va talabalar o'zaro almashinuvini doimiy amalga oshirib boradi; xorijiy hamkorlar bilan birgalikda kadrlarni tayyorlash bo'yicha qo'shma ta'lim dasturlarini (double degree) mustaqil amalga oshiradi, o'quv-ta'lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiladi; falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiya ishlarini zamonaviy talablar, iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlariga muvofiqligini ta'minlash bo'yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi; o'z oldida turgan vazifalarni bajarish maqsadida zamonaviy o'quv va moddiy-texnik bazani yaratadi, o'quv, ilmiy-tadqiqot bo'linmalarni, kafedralarni o'qitishning zamonaviy texnik vositalari, axborot kommunikatsiya tizimlari va dasturiy majmualari bilan ta'minlaydi; - O'zbekiston Respublikasining ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga qodir mutaxassislarni tayyorlashda yuksak iste'dod sohiblariga bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo'nalishlari bo'yicha o'z qobiliyatlarini namoyon etish hamda rivojlantirish, o'zlaridagi noyob iste'dodni ro'yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratadi; - talabalarni jamiyatning to'laqonli a'zosi, vatanparvar, vijdonan va halol mehnat qiluvchi, o'z kasbining yetuk mutaxassisi bo'lib yetishishi uchun kompleks chora tadbirlarni amalga oshiradi; - talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlariga ko'maklashish, ularda milliy g'urur, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg'ularini shakllantirish choralarini ko'radi; - ma'naviy, madaniy, milliy qadriyatlarni keng targ'ib qilish, kitobxonlikni rivojlantirish, talabalarni milliy va jahon adabiyoti durdonalariga qiziqishini oshirish hamda dunyoqarashini shakllantirishga yo'naltirilgan tadbirlarni amalga oshiradi; - institut xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta'lim olish imkoniyatini kengaytiradi; - Axborot-resurs markazini huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy mazmundagi bosma va kitob mahsulotlari hamda o'quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, jumladan xorijiy adabiyotlar fondi, o'qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta'lim resurslarini muntazam yangilab borishni ta'minlaydi. Institutning talabalari, tinglovchilari va izlanuvchilari a) Talabalar Institutga talabalarni qabul qilish O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish bo'yicha Davlat komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko'ra to'plangan ballarning reyting tizimi bo'yicha amalga oshiriladi. Institutga qabul barcha uchun (grant, to'lov-kontrakt bo'yicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlari va kasbiy (ijodiy) imtihonlarda eng yuqori ball to'plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo'yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta'minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari ketma-ketligi asosida belgilangan to'lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Qonunchilikka muvofiq test sinovlarisiz muayyan imtiyoz asosida o'qishga qabul qilish o'rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Xorijiy fuqarolarni o'qishga qabul qilish amaldagi qonunchilikka binoan amalga oshiriladi. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-sentabrdagi 606-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta'limni olish tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq oliy ma'lumotga ega bo'lgan shaxslar Institutda ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish uchun to'lov-kontrakt (shartnoma) asosida o'qishga qabul qilinishi mumkin. Ikkinchi va undan keyingi oliy ma'lumot olish uchun abituriyentlar qabulini Institut qabul komissiyasi amalga oshiradi. Qo'shma ta'lim dasturlari asosida kirish sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan hamda to'lov-kontrakt kvotalari doirasida to'lov-kontrakt shartlarini bajargan abiturientlar o'qishga qabul qilinish huquqiga egadirlar. Institut rektorining buyrug'i bilan o'qishga qabul qilingan shaxs Institutning talabasi hisoblanadi. Talabaga talabalik guvohnomasi hamda reyting daftarchasi bepul beriladi. Talabalar quyidagi huquqlarga ega: fan, texnika, zamonaviy texnologiyalar taraqqiyoti va yutuqlariga mos bilim olish; institut axborot resurs markazida mavjud bo'lgan kitoblar, davriy nashrlar, elektron ta'lim vositalaridan belgilangan tartibda bepul foydalanish; bepul maslahatlar va tavsiyalar olish; auditoriyalar, ta'lim jarayoniga oid vositalardan o'rnatilgan tartibda bepul foydalanish; ta'lim jarayoni samaradorligi va ta'lim sifatini oshirish yuzasidan o'z taklif-mulohazalarini, tanqidiy fikrlarini belgilangan tartibda Institut, fakultet va kafedra rahbariyatiga bildirishga va ularni ko'rib chiqilishini talab qilish; institut va fakultet miqyosida o'tkaziladigan ommaviy tadbirlarda ishtirok etish; ilmiy tadqiqot ishlarining barcha turlarida, ilmiy konferensiyalar, simpoziumlarda ishtirok etish, ularning natijalarini nashr etish va bu haqda axborotlar berish; Institutda qonuniy ravishda faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalariga a'zo bo'lish va ular ishida qatnashish; o'qishdan tashqari vaqtlarda ma'naviy-ma'rifiy, obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish va boshqa qonunchilikka zid bo'lmagan jamoat ishlarida ishtirok etish; o'qishdan bo'sh vaqtlarida Institutning o'zida, shuningdek, boshqa joylarda mehnat qonunchiligiga muvofiq ishlash; yetakchi xorijiy ta'lim muassasalarida akademik almashinuvda ishtirok etish. Talaba sifatli va yuqori saviyada bilim olishi, tanlagan ixtisosligi bo'yicha yuqori malakali mutaxassis bo'lib yetishish uchun zarur bo'lgan qonunchilik hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa huquqlardan foydalanishi mumkin. Talaba o'z huquqlarini suiste'mol qilmasligi, bu huquqlardan o'zga shaxslar manfaatiga zid maqsadlarda foydalanmasligi shart. Talabalarining majburiyatlari quyidagilar: o'quv reja va dasturlar talablarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda bilimlarni egallash; mazkur Ustav, Institut ichki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi, Talabalar turar joyi qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga rioya etish; Institut binolari va uning boshqa mol-mulkini asrab-avaylash, to'lov-kontrakt bo'yicha majburiyatlarini o' z vaqtida bajarish; Vatanga va xalqiga halol xizmat qilishga tayyor, yuqori bilimli mutaxassis bo'lib yetishish uchun puxta bilim olish, o'z kasbiy salohiyatini rivojlantirish; ta'lim olish jarayonida jamiyatning axloqiy tamoyillariga, ma'naviy qadriyatlariga, qonun talablariga, o'zaro munosabatlarning yuksak talablariga javob beruvchi qoidalarga qat'iy amal qilish; tanlagan ixtisosligi bo'yicha chuqur nazariy bilim olish va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish; o'quv jarayoni talablariga bo'ysunishi, o'quv mashg'ulotlarini uzrli sababsiz qoldirmaslik, darslarga kech qolib kelmaslik, dars mashg'ulotlari yakunlanmasdan avval ketib qolmaslik; ta'lim jarayoni bilan bog'liq vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarish, o'qituvchilarning fanni o'zlashtirish bilan bog'liq topshiriqlarini o'z vaqtida va talab darajasida bajarish, mashg'ulotlarga zarur o'quv qurollari bilan kelish; tegishli kafedra va fakultet bilan mustahkam aloqada bo'lish, fakultet rahbariyatining qonuniy topshiriqlarini o' z vaqtida bajarish; bilimlarni egallashda tashabbus va g'ayrat ko'rsatish, loqaydlikka yo'l qo'ymaslik; barcha bilan xushmuomalada bo'lish; Institut mol-mulkiga ehtiyotkor va tejamkor munosabatda bo'lish, ularga qasddan yoki ehtiyotsizlikdan ziyon yetkazmaslik, ziyon yetkazilgan taqdirda moddiy zarar o'rnini o'rnatilgan tartibda qoplash, moddiy ashyolarni auditoriyadan yoki binodan tashqariga ruxsatsiz olib chiqmaslik; bino ichida, yo'laklarda, auditoriyalarda sanitariya qoidalariga rioya qilishi, ifloslantirmasligi, alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi va iste'mol qilinishiga yo'l qo'ymaslik; kiyinish madaniyatiga rioya qilish, xususan, tashqi ko'rinishi va yomon xulq-atvori bilan boshqalardan ajralib turmasligi, axloq-odob normalariga so'zsiz bo'ysunishi; o'quv mashg'ulotiga kelmagan holatda (shu jumladan, kasalligi tufayli) uch kundan kechikmasdan bevosita o'zi yoxud biriktirilgan tyutori orqali dekanatni tegishli ravishda, xususan, yozma tarzda xabardor qilish, qatnashmaslik sabablarini ko'rsatish; xorijiy tashkilotlar grantlarida qatnashgani taqdirda bu haqda fakultet dekanini xabardor qilish, grant bilan bog'liq holda chet yelga jo'nab ketishdan avval o'rnatilgan tartibda ruxsat olish; o'z ilmiy, ma'naviy-axloqiy, g'oyaviy-siyosiy saviyasini muntazam oshirib borishi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi islohotlar va yangilanishlardan xabardor bo'lish; o'quv intizomiga, Institut kengashi qarorlari, rektor buyruqlari hamda ta'lim tizimiga doir normativ-huquqiy hujjatlarda qo'yilgan maqsad va vazifalarga, shuningdek, o'zining majburiyatlariga rioya etish. Talabalarga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. Institut hududida talabalarga quyidagilar taqiqlanadi: alkogol va tamaki mahsulotlarini tarqatish va iste'mol qilish; milliy, irqiy, diniy adovatni targ'ib qiluvchi har qanday shakldagi materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ'ib qilish; Institut binolari va hududidagi moddiy-texnik, boshqa mol-mulkka zarar yetkazish; o'qish vaqtida Institut ma'muriyati ruxsatisiz chet el davlatlariga borish. O'qish davrida o'quv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan talabalar Institutning budjetdan tashqari mablag'lari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga hamda Institutning xorijiy hamkorlari bilan shartnomalari asosida yetakchi xorijiy ta'lim muassasalariga talabalarning akademik almashinuvi doirasida o'qishga yuborilishi mumkin. Talabalarning akademik almashinuvini ta'minlash bo'yicha yetakchi xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Institutda xorijiy mamlakatlarning talabalari ham o'z o'qishini davom ettirishi mumkin. Davlat granti va to'lov-kontrakt asosida o'qitishning ishlab chiqarishdan ajralgan shaklida ta'lim olayotgan talabalar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib va miqdorda stipendiya bilan ta'minlanadilar (xorijiy talabalar bundan mustasno). Talabalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyalari va Institutning maxsus stipendiyalarini olish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatni o'tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug'ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish, oilasining betob a'zosini (otasi, onasi yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar, turmush o'rtog'i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga akademik ta'til berilishi mumkin. Ushbu ta'tilni berish tartib- qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-sonli qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari talabalariga akademik ta'til berish to'g'risidagi Nizomda belgilangan. O'zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq kunduzgi o'quv shaklida ta'lim olayotgan talabalarga Institutda o'qiyotgan vaqti davomida harbiy xizmatga chaqirish muddatini kechiktirish imkoni beriladi. Institutning Talabalar turar joyi sig'imidan kelib chiqqan holda muhtoj talabalar Institut talabalar turar joylaridan sanitariya me'yorlari va qoidalariga javob beradigan joy bilan ta'minlanadi. Talabalar turar joyi uchun to'lov talabalar turar joylarida kommunal-maishiy xizmatlar uchun to'lovlarni inobatga olib, Institut Kengashi tomonidan belgilanadi. Turar joyga muhtoj talabalar mavjud bo'lgan holda, Institutning talabalar turar joylari maydonidan boshqa maqsadlarga foydalanish (ijaraga berish, boshqa kelishuvlar)ga ruxsat etilmaydi. Institutdan chetlashtirilgan talaba Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan talabalar o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari asosida qayta o'qishga tiklanish huquqiga ega. Institutning talabalari belgilangan tartib va qoidalar asosida boshqa oliy ta'lim muassasalariga o'qishlarini ko'chirish (o'qishga qayta tiklanish) huquqiga ega. O'zbekiston Respublikasi hududida ta'lim faoliyatini olib borish uchun litsenziyaga ega bo'lmagan nodavlat oliy ta'lim muassasalari va boshqa mamlakatlar oliy ta'lim muassasalarining filiallari (markazlar, bo'limlar, o'quv-maslahat punktlari va boshqalar)dan talabalarni Institutga o'qishini ko'chirish (o'qishga tiklash) taqiqlanadi. Talabalar o'qishini bir oliy ta'lim muassasasidan boshqasiga ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi va qoidalari Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi (bundan chet yel fuqarolarining o'qishini xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan Institutga ko'chirish mustasno). O'zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, talabalarni o'qish vaqti hisobidan ta'lim jarayoni bilan bog'liq bo'lmagan ishlarga jalb etish man etiladi. Talaba o'ziga yuklatilgan majburiyatlarni buzgan taqdirda unga nisbatan hayfsan va talabalar safidan chetlatish intizomiy jazo choralari qo'llaniladi. Talaba institutdan quyidagi hollarda chetlashtirilishi mumkin: o'z xohishiga binoan; o'qishning boshqa ta'lim muassasasiga ko'chirilishi munosabati bilan; o'quv intizomini va Institutning ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun; bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirganligi sababli; o'qish uchun belgilangan to'lov o'z vaqtida amalga oshirilmagan sababli (to' lov-kontrakt bo'yicha tahsil olayotganlar uchun); talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan; sud qaroriga ko'ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgani aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi); vafot yetgani sababli. Belgilangan muddatlarda fanlarni o'zlashtira olmagan (akademik qarzdor bo'lgan) talaba Institut rektori buyrug'i bilan kursdan qoldiriladi. Akademik qarzdorligi tufayli kursdan qoldirilgan talaba to'lov-kontrakt asosida o'qishini quyi kursdagi o'quv semestri boshidan boshlashi mumkin. Shuningdek, institutda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risidagi Nizomning 8-bobi qoidalari qo'llaniladi. Institut ma'muriyati tashabbusi bilan ushbu Ustavning 23-bandi “e” kichik bandiga ko'ra talabalarni o'qishdan chetlashtirish talabalar kasaba uyushmasining yozma roziligini inobatga olgan holda (kasaba uyushmasi a'zosi bo'lgan talabalar uchun) amalga oshiriladi. Shuningdek, ushbu Ustavning 23-bandi “c” kichik bandiga ko'ra chetlashtirilayotgan holda, Institutning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan ham kelishilishi mumkin. Intizomiy jazoga tortilayotgan talaba o'ziga qo'llanilgan jazo chorasining qonuniyligi va adolatliligi yuzasidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat bilan Institut rektoriga, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligiga yoki boshqa vakolatli tashkilotlarga murojaat etishi mumkin. Talabaga nisbatan qo'llanilgan intizomiy jazo yuzasidan ma'lumot uning shaxsiy yig'ma jildida saqlanadi. Talaba institutdan chetlashtirilganda, unga shaxsiy hujjatlari, belgilangan shakldagi akademik ma'lumotnoma topshiriladi va ularning nusxasi shaxsiy yig'ma jildda saqlanadi. Intizomiy jazo choralar talabalarning kasallik yoki ta'tilda bo'lgan vaqti hisobga olinmagan holda xatti - harakat aniqlangandan so'ng bir oydan va xatti-harakat sodir etilganidan so'ng olti oydan kechiktirilmay qo'llaniladi. Talabalar kasallik paytida, akademik ta'til yoki homiladorlik va tug'ish holati bilan bog'liq bo'lgan ta'til paytlarda talabalarga intizomiy jazo choralarini ko'rish taqiqlanadi. Talabaning kasal bo'lganligi o'zi yoki uning ota-onasi tomonidan yozma ariza bilan bevosita dekanatga, odatda, uch kundan kechiktirilmasdan ma'lum qilinadi va tibbiy ma'lumotnomaning aslini taqdim etadi. b) Tinglovchilar: Institut huzurida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin. Unda o'qiyotgan shaxslar tinglovchilar hisoblanadi. Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi, tinglovchilarni o'qitish shartlari, ularning huquq va majburiyatlari tegishli normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi. v) Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilar: Institutda O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan, ishlab chiqarishdan ajralgan holda mutaxassislikni chuqur o'rganish va doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borish bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta'limdan keyingi ta'limda o'qiyotgan fuqaro tayanch doktorant va doktorant hisoblanadi. Ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o'rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo'yicha falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun tashkil etilgan oliy ta'limdan keyingi ta'limda o'qiyotgan fuqaro mustaqil izlanuvchi hisoblanadi. Tayanch doktorant, doktorant va mustaqil izlanuvchilarni o'qitish shakllari va muddatlari, ularni qabul qilish hamda faoliyatini tashkil etish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. O'quv-tarbiyaviy va ilmiy-uslubiy ishlar Institut mutaxassisligi bo'yicha quyidagi ta'lim turlari asosida o'qitishni amalga oshiradi: oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; Institut oliy ta'limning bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta'minlaydi. Institutda umumiy o'rta (o'nbir yillik ta'lim), o'rta maxsus (to'qqiz yillik tayanch o'rta va ikki yillik o'rta maxsus ta'lim), boshlang'ich professional ta'lim (to'qqiz yillik tayanch o'rta va ikki yillik boshlang'ich professional ta'lim) olgan shaxslar, shuningdek, “Ta'lim to'g'risida”gi O'RQ-637-sonli Qonun kuchga kirguniga qadar o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi (to'qqiz yillik umumiy o'rta va uch yillik o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi) olgan shaxslar oliy ma'lumot oladi. Institut ta'limning asosiy ta'lim dasturlarini ikki bosqichda amalga oshiradi: bakalavriat va magistratura. Bakalavriat oliy ta'lim yo'nalishlaridan biri bo'yicha chuqurlashtirilgan bilim, malaka va ko'nikmalar beradigan, o'qish davomiyligi kamida uch yil bo'lgan tayanch oliy ta'limdir. Bakalavr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo'yicha ta'lim yo'nalishiga muvofiq bakalavr darajasi beriladi hamda davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo'yicha o'qish davomiyligi kamida bir yil bo'lgan oliy ta'limdir. Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo'lgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlarining ro'yxati ta'lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi tomonidan belgilanadi. Magistr dasturini tugatgan bitiruvchilarga davlat attestatsiyasi yakunlari bo'yicha tayyorlangan muayyan mutaxassislik bo'yicha “magistr” darajasi beriladi va davlat namunasidagi diplom topshiriladi. Bakalavr va magistrlik davlat namunasidagi diplom uning egalariga kasbiy faoliyat bilan shug'ullanish yoki tanlangan ta'lim yo'nalishiga va mutaxassisligiga muvofiq ta'lim muassasalarining navbatdagi bosqichlarida o'qishni davom ettirish yoki egallagan mutaxassisligi bo'yicha ishlash huquqini beradi. Oliy ta'limning turli bosqichida asosiy ta'lim dasturlari bo'yicha dastlabki ta'lim olish, ikkinchi oliy ta'lim olish sifatida qaralmaydi. Institutda ta'lim jarayonini tashkil etish, Institut tomonidan ishlab chiqilgan va kasbiy standartlar asosida tasdiqlangan o'quv rejalar, o'quv dasturlari, malaka talablari, institut rektori (o'quv ishlari bo'yicha prorektori) tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar o'quv jadvali hamda mashg'ulotlar jadvali bilan tartibga solinadi. Ta'lim jarayonini maqsadli yo'naltirish yo'li bilan tashkil etish, ya'ni ta'lim shakllari, uslub va vositalarni tanlash yo'li bilan institut talabalariga oliy ta'limning asosiy kasbiy ta'lim dasturlarini o'zlashtirish uchun zaruriy sharoitlar yaratib berilishi lozim. Institutda o'quv mashg'ulotlarining quyidagi asosiy turlari belgilangan: ma'ruza, konsultatsiya, seminar, amaliy mashg'ulot, laboratoriya ishi, yakka mashg'ulot (amaliy ijrochilik bilan bog'liq bo'lgan san'at yo'nalishlarida), nazorat ishi, kollokvium, mustaqil ish, amaliyot, kurs loyihasi (kurs ishi), bakalavrlik bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiyasi. Auditoriya mashg'ulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqalik (tanaffussiz qo'shma ma'ruza) akademik soat belgilangan. O'quv mashg'ulotlari orasidagi tanaffus kamida 10 daqiqa bo'ladi. Institutda kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o'quv mashg'ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan, darslarning 4 kuni institutda, 2 kuni maktabgacha va umumiy o'rta ta'lim muassasalarida amaliyot o'tash tartibida olib boriladi. Ta'lim va tarbiya olib boriladigan tillar: o'zbek, rus va ingliz tillari hisoblanadi. Institutda kadrlar tayyorlash ishlab chiqarishdan ajralgan va ajralmagan holda olib boriladi. Institutning asosiy kasbiy ta'lim dasturi doirasida ta'lim olishning barcha shakllari uchun o'rnatilgan tartibda ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilgan davlat ta'lim standarti qo'llaniladi. Institutda o'quv yili ikki semestrga bo'linadi va uning har birida talabalarning o'zlashtirishi kurslar kesimida kredit-modul tizimida olib boriladi. Fanlarni o'zlashtirgan talabalarni kursdan kursga o'tkazish fakultet dekanining tavsiyasiga binoan rektor buyrug'i bilan amalga oshiriladi. Talabalarni kursdan kursga shartli o'tkazish mumkin emas. Institutning ta'lim dasturlarini o'zlashtirish, Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risidagi Nizom (ro'yxat raqami 3069, 2018-yil 26-sentabr) va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3l-dekabrdagi 824-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to'g'risidagi Nizomiga muvofiq tartibga solinadi. Institutda bitiruvchilarning yakuniy attestatsiyasi O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'g'risidagi Nizom (ro'yxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Institutda ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalari, ta'limni individuallashtirish va mustaqil ta'lim olish vositalarini, modul tizimi hamda masofaviy ta'lim berishni qo'llash hisobiga mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishga yo'naltirilgan ilmiy-uslubiy ishlar amalga oshiriladi. Institutda oliy ta'limdan keyingi ta'lim doirasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan "Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar mutaxassisliklari ro'yxati"ga muvofiq ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, shuningdek, fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar tayyorlash va himoya qilish uchun oliy ta'lim muassasasiga doktorant va mustaqil izlanuvchilarni biriktirish ishlari amalga oshiriladi. Institutda Kengash tomonidan tasdiqlangan mavzular, rejalar bo'yicha bajariladigan ishlarning sifati hamda mehnat xavfsizligi ta'minlangan holda talabalar, magistrantlar, katta ilmiy xodim izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilar keng jalb etilib, ilmiy-tadqiqot va ijodiy ishlar olib boriladi. Institutning professor-o'qituvchilari tarkibi, o'quv-yordamchi va ma'muriy - xo'jalik xodimlari (personali) Institutda professor-o'qituvchilar tarkibi, ilmiy xodimlar, tyutorlar, muhandislik-texnika, ma'muriy-xo'jalik, ishlab chiqarish, o'quv-yordamchi va boshqa xizmatchilar lavozimlari mavjud. Professor-o'qituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o'qituvchi, o'qituvchi (assistent) va o'qituvchi-stajor lavozimlari kiradi. Professor-o'qituvchilar tarkibidagi lavozimlarga ishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-3775-sonli qaroriga muvofiq tegishli kafedraning kengaytirilgan ochiq majlisida pedagog kadrlar va jamoatchilik kengashining a'zolari ishtirokida sinov darsi o'tkazish natijalari bo'yicha ushbu majlisning tavsiyasiga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida mehnat shartnomasi bo'yicha amalga oshiriladi. Institutning professor-o'qituvchilar bilan mehnat shartnomasini tuzish, o'zgartirish va bekor qilish amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlar quyidagi huquqlarga ega: belgilangan tartibda oliy ta'1im muassasasi va fakultet Kengashlariga saylash va saylanish; Institutning faoliyatiga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish; Institutning axborot-resurs markazi, o'quv va ilmiy bo'linmalarning xizmatlaridan, shuningdek, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa bo'limlar xizmatidan jamoa shartnomasiga muvofiq foydalanish; o'qitishning uslub va vositalarini tanlash, o'quv va ilmiy jarayonning yuqori sifatini ta'minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirish; Institut rahbariyatining buyruq va farmoyishlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilish; qonunchilikda belgilangan tartibda tanlovlarda qatnashish, lavozimlarni egallash; xorijiy hamkasblarning sohaga doir ilmiy va o'quv-uslubiy adabiyotlari bilan tanishish va ular bilan fikr almashish; nazariy bilimlarini amaliy tajribasini, ilmiy tadqiqot olib borish uslubini, pedagogik mahoratini takomillashtirib borish; talabalarning ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fundamental, amaliy va innovatsiya loyihalari, xorijiy ilmiy loyihalar hamda xo'jalik shartnomalarida ishtirok etish; darslik va o'quv qo'llanmalar tayyorlash, monografiya va ilmiy maqolalar yozish, ixtiro uchun patent, YeHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish; tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ilmiy- tadqiqot ishlarining muhokamasida ishtirok etish va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etish, ilmiy ishlar natijalarini nashr etishga tavsiya berish; ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlashda qatnashish; xorijiy yetakchi olimlar, ilmiy markazlar va ta'lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etish; O'zbekiston Respublikasining ta'1im sohasiga oid qonunchiligida belgilangan boshqa huquqlardan foydalanish. Professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlarning majburiyatlari quyidagilardan iborat: ta'lim to'g'risidagi qonunchilik hrjjatlari, mehnat va texnologiya intizomi, institut Ustavi, Ichki mehnat-tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksiga va korrupsiyaga qarshi kurashish dasturiga qat' iy rioya qilish; o'zining xizmat vazifalarini vijdonan bajarish va o'qituvchilik sha'niga dog' tushirmaslik; ish jarayonida muloqot qiladigan Institut xodimlari, talabalari va boshqa shaxslar bilan xushmuomalada bo'lish; ish beruvchining qonuniy buyruq va farmoyishlarini bajarish, har yili tasdiqlanadigan shaxsiy reja asosida o'quv-uslubiy, ilmiy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni o'z vaqtida va sifatli bajarish, xususan: o'quv yuklamalari hajmini, o'quv-uslubiy, ilmiy, o'quv-tashkiliy ishlarni tasdiqlangan shaxsiy reja asosida bajarish va ma'naviy-ma'rifiy ishlarda ishtirok etish; ilmiy-tadqiqot natijalari bo'yicha darslik, o'quv qo'llanma tayyorlash, o'quv adabiyot, ilmiy maqolalar, monografiyalar yozish, ixtiro uchun patent, EHM uchun dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olish; ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'miniashda qatnashish, talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; tarbiyaviy ishlarni olib borish, talabalar bilan ma'naviy-ma'rifiy ishlarda bevosita ishtirok etish, shu jumladan, darsdan tashqari vaqtlarda o'tkaziladigan tadbirlarda qatnashish; Institut kengashi tomonidan tasdiqlangan kafedrada bajariladigan ilmiy mavzular doirasidagi tadqiqotlarda ishtirok etish; o'z malakasini uch yilda bir marta oshirish; mehnatni muhofaza qilish, xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasiga doir qoidalariga rioya qilish; institutning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanish; ish beruvchiga bevosita o'zining aybi bilan yetkazilgan haqiqiy moddiy zararni qoplash; jamoatchilik ishlarida qatnashish; pedagogik va ilmiy jarayonning samaradorligini ta'minlash; zamonaviy globallashuv va demokratiya sharoitida ta'lim oluvchilarning tanlagan yo'nalishi (mutaxassisligi) bo'yicha yuksak kasbiy tayyorgarligini, mehnatga bo'lgan qobiliyatini shakllantirish; chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib borish asosida kamida bir yoki ikkita xorijiy tilni bilishi; ta'lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyatni shakllantirish; "Ustoz-shogird" tizimida ishtirok etib, o'ziga biriktirilgan shogirdlar bilan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish; o'zining odobi, madaniyati, ma'naviy saviyasi bilan o'rnak bo'lish; kiyinish madaniyatiga rioya etish; respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar va jahonda ro'y berayotgan yangiliklardan xabardor bo'lish; Institut, fakultet, kafedra tomonidan tashkil etiladigan madaniy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish; o'zi o'qitadigan fan dasturini muntazam fan va texnika yutuqlari asosida boyitib borish; darslarni yuqori saviyada o'tish; fan yo'nalishiga tegishli yangi manbalarni topish va ular bilan talabalarni tanishtirib borish; har o'quv yili boshlangunga qadar o'zi o'qitadigan fan(lar)ning ishchi o'quv dasturi, kalendar rejasi va reyting nazoratlari jadvalini ishlab chiqish va kafedra majlisida tasdiqlatish; reyting tadbirlarini o'z vaqtida o'tkazish; talabalar bilimini xolisona baholash; yangi pedagogik texnologiyalarni dars jarayonida qo'llash; ilmiy salohiyat va pedagogik mahoratini oshirish; talabalar ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish; o'zining mutaxassisligi bo'yicha ishlab chiqarish korxonasi va muassasalarda mavjud muammolar haqida ma'lumot va tasavvurlarga ega bo'lishi hamda ishlab chiqarish jarayonida mavjud muammolarning yechimiga oid tadqiqot mavzusiga ega bo'lish; olib borayotgan tadqiqot mavzusi asosida o'z yoki hammualliflikdagi ishlanma va texnologiyalarga ega bo'lishi; mutaxassisligi bo'yicha tayanch oliy ta'lim muassasalari va ishlab chiqarish korxonalarida tegishli muddatlarda malaka oshirib borishi yoki stajirovkadan o'tishi; oliy ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda faol qatnashish. Institut professor-o'qituvchilar tarkibini uch yilda kamida bir marotaba malakasini oshirish kafolatini ta'minlaydi. Institutning ma'muriy-xo'jalik, muhandislik-texnika, o'quv-yordamchi va boshqa xodimlarining huquq va majburiyatlari institutning Ichki tartib qoidalari, Odob-axloq kodeksi, korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va lavozim yo'riqnomalari bilan belgilanadi. Institutning tarkibi Institutning tuzilmasiga Oliy ta'lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko'rsatuvchi va o'quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlariga (ro'yxat raqami 2859, 2017-yil 21-fevral) muvofiq belgilangan tartibda shakllantiriladigan bo'limlar, fakultetlar, kafedralar, ilmiy va o'quv laboratoriyalari, kiradi. Institut fakultetlarini rektor tomonidan tayinlanadigan dekan boshqaradi. Dekan lavozimida ishlovchi shaxs mustaqil shtat lavozimida ishlovchi shaxs hisoblanadi va uning o'rindoshlik tartibida egallashga ruxsat etilmaydi. Fakultet dekani o'z faoliyatida mazkur Ustavga, "Oliy ta'lim muassasasining fakulteti to'g'risidagi Nizom"ga amal qiladi. "Oliy ta'lim muassasasining fakulteti to'g'risidagi Nizom"ga muvofiq fakultetda Kengash tashkil etilishi mumkin. Kengashning tarkibi, vakolatlari, shakllantirish va faoliyatining tartibi "Oliy ta'Iim muassasasi fakultetining Kengashi to'g'risida"gi Nizom bilan belgilanadi. Kafedra faoliyatiga Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-fevraldagi 20-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizomga muvofiq tanlov asosida Institutning Kengashi tomonidan saylanadigan mudir rahbarlik qiladi. Kafedra mudirining vakolatlari va kafedra faoliyatining tartibi “Oliy ta'lim muassasasining kafedrasi to'g'risidagi Nizom” bilan belgilanadi. Institut huzurida yuridik shaxs hisoblangan akademik litsey faoliyat yuritadi. Akademik litsey o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq hamda o'z Ustavi asosida amalga oshiradi. VII. Institutni boshqarish Institutni boshqarish O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi hamda ushbu Ustavga muvofiq yakka rahbarlik va Institutning Kengashi orqali jamoatchilik boshqaruvini uyg'unlashtirish tamoyili asosida amalga oshiriladi. Institutni bevosita boshqarish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1l-iyuldagi PQ-4391 -son qaroriga muvofiq, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining tavsiyasiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Institut rektori tomonidan amalga oshiriladi . Rektor Institut faoliyatiga, shuningdek, Ish yuritish to'g'risidagi Yo'riqnoma, Ichki tartib qoidalar, Odob-axloq kodeksi, Oliy ta'lim to'g'risidagi Nizom hamda mazkur Ustavda belgilangan majburiyatlar uchun to'liq mas'uldir. Rektor O'zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko'ra, Institut nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi, barcha idoralar, muassasalar, korxonalarda uning vakili sifatida qatnashadi, Institutning mol-mulkiga mas'ullik qiladi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi, bank muassasalarida Institutning hisob raqamlarini ochadi, moliyaviy mablag'lardan o'rnatilgan tartibda foydalanish bo'yicha farmoyishlar beradi. Institut rektori vakolati doirasida: Institutning professor-o'qituvchilari, barcha xodimlari, tyutorlar, talabalari va boshqa ta'lim olayotganlar uchun majburiy bo'lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi va topshiriqlar beradi; fakultet dekanlari, bo'lim boshliqlari, bosh hisobchini, o'z nomenklaturasidagi boshqa xodimlarni lavozimiga tayinlaydi hamda lavozimdan ozod qiladi va ularning muayyan vazifalari, mas'uliyatlarini belgilaydi; Institut prorektorlari lavozimiga nomzodlarni tavsiya etadi va prorektorlar, dekanlarning muayyan vazifalari hamda mas'uliyatlarini belgilaydi; Institut xodimlari bilan O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda mehnat shartnomalarini tuzadi, o'zgartiradi va bekor qiladi; Institut tarkibiga kirgan ilmiy tadqiqot, tajriba-eksperimental hamda boshqa tashkilot va bo'linmalarning vazifalarini belgilaydi, ular to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlaydi; Institut xodimlarining lavozim maoshlariga ustamalar va qo'shimchalarni o'rnatilgan tartibda belgilaydi; kasaba uyushma qo'mitasi yoki Institutning boshqa vakolatli organi bilan kelishgan holda Ichki tartib qoidalari va Odob-axloq kodekslarini tasdiqlaydi; Institutda Namunaviy shtat birliklariga muvofiq ajratilgan mablag'lar hamda ish haqi fondi, tasdiqlangan Institut xodimlarining soni va lavozim maoshlari, ta'rif setkasi doirasida Institut professor-o'qituvchilari tarkibi va Institutning boshqa xodimlarining shtat birligini tasdiqlaydi hamda lavozim maoshlarini belgilaydi; Institut Kengashining tavsiyasiga ko'ra o'rnatilgan tartibda tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq fakultetlarni, kafedralarni ochish yoki yopish qarorlarini tasdiqlaydi. Oliy ta'lim muassasasi kafedrasi to'g'risida namunaviy Nizom talablaridan kelib chiqqan holda Institut Kengashining tavsiyasiga ko'ra, kafedralar tashkil etiladi yoki tugatiladi. O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligi hamda ta'lim jarayonini boshqarish bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq va vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta'minlaydi. Institut rektoriga o'zi ishlayotgan oliy ta'lim muassasasi va undan tashqarida haq to'lanadigan boshqa rahbarlik lavozimida (ilmiy va ilmiy - metodik rahbarlikdan tashqari) o'rindoshlik bo'yicha ishlashga ruxsat etilmaydi. Rektor o'z vazifalarini o'rindoshlik bo'yicha bajarishi mumkin emas. Oliy ta'lim to'g'risidagi Nizomga muvofiq Institut faoliyatining asosiy masalalarini ko'rish uchun Kengash tashkil etiladi. Kengash tarkibiga rektor, prorektorlar, fakultetlar dekanlari hamda kafedralar mudirlari, bo'lim boshliqlari, Institut xodimlari, kasaba uyushmasi kengashi vakillari kiradi. Rektor Kengash raisi hisoblanadi. Kengashning boshqa a'zolari umumiy majlisda (konferensiyada) yashirin ovoz berish yo'li bilan saylanadi. Professor-o'qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanadiganlar soni rektor buyrug'i bilan belgilanadi. Kengashning vakolati, uni saylash va faoliyat yuritish tartibi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasasining Kengashi to'g'risida namunaviy Nizom bilan belgilanadi. Institutda falsafa doktori (Doctor of Philosophy) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati tashkil etilishi mumkin. VIII. Jamoat tashkilotlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qaroriga muvofiq muassasada samarali jamoatchilik nazoratini joriy etish maqsadida talabalar, ota-onalar, Yoshlar ittifoqining muassasadagi faollari, kadrlar buyurtmachilari, professor-o'qituvchilar hamda fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat tarkibda Jamoatchilik kengashi tashkil etiladi. Jamoatchilik kengashlarining asosiy vazifalari; ta'lim sifati, professor-o'qituvchilarning bilimi va pedagogik mahorati, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar ustidan tizimli ravishda monitoring o'rnatish; Institutga professor-o'qituvchilar tarkibiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar bo'yicha tavsiyalar berish; talabalarning murojaatlarini ko'rib chiqish, ularning pedagog kadrlar haqidagi fikrini to'liq o'rganish maqsadida ijtimoiy so'rovlar o'tkazish; Institutdagi ta'lim jarayonini takomillashtirish bo'yicha takliflar tayyorlash va institutning tegishli kengashi muhokamasiga kiritish. Institutda kasaba uyushmasi va boshqa jamoatchilik tashkilotlari faoliyat ko'rsatadi. Professor-o'qituvchilar va xodimlarning mehnat huquqi va manfaatlarini himoya qilish maqsadida kasaba uyushmasi markaziy kengashi hamda ularning muassasada saylangan vakili amaldagi qonunchilik asosida o'z ish faoliyatini olib boradi. Moliya-xo'jalik faoliyati va moddiy-texnik bazasi Institutga ushbu Ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida operativ boshqarish huquqi bilan davlat (ta'sischi) tomonidan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar, Institutning pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek, iste'mol, ijtimoiy, madaniy va boshqa maqsadlar uchun zarur bo'lgan mulklar biriktirilgan. Institut Vazirlar Mahkamasining qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan ob'ektlar qatoriga kiritilgan. Institutga ajratilgan yer uchastkalari unga operativ boshqarish (ijara, tekin foydalanish) huquqi asosida biriktirilgan. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O'zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag'lari; talabalarni to'lov-kontrakt asosida o'qitishdan tushadigan (xorijiy valyuta) mablag'lari; budjetdan tashqari rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari; davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida o'tkaziladigan grant tanlovlari natijalari bo'yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag'lar; xo'jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar ko'rsatishdan tushadigan mablag'lar; xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarining grantlari; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari; Institut faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy, o'quv va boshqa innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish, shuningdek, Institut mol-mulkini ijaraga berishdan tushgan mablag'lar; qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. Institutning ta'lim faoliyatini moliyaviy ta'minlash davlat grantlari asosida mutaxassislar tayyorlash uchun ajratilgan budjet mablag'lari, davlat tomonidan belgilangan normativlardan kelib chiqqan holda qayta tayyorlash va xodimlarning malakasini oshirish hisobiga ajratilgan mablag'lar, shuningdek, budjetdan tashqari mablag'lar, jumladan, talabalar va tinglovchilarni o'qitish uchun belgilangan tartibda olingan to'lov-shartnoma asosidagi mablag'lar va tadbirkorlik tushumlari hisobidan amalga oshiriladi. Institut asosiy faoliyatiga zarar yetmaydigan tartibda ta'lim hamda boshqa sohalarda pullik ta'lim va servis xizmatlarini amalga oshirishi mumkin. Institut shug'ullanadigan tadbirkorlik faoliyati uning Ustavida belgilangan vazifalarga mos kelishi kerak. Institut o'z mulki bilan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, jamiyatlar va shirkatlarning ustav jamg'armasida qatnashish, pullik ta'lim xizmatlari, konsultatsiyalar va boshqa xizmatlar uchun narxlarni belgilash, soliq va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiy to'lovlardan so'ng qolgan daromadni mustaqil tasarruf etish huquqiga ega. Institut pullik ta'lim xizmatlari ko'rsatishni budjetdan ajratiladigan mablag'lar hisobidagi ta'lim faoliyati doirasida va uning o'rniga amalga oshirishi mumkin emas. Institut O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga hamda mazkur Ustavga zid bo'lmagan shartnomalarni tuzish, majburiyatlar va boshqa shartlarni belgilash bo'yicha masalalarni mustaqil hal qiladi. Institutda lavozim maoshlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-iyuldagi "Respublika oliy talim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to'lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-926-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2008-yil l-avgustdagi "Respublika oliy ta'lim muassasalari xodimlari mehnatiga haq to'lash tizimini takomillashtirish va uni moddiy rag'batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 164-son qarori va Mehnatga haq to'lashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi. Institut xodimiga lavozim maoshi (stavka) o'z funksional vazifalarini hamda mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ishlarni bajarganligi uchun to'lanadi. Qo'shimcha maosh, ustama va boshqa moddiy rag'batlantirish tadbirlarining hajmini Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2l-avgustdagi "Respublika oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlarni budjetdan tashqari mablag'lar hisobidan moddiy rag'batlantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 517-son qaroriga muvofiq Institut mustaqil, moddiy rag'batlantirish fondi doirasida amalga oshiradi. Institutning moddiy rag'batlantirish fondidan foydalanish "Budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish maxsus fondi to'g'risida"gi (ro'yxat raqami 177, 1995-yil 20-sentabr) nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Institutda tashkil etilgan jamoat tashkilotlariga faoliyat ko'rsatishlari uchun zarur bo'lgan xonalar ajratiladi. Institut qoshidagi tibbiyot xonasiga, shuningdek, o'rnatilgan tartibda tashkil etilgan umumiy ovqatlanish tuzilmasiga (oshxona, bufet) isitish, yoritish va suv ta'minoti bilan ta'minlangan xonalar ajratiladi. Institutning tegishli binolarini ta'mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish, ularning moliyaviy ta'minoti qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xalqaro hamkorlik Institut O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-apreldagi "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son qarori va 2019-yil 8-oktabrdagi (O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni hamda mazkur Ustavga muvofiq, xorijiy mamlakatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg'armalar va boshqa tashkilotlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish huquqiga ega. Institutda chet el fuqarolarini o'qitish, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, oliy ta'lim muassasi ilmiy-pedagogik xodimlarining xorijiy mamlakatlarda pedagogik va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish O'zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari va xorijiy davlatlarning ta'limini boshqarish bo'yicha tegishli organlari o'rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, Institutning xorijiy davlatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, xalqaro jamg'armalar va boshqa tashkilotlar bilan qonunchilikka muvofiq belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalari (bitim, memorandumlari), chet el fuqarolari va xorijiy yuridik shaxslar bilan bevosita tuzilgan shartnomalari asosida amalga oshiriladi. Xalqaro faoliyatni amalga oshirishda Institut quyidagi huquqlarga ega: Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelishilgan holda ta'lim sohasidagi xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlariga a'zo bo'lish; xorijiy davlatlarning ta'lim va ilmiy markazlari, tashkilotlari bilan o'zaro manfaatli hamkorlik qilish yuzasidan shartnomalar (bitim, memorandumlar) tuzish; xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlaridan yuqori malakali professor-o'qituvchilar va olimlarni dars mashg'ulotlariga, hamkorlikda o'quv adabiyotlari va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga jalb etish; xorijiy hamkorlik ishtirokida Institut tarkibiy bo'linmalari (qo'shma fakultetlar, qo'shma ta'lim dasturlari, markazlar va boshqa bo'linmalar)ni qonunchilikda ko'zda tutilgan tartibda tashkil etish; Institut professor-o'qituvchilari, xodimlari, doktorantlarini xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish, falsafa doktori (PhD) va magistratura dasturlari bo'yicha ta'lim olishlarini ta'minlash; Institut talabalarini xorijiy mamlakatlarga stajirovka, amaliyot o'tash, konferensiya va tanlovlarga yuborishni ta'minlash; Institut va xorijiy oliy o'quv yurtlari talabalari, tayanch doktorantlari va doktorantlar, professor-o'qituvchilar va ilmiy xodimlari bilan ikki tomonlama o'zaro almashinuv dasturlarini tashkil etish; xorijiy fuqarolarni belgilangan tartibda Institutga o'qishga qabul qilish va ularning o'qishlari uchun shart-sharoitlar yaratish. Institut qonunchilikda belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlarning institutlari va tashkilotlari bilan boshqa yo'nalishlarda ham o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o'rnatish huquqiga ega. Institut professor-o'qituvchilari va xodimlari hamda talabalarining chet el xizmat safarlari amaldagi qonunchilik hujjatlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining tegishli idoraviy normativ- huquqiy hujjatlari asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmonining 5-bandiga muvofiq, ta'lim sifatini yaxshilash borasidagi ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida Institut rektor va prorektolarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga chiqishi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligini xabardor qilgan holda amalga oshiriladi. Bunda Institut rahbar xodimlari tomonidan xorijiy mamlakatga xizmat safari oldidan asosiy ma'lumotlar, jumladan mamlakat nomi, tashrif maqsadi va rejasi, safar natijalari yuzasidan esa Institut kengashiga amalga oshirilgan ishlar va xarajatlar to'g'risida taqdim etilgan hisobot Institut veb-saytiga joylashtiriladi. Xorijiy safarlarga yuborilgan rahbar xodimlar, professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar va talabalar (bakalavr va magistr) bajarish lozim bo'lgan reja ishlarini bajarmagan va o'z xatti-harakatlari bilan Institut sha'niga putur yetkazgan hollarda ularga nisbatan qonunchilik asosida tegishli choralar ko'riladi. Institut tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushgan valyuta, moddiy tushumlar qonunchilikka binoan mazkur Ustavda belgilangan Institut faoliyatini moddiy ta'minlash uchun ishlatiladi. Yakuniy qoidalar Institut O'zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda quyidagilarga javob beradi: Ta'lim jarayonida o'quv reja va jadvallarga muvofiq ta'lim dasturlari hajmini to'liq bajarmaganligi; ta'lim jarayoni vaqtida Institutda ta'lim oluvchilar va xodimlarning hayoti va sog'lig'i; ta'lim oluvchilar va xodimlarning huquq va yerkinliklarining buzilganligi; amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajarmaganligi. Institut O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq qayta tashkil qilinishi yoki tugatilishi mumkin. Ustav O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanib, o'rnatilgan tartibda davlat ro'yxatidan o'kazilgandan so'ng kuchga kiradi. Institut Ustaviga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining buyrug'i bilan amalga oshiriladi.
SHAHRISABZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI