Samarqand davlat texnika universiteti
Samarqand shaxar Lolazor ko'chasi 70
$600
Eng arzon kontrakt, yiliga
8,991
Talabalar
2
Xorijiy talabalar
425
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
36
Kafedralar
Dasturlar
171 USD = 12 004.48 so'm
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
$900
yiliga · ≈ 10 804 000 so'm
BA(Hons) Business Management
$800
yiliga · ≈ 9 604 000 so'm
Qurilish muhandisligi
$600
yiliga · ≈ 7 203 000 so'm
Dizayn (interyer dizayni)
$700
yiliga · ≈ 8 403 000 so'm
Shahar qurilishi va loyihalash
$700
yiliga · ≈ 8 403 000 so'm
70210301 – Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash
$1,300
yiliga · ≈ 15 606 000 so'm
Iqtisodiyot
$800
yiliga · ≈ 9 604 000 so'm
Arxitektura tarixi va nazariyasi
$1,300
yiliga · ≈ 15 606 000 so'm
Qurilish muhandisligi
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Dizayn (landshaft dizayni)
$700
yiliga · ≈ 8 403 000 so'm
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi
$700
yiliga · ≈ 8 403 000 so'm
Elektr ta'minoti
$600
yiliga · ≈ 7 203 000 so'm
Universitet haqida
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1966-yil 15-iyuldagi 307-sonli buyrug’i asosida SamDAQIga 1966–1967-o’quv yilida dastlabki qabul rejasi kunduzgi bo’limga 525 nafar talabadan iborat bo’lgan. Bu reja mutaxassisliklar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan edi: 1201 – «Arxitektura» mutaxassisligiga – 100 ta; 1202-«Sanoat va fuqaro qurilishi» mutaxassisligiga – 350 ta; 1721 – «Qurilish iqtisodi va qurilishni tashkil etish» mutaxassisligiga – 75 ta talaba qabul qilish belgilangan bo’lgan.
Institutning uchta mutaxassisligiga qabul qilingan 525 ta talaba «Sanoat va fuqaro qurilishi» fakultetiga biriktirilib, 7 ta kafedra, 3 ta bo’lim bilan 1-oktabrdan o’quv jarayonini boshladi. 1967-yilning boshiga kelib institutda 7 ta kafedra – «Oliy matematika», «Fizika», «Kimyo», «Tarix», «Chizma geometriya», «Qurilish materiallari», «Rasm, tasviriy san’at va haykaltaroshlik» kafedralari faoliyati tashkil etildi.
SamDAQU 1966-yilda tashkil topgan, 2022-yil 8-noyabrdan Universitet maqomini olgan.
4 ta fakultet mavjud (Arxitektura fakulteti, Qurilish fakulteti, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti, Madaniy meros obyektlarni asrash fakulteti)
19 ta kafedra mavjud
- Arxitektura
- Shaharsozlik
- Landshaft dizayni
- Interyer dizayni
- Qurilish muhandisligi
- Geomatika muhandisligi
- Atrof-muhit muhandisligi
- Mexanika muhandisligi
- Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi
- Iqtisodiyot
- Biznesni boshqarish
- Ko'chmas mulkni boshqarish
- Madaniy meros obyektlarini asrash
- Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi
- San’at
- Ijtimoiy va tabiiy fanlar
- Axborot texnologiyalari
- Xorijiy tillar
- O'zbek tili va adabiyoti
8 ta ilmiy laboratoriya mavjud
455 nafar professior-o'qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar
8767 nafar talaba (5906 nafar bakalavr kunduzgi, 2792 nafar sirtqi, 69 nafar magistratura)
30 ta bakalavr ta’lim yo'nalishi, 19 ta magistratura mutaxassisliklari, 16 ta tayanch doktorantura (PhD), doktorantura va stajor-tadqiqotchi ixtisosliklari bo'yicha kadrlar tayyorlanib kelinmoqda
Xorijiy talabalar uchun
1.Universitetda chet ellik talabalar uchun yotoqxona bormi?
- Chet ellik talabalar uchun alohida yotoqxonalar mavjud emas, chunki ular o’zbek madaniyatiga tezroq integratsiyalashuvi, universitet va shahar hayoti bilan yaqindan tanishish va ularning til ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida o’zbek talabalari bilan birga joylashtiriladi. Barcha yotoqxonalarning har bir qavatda umumiy yuvinish xonasi va oshxonaga ega bo'lgan koridor va blokli tiplardir. Barcha binolar rekonstruksiya qilingan.
2.Talabalar turar joyi o‘quv binolaridan uzoqdami?
- Barcha yotoqxonalar universitetning ichki hududida joylashgan.
3. Bir xonada qancha odam yashaydi?
- Talabalar ikki va uch o‘rinli turar joy bilan ta’minlangan.
4. Ob'ektlar qayerda joylashgan (dush, hojatxona)?
- Dush va hojatxona yotoqxona binosining ichida joylashgan bo‘lib, ular barcha talabalar foydalanishi uchun umumiy foydalanish hududi sifatida tashkil etilgan. Mazkur sanitariya-gigiyena xonalari yotoqxona qavatlarida joylashgan va yotoqxonada istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan birgalikda foydalaniladi.
5. Oshxona qayerda joylashgan? Maishiy texnika va anjomlar bilan jihozlanganmi?
- Oshxona yotoqxonaning umumiy foydalanish hududida joylashgan bo‘lib, barcha talabalar foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Oshxona zarur maishiy texnika va anjomlar, jumladan elektr plita, muzlatgich, ovqat tayyorlash va saqlash uchun kerakli jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalar ushbu oshxonadan belgilangan tartib-qoidalarga rioya qilgan holda foydalanadilar.
6. Universitet talabalarga ko'chib o'tishda ularga nima beradi?
- Talabalar kelgandan so'ng quyidagi mebellar bilan ta'minlanadi: karavot, shkaf, stol, stul, ko'rpa-to'shak, shuningdek, matras, adyol, yostiq va choyshablar.
7. Yotoqxonada Wi-Fi bormi?
- Yotoqxonalarda bepul Wi-Fi mavjud. Talabalar shaxsiy login va parol orqali kirishlari mumkin.
8. Yotoqxona binosida qo'shimcha imkoniyatlar mavjudmi?
- Barcha binolarda bepul kir yuvish, o'qish va dam olish uchun xona mavjud
9. Yotoqxona uchun oylik to'lov qancha?
- O'rtacha, turar joy oyiga 300 ming so’mni tashkil qiladi, xarajat turar joy turiga bog'liq.
10. Yotoxona atrofida nimalar mavjud?
-Universitet binolari, yoshlar istirohat bog’i, polklinika, sport zal, milliy kutubxona o’quv markazlari.
Xalqaro hamkorlik
Samarqand Davlat Arxitektura va Qurilish Universitetining Xalqaro Hamkorliklari
Samarqand Davlat Arxitektura va Qurilish Universiteti (SamDAQU) dunyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishdan faxrlanadi. Bu hamkorliklar nafaqat ilmiy kelishuvlarni, balki bilim, innovatsiya va madaniyat almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydigan global akademik hamjamiyatni shakllantirishga bo‘lgan majburiyatni ifodalaydi. SamDAQU orqali talabalar va o‘qituvchilarga almashinuv dasturlari, qo‘shma tadqiqot tashabbuslari va xalqaro loyihalarda qatnashish imkoniyatlari taqdim etiladi.
Hamkor universitetlarimiz turli mamlakatlarda joylashgan bo‘lib, har biri o‘ziga xos yondashuv va kuchli tomonlarini taklif etadi. Masalan, Boku shahridagi Ozarbayjon Arxitektura va Qurilish Universiteti bilan hamkorligimiz Markaziy Osiyoda arxitektura ta’limi bo‘yicha tajribamizni oshiradi. Shu bilan birga, Daffodil Xalqaro Universiteti (Bangladesh) bilan hamkorlik, dinamik akademik muhitda madaniy almashinuv imkoniyatlarini yaratadi. Belarusda esa Gomel davlat texnik universiteti, Vitebsk davlat texnologiya universiteti va Baranovichi davlat universiteti kabi universitetlar bilan aloqalarimiz texnik bilim almashinuvini kuchaytirib, talabalar va o‘qituvchilar uchun keng ko‘lamli ilmiy imkoniyatlar yaratadi.
Ushbu hamkorliklar orqali SamDAQU o‘quv muhitini boyitishga, innovatsiya, amaliy ko‘nikmalar va kasbiy rivojlanishni rag‘batlantirishga intiladi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda talabalarimizni nafaqat muvaffaqiyatli mutaxassis sifatida, balki o‘z jamoasi va dunyo oldida ijobiy o‘zgarishlar kiritishga qodir global fuqarolar sifatida tayyorlashga intilamiz.
| Universitetlar | Shahar | Mamlakat |
| Azerbaijan University of Architecture and Construction | Baku | Azerbaijan |
| Daffodil International University | Dhaka | Bangladesh |
| Sukhoi State Technical University of Gomel | Gomel | Belarus |
| Vitebsk State Technological University | Vitebsk | Belarus |
| Baranovichi State University | Baranovichi | Belarus |
| Belarusian National Technical University | Minsk | Belarus |
| Association of Appraisal Organizations | Minsk | Belarus |
| Nanjing Polytechnic Institute | Nanjing | China |
| Xi’an Jiaotong University | Xi’an | China |
| Chang’an University | Xianyang | China |
| Harbin Engineering University | Harbin | China |
| Bauhaus Universität Weimar | Weimar | Germany |
| Potsdam University of Applied Sciences | Potsdam | Germany |
| Budapest university of technology and economics | Budapest | Hungary |
| Obuda University | Obuda | Hungary |
| University of Debrecen | Debrecen | Hungary |
| Islamic University of Indonesia | Jakarta | Indonesia |
| Kazakh Leading Academy of Architecture and Civil Engineering | Almaty | Kazakhstan |
| Auezov South Kazakhstan University | Shymkent | Kazakhstan |
| Satbayev University | Almaty | Kazakhstan |
| L.N.Gumilyov Eurasian National University | Astana | Kazakhstan |
| Riga Technical University | Riga | Latvia |
| International Islamic University Malaysia | Kuala Lumpur | Malaysia |
| Bialystok University of Technology | Bialystok | Poland |
| AGH University of Science and Technology | Krakov | Poland |
| University of Gdansk | Gdansk | Poland |
| Poznan University of technology | Poznan | Poland |
| Polytechnic Institute of Castelo Branco | Castelo Branco | Portugal |
| Moscow State University of Civil Engeneering | Moscow | Russia |
| Kabardino-Balkarian State University | Nal’chic | Russia |
| Moscow Institute of Architecture | Moscow | Russia |
| Moscow State University of Geodesy and Cartography | Moscow | Russia |
| Ulyanovsk State Technical University | Ulyanovsk | Russia |
| Volgograd State Technical University | Volgograd | Russia |
| Tambov State University | Tambov | Russia |
| Saint-Petersburg State University of Economics | Saint Peterburg | Russia |
| Saint Petersburg Electrotechnical University ‘LETI’ | Saint Peterburg | Russia |
| State University of Land Use Planning | Moscow | Russia |
| St Petersburg State University of Architecture and Civil Engineering | Saint Peterburg | Russia |
| Kazan Federal University | Kazan | Russia |
| Southern Federal University | Rostov-on-Don | Russia |
| Tomsk State University | Tomsk | Russia |
| I. Repin St. Petersburg State Academy Institute of Painting, Sculpture and Architecture | Saint Peterburg | Russia |
| Keimyung University | Daegu | S. Korea |
| Halla university | Wonju | S. Korea |
| Kyongwoon University | Seoul | S. Korea |
| University of Huelva | Huelva | Spain |
| University of Alicante | Alicante | Spain |
| University of Seville | Seville | Spain |
| Politechnical University of Madrid | Madrid | Spain |
| University of Jaen | Jaen | Spain |
| University of Malaga | Malaga | Spain |
| Tajik Technical University named after academician M.S. Osimi | Dushanbe | Tajikistan |
| Mimar Sinan Fine Arts University | Istanbul | Turkey |
| Istanbul Kultur University | Istanbul | Turkey |
| Fatih Sultan Mehmet Vakif University | Istanbul | Turkey |
| Bartin University | Bartin | Turkey |
| Ege University | Izmir | Turkey |
| Yildiz Technical University | Istanbul | Turkey |
| Ankara Yildirim Bayazit university | Ankara | Turkey |
| Gebze Technical University | Gebze | Turkey |
| Artvin Çoruh University | Artvin | Turkey |
| Istanbul Technical University | Istanbul | Turkey |
| Canakkale Onsekiz mart university | Canakkale | Turkey |
| Burdur Mehmet Akif | Burdur | Turkey |
| Ersoy University | Burdur | Turkey |
| Hacettepe University | Ankara | Turkey |
| Trabzon University | Trabzon | Turkey |
| Usak University | Usak | Turkey |
| Center of Planning and Urban Design, Institute of Construction and Urban economics | Ha noi | Vietnam |
| National university of Sciences and Technology (NUST) | Islamabad | Pakistan |
| Chitkara university | India | |
| Friendship of Peoples University named after Academician A.Kuatbekov | Shymkent | Kazakhstan |
| Universiti Malaysia Perlis (UniMAP) | Perlis | Malaysia |
| Paris Lodron University of Salzburg | Salzburg | Austria |
| FSBEI HE University of Land Use Planing | Moscow | Russia |
| Zhubanov University NJSC “K.Zhubanov Aktobe regional university” | Aktobe | Kazakhstan |
| Kyrgyz-Turkish Manas University | Bishkek | Kyrgyz Republic |
| Regional Innovation University | Shymkent | Kazakhstan |
| İzmir Institute of Technology | İzmir | Turkey |
| Ankara Üniversitesi | Ankara | Turkey |
| Karadeniz Technical University | Trabzon | Turkey |
| İstanbul University Cerrahpaşa | Istanbul | Turkey |
| University of Milano-Bicocca | Milano | Italy |
| Russian Academy of Architecture and Construction Sciences | Moscow | Russia |
| National University of Technology (NUTECH) | Islamabad | Pakistan |
| University of Salento | Tancredi | Italy |
| University of Cagliari | Cagliari | Italy |
| Beijing University of Civil Engineering and Architecture | Beijing | China |
| National Institute of Applied Sciences (INSA) | Paris | France |
| Universiti Tunku Abdul Rahman (UTAR) | Kuala Lumpur | Malaysia |
Til kurslari
Universitetimiz qoshida tashkil etilgan “Lingora” o‘quv markazida mahalliy va xorijiy talabalar uchun ingliz, nemis, xitoy, turk, yapon, rus, arab, koreys va fransuz tillarini zamonaviy metodlar asosida o‘rganish imkoniyati yaratilgan.
Talabalar uchun imkoniyatlar

Kadirov Baxadir Tuxtayevich 1972 yilda Surxondaryo viloyatida tug’ilgan. 1994 yilda Sanoat va fuqaro qurilishi fakultetini muhandis-quruvchi mutaxassisligi bo’yicha bitirgan Termiz shahri “Surxon sanoat qurilish” kompaniyasi boshqaruvi raisi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni, O’zbekiston Respublikasi Oliy majlis senatori, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi a’zosi

Salyamov Anvar Enter engineering pte. Ltd kompaniyasi “Og'ir sanoat loyihalari direksiyasi”ning ijrochi direktori.
1980 yilda Samarqand shahrida tug'ilgan.
Ma'lumoti oliy. Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, "qurilish muhandisi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan
2017-yil - Enter Engineering da ish faoliyatining boshlanishi.
U xaridlar bo'yicha mutaxassis, muhandislik-texnika bo'limi boshlig'i, bosh direktorning o'rinbosari – xaridlar va nazorat departamenti direktori, bosh direktorning o'rinbosari – loyiha idorasi direktori lavozimlarida ishlagan.

Xalmuradov Rustam Ibragimovich 1949 yilda Samarqand viloyatida tug’ilgan. 1967-1972-yillar SamDAQIni Sanoat va grajdan qurilish ta’lim yo’nalishini tugatgan. texnika fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti rektori, "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, O’zbekiston Respublikasi senati senatori.
Video va rasmlar
28Fakultetlar
4Arxitektura Fakulteti
Arxitektura fakultetida 4 ta kafedra mavjud va ushbu kafedralarning hammasi mutaxassislik kafedralar hisoblanadi:
- Arxitektura kafedrasi (kafedra mudiri: dotsent L.A. Raximov)
- Interyer dizayn kafedrasi (kafedra mudiri: dotsent T.F. Qo‘shmonov)
- Landshaft dizayn kafedrasi (kafedra mudiri: dotsent M.R. Imomov)
- Shaharsozlik kafedrasi (kafedra mudiri: F.M. Madiyev)
Fakultetda bakalavriat bo‘yicha 4 ta ta’lim yo‘nalishlari mavjud:
- 60730100 – Arxitektura
- 60210400 – Dizayn (interyer dizayni)
- 60210400 – Dizayn (Landshaft dizayn)
- 60730900 – Shahar qurilishi va loyihalash
Magistraturada esa 4 ta mutaxassislik mavjud:
- 70610501 – Kompyuter injiniring ("Kompyuter tizimlarini loyihalash")
- 70610503 – Tibbiyotda kompyuter tizimlari
- 70610601 – Dasturiy injiniring
- 70610701 – Sun’iy intellekt
Fakultet Tarkibi
Axborot texnologiyalari kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 19,5
- O‘quv yuklama: 16 224 soat
- O‘rtacha yuklama: 780 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 14 (1 ta fan doktori, 4 ta dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi, 4 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 36%
- O‘qitiladigan fanlar: 21
Kompyuter tizimlari kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 19,5
- O‘quv yuklama: 17 393 soat
- O‘rtacha yuklama: 790 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 14 (6 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 5 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 43%
- O‘qitiladigan fanlar: 21
Dasturiy injiniring kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 19
- O‘quv yuklama: 18 159 soat
- O‘rtacha yuklama: 820 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 16 (1 ta professor, 2 ta dotsent, 5 ta katta o‘qituvchi, 8 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 19%
- O‘qitiladigan fanlar: 20
Tabiiy fanlar kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 16,75
- O‘quv yuklama: 12 634 soat
- O‘rtacha yuklama: 755 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 13 (3 ta professor, 5 ta dotsent, 3 ta katta o‘qituvchi, 2 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 64,3%
- O‘qitiladigan fanlar: 8
Gumanitar ijtimoiy fanlar kafedrasi:
- Ajratilgan shtatlar soni: 12,25
- O‘quv yuklama: 8 764 soat
- O‘rtacha yuklama: 715 soat
- Asosiy shtatdagi professor-o‘qituvchilar soni: 8 (5 ta dotsent, 2 ta katta o‘qituvchi, 1 ta assistent)
- Kafedraning ilmiy salohiyati: 60%
- O‘qitiladigan fanlar: 7
Bakalavriat Ta’lim Yo‘nalishlari
- 1-kurs: 279 nafar talaba (140 nafari davlat granti asosida, 139 nafari to‘lov kontrakt asosida)
- 2-kurs: 372 nafar talaba (89 nafari davlat granti asosida, 283 nafari to‘lov kontrakt asosida)
- 3-kurs: 282 nafar talaba (60 nafari davlat granti asosida, 222 nafari to‘lov kontrakt asosida)
- 4-kurs: 335 nafar talaba (61 nafari davlat granti asosida, 274 nafari to‘lov kontrakt asosida)
Magistratura Mutaxassisligi
- I-kurs: 3 nafar talaba davlat granti asosida
- II-kurs: 23 nafar talaba (16 nafari davlat granti asosida, 7 nafari to‘lov kontrakt asosida)
Fakultet bo‘yicha jami talaba soni: 1,268 nafar talaba (350 nafari davlat granti asosida, 918 nafari to‘lov kontrakt asosida)
Qurilish Fakulteti
“Qurilish” fakulteti 1966 yilda institutda tashkil etilgan birinchi fakultet. Qurilish fakultetida hozirgi kunda 5 ta kafedra mavjud, ushbu kafedralarning 5 tasi ham mutaxassislik kafedralari hisoblanadi.
Qurilish fakultetiga tegishli quyidagi kafedralar mavjud:
- Qurilish muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, PhD, dotsent G‘.U.Karimov) tarkibida 15 nafar professor, 23 nafar dotsent, 50 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Atrof-muhit muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, PhD, dotsent B.M.Norqulov) tarkibida 1 nafar professor, 8 nafar dotsent va PhD, 10 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Geomatika muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, PhD V.R.Niyazov) tarkibida 3 nafar professor, 4 nafar dotsent va PhD, 21 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Mehnat muhofazasi va salomatlik muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, Z.X.Yasakov) tarkibida 2 nafar PhD, 6 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
- Mexanika muhandisligi kafedrasi (kafedra mudiri, Z.X.Fayziyev) tarkibida 1 nafar professor, 6 nafar dotsent PhD, 6 nafar o‘qituvchilar o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.
2024-2025 o’quv yilida Universitetning “Qurilish” fakultetida “Geomatika”, “Mexanika muhandisligi”, “Atrof muhit muhandisligi”, “Xayot faoliyat havfsizligi”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish materiallari”, “Avtomatika” va “Yo‘l qurilish materiallari” laboratoriyalari faoliyat olib bormoqda.
Keyingi yillarda fakultet jamoasi tomonidan, xalqaro miqyosda jahonning nufuzli TOP–1000 talik reytingni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari kengaytirildi. Jumladan, BMTU, MarxI MDQU, YTU va ITUlar bilan hamkorlikda akademik almashinuvlar olib borilmoqda.
Fakultet kafedralarida yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoslarni ilmiy – texnik rivojlanish yo‘lida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta’lim va ishlab chiqarish hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan.
Fakultet olimlari tomonidan keyingi yillarda Q1 va Q2 darajadagi jurnallarda 200 dan ortiq maqola va 100 ga yaqin zamonaviy o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Fakultet quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:
- 60112400 - Professional ta’lim (yo‘nalishlari bo‘yicha)
- 60722500 - Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha)
- 607300400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha)
- 60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi
- 5320100 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)
- 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha)
- 5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
- 60730800 - Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha)
- 60730300 - Qurilish muhandisligi
- 61020200 - Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha)
- 60713500 - Mexanika muhandisligi
- 60721500 - Geodeziya va geoinformatika
- 60723300 - Geomatika muhandisligi
- 60711800 - Atrof-muhit muhandisligi
- 60710400 - Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
- 60710500 - Elektr muhandisligi
- 5640100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi
Fakultet quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha magistrlarni tayyorlaydi:
- 70721501 - Geodeziya va geoinformatika
- 70730301 - Qurilish muhandisligi
- 70730401 - Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
- 70711801 - Atrof-muhit muhandisligi
SUYUNOV JAVLONBEK SHERALIYEVICH Fakultet dekani
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
Ilmiy unvoni: Dotsent
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00
Fakultet tarixi
Fakultet 2012 yilda “Qurilishni boshqarish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022 yil, 8 noyabrda PQ-416 qaroriga asosan “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti etib nomlandi. Fakultet bitiruvchilari viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmalari, Avtoyo’l loyihalash instituti, viloyat Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri xizmati davlat unitar korxonasi, Uzdaverloyiha instituti Samarqand filiali, viloyat O’rta maxsus va kasb hunar kollejlari boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi yer va ko’chmas mulkni soliqqa tortish bo’limlarida, ko’chmas mulkni baholash xususiy korxonalarida, qurilish ishlab chiqarish tashkilotlari, loyihalash institutlari rejalashtirish-iqtisodiy bo’limlarida texnik, katta mutaxassis, bo’lim boshliqlari, korxona rahbarlari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.
Fakultet ma’muriyati
ESHMURODOV MAS'UDJON HIKMATILLAYEVICH
Fakultet dekani
Qabul vaqti: Har kuni: 14-00 – 16-00
AXMEDOV NAZORBEK TO’LQINOVICH
Talabalar dekanining Yoshlar Bilan Ishlash Bo'yicha Dekan O'rinbosari
Qabul vaqti: Har kuni: 14-00 – 16-00
Fakultet kafedralari:
- IQTISODIYOT
- BIZNESNI BOSHQARISH
- KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH
Fakultet quyidagi ta’lim yo’nalishlari bo’yicha bakalavrlarni tayyorlaydi:
- 60310100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
- 60411300-Biznesni boshqarish;
- 60731300-Ko’chmas mulkni boshqarish.
Quyidagi mutaxassislik bo`yicha magistrlarni tayyorlaydi:
- 70310102-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha);
- 70411201-Menejment (Qurilish menejmenti);
- 70731301-Ko’chmas mulkni boshqarish.
FAKULTET TO'G'RISIDA
Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qaroriga asosan universitet rektori Chidem Janbay Turkyilmaz rahbarligida tashkil etilgan.
2024 yilda fakultetda 21 nafar professor-o’qituvchilar: 4 nafar dotsent, 2 nafar PhD, 2 nafar xorijiy o’qituvchi, 4 nafar katta o’qutuvchi va 9 nafar o’qituvchilar faoliyat ko'rsatmoqda.
2023-2024 o’quv yilida fakultetni 44 nafar talabalar bitirdi. Hozirgi kunda 257 nafar talaba ta’lim olmoqda.
FAKULTET KAFEDRALARI:
1. Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi (kafedra mudiri D.M.Mirzayev)
2. Madaniy meros obyektlarini asrash (kafedra mudiri arx.f.b.f.d., (PhD) O.X.Urokov) kafedralari o’z faoliyatlarini olib bormoqdalar.
TA’LIM YO’NALISHLARI
60210300-Muzeyshunoslik: muzey predmetlari ekspertizasi, konservatsiyalash va ta'mirlash;
60730800-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi;
60212200-Madaniy meros obyektlarini asrash;
60731100-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi.
Maxmatqulov Ilxom Turdimurodovich
Fakultet dekani
Ma’lumoti: Oliy
Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo'yicha falsafa doktori, PhD
Ilmiy unvoni: Dotsent
Qabul vaqti: Har kuni 14.00-16.00
Ta'lim yo'nalishlari
31-
70210301 – Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obyektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash 70210301Magistr
-
Arxitektura 60730100Bakalavr
-
Arxitektura tarixi va nazariyasi 70730103Magistr
-
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi 60730800Bakalavr
-
Atrof-muhit muhandisligi 60711800Bakalavr Magistr
-
BA(Hons) Business Management 60410900Bakalavr
-
Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101Magistr
-
Biznesni boshqarish (Master of Business Administration-MBA) 70411302Magistr
-
Dizayn (Arxitektura muhitlari dizayni) 60210400Bakalavr
-
Dizayn (interyer dizayni) 60210401Bakalavr Magistr
-
Dizayn (landshaft dizayni) 60210400Bakalavr Magistr
-
Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400Bakalavr
-
Dizayn: libos va gazlamalar 60210400Bakalavr
-
Elektr ta'minoti 70710407Bakalavr
-
Foundation Certificate in Biosciences leading to Biomedical Studies 60711100Bakalavr
-
Geodeziya va geoinformatika 60721500Bakalavr Magistr
-
Geodeziya va geoinformatika (magistratura) 70721501Bakalavr
-
Iqtisodiyot 60310100Bakalavr Magistr
-
Kadastr 60721700Bakalavr
-
Madaniy meros obyektlarini asrash 60212200Bakalavr
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200Bakalavr
-
Mexanika muhandisligi 60712300Bakalavr
-
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji 70730401Magistr
-
Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash 70211004Magistr
-
Professional ta'lim (yo'nalishlar bo'yicha) 60112400Bakalavr
-
Qiymat injiniringi va ko'chmas mulkni boshqarish 60730700Bakalavr
-
Qurilish muhandisligi 70730301Magistr
-
Qurilish muhandisligi 60730300Bakalavr Magistr
-
Shahar qurilishi va loyihalash 60731500Bakalavr
-
Shahar transporti xo'jaligi va aloqa yo'llari 70730202Magistr
-
Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi 70730103Magistr
Hech narsa topilmadi
Mashhur bitiruvchilar
15
Xalmuradov Rustam Ibragimovich
Shukurov Akmal G'ayratovich
Salyamov Anvar
Narzullayev Bobir Baturovich
Kadirov Baxadir Tuxtayevich
Quldashev Azamiddin Tursunovich
Elmuradov Bobur Xamidovich
Najmiddinov Firuz Jamoliddinovich
Djumayev Shuxrat Ilxomovich
Tagiyev Eldor Ibragimovich
Xaitov Orif Bolikulovich
Abjalov Xusan Shakarovich
Xudaykulova Fotima Inatullayevna
Xalikov Rayimqul Xaqqulovich
Mirzayev Umar Xidirboyevich
Talabalar fikri
10Men Aziza Rahmatjanovna Rassiya federatsiyasi fuqarosiman 2020-yildan buyon Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida tahsil olib kelmoqdaman hozirgi kunda to'rtinchi bosqich talabasiman. Menga universitetim va tanlagan kasbim juda yoqadi. Universitet, arxitektura va qurilish sohasiga ixtisoslashgan oliy o'quv yurtidir. Arxitektura fakultetidagi arxitektura muhandisligi, qurilish muhandisligi, shaharsozlik, san'at va dizayn bilan bog'liq ko'plab fanlarni o'z ichiga oladi. Universiteti arxitekturaning turli jihatlarini, jumladan, arxitektura tarixi, arxitektura dizayni, qurilish texnologiyasi, qurilish jarayonini tashkil etish va boshqalarni, Shuningdek, binolarni loyihalash tamoyillari, bo'shliqlarni rejalashtirish, materiallardan foydalanish, energiya samaradorligi va binolarning iqlim o'zgarishiga chidamliligini o'rgatadi. Universitetni tugatganimdan so'ng arxitektura va qurilish firmalarida, davlat idoralarida, qurilish kompaniyalarida ishlash imkoniyatiga ega bo'laman.
Aziza Rahmatjanovna
Men Basira Rahmatjonova Rassiya federatsiyasi fuqarosiman. 2022-yili Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti talabasiga aylandim. Hozirda arxitektura fakultetining ikkinchi kurs talabasiman. Men go'zal universitetimizda hukm surayotgan atmosferadan hayratlanaman va mamnun bo'laman. Universitet nafaqat bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladigan joy, balki bizni yangi cho'qqilarga chiqishga ilhomlantiradigan va rag'batlantiradigan haqiqiy akademik muhitdir. Har kuni shahar va universitet atrofida aylanib yurganimda, meni g'ayrat va rivojlanish istagi bilan to'ldiradigan o'ziga xos ruh va energiyani his qilaman. Men o'qiyotgan arxitektura fakulteti bizga ijodkorlik va o'zini namoyon qilish uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Bizning fakultetimiz ijodkorlik va innovatsiyalarga boy va talabalarilar o'z bilimlari va tajribalarini baham ko'rishga tayyor bo'lgan o'z sohasidagi mutaxassislardir. Men o'zimning ijodiy fikrlashim va kasbiy mahoratim chegaralarini oshirishga yordam beradigan har bir darsni, har bir ma'ruzani va amaliy ishlarni qadrlayman. Bundan tashqari, menga kurusdoshlarim va boshqa fakultet talabalari bilan fikir almashish, muloqot qilish yoqadi va men bundan bag'oyatda mamnunman.
Basira Rahmatjonova
Fakultetit universitetning nufuzli fakultetlaridan biri hisoblanadi. Fakultet 2012 yilda “Qurilishni boshqarish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022 yil, 8 noyabrda PQ-416 qaroriga asosan “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti etib nomlandi. Fakultetda ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash va mehnat bozoridagi ish beruvchi korxonalarning innovatsiyalaridan keng foydalanish maqsadida mutaxassislik kafedralariga dars o'tish uchun ishlab chiqarishdan (amaliyotdan) malakali mutaxassislarni jalb etish tizimi yo'lga qo'yilgan. Fakultetda mavjud ta'lim yo'nalishlari fan, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohasidagi yo'nalishlar bo'lib, iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida kapital qurilish hamda ta'mirlash ishlarini amalga oshirish bilan bog'liq investitsiya dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qurilish ishlarini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish, qurilish sohasida iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish, qurilish ishlarining smeta qiymatini hisoblash va iqtisodiy samaradorligini baholash, qurilish ob'yektlari smeta qiymatini ekspertiza qilish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonida qiymat nazoratini tashkil etish, iqtsodiyotning barcha tarmoq va sohalaridan foydalanishni tashkil etish bilan bog'liq kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Fakultet talabalari uchun ta'lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o'zaro integratsiyasini mustahkamlash, talabalarning kasbiy mahoratlarni chuqur egallashlarini ta'minlash uchun barcha shart-sharoitlar mavjud.
Eshmurodov Mas'udjon Xikmatillayevich
SamDAQUda keyingi yillarda mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo'nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta'lim tizimini yaratish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, zamonaviy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarinining ochilishi, qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo'nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimiz taraqqiyotini yangi bosqichiga olib chiqish, barcha kuch-g'ayratni birlashtirish va fidokorona mehnat qilish orqali Yangi O'zbekistonni, pirovardida, Uchinchi Renessans poydevorini bunyod etish universitet jamoasini bosh ezgu maqsadi hisoblanadi. Universitetning “Qurilish” fakulteti “Qurilish muhandisligi” “Geomatika muhandisligi”, “Atrof muhit muhandisligi”, “Mexanika muhandisligi” va “Mexnatni muhofaza qilish va salomatlik muhandisligi” ta'lim yo'nalishlari bo'yicha raqobatbardosh kadrlar tayyorlab kelmoqda. Fakultetda “Geomatika”, “Mexanika muhandisligi” “Atrof muhit muhandisligi”, “Xayot faoliyat havfsizligi”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish materiallari”, “Avtomatika” va “Yo'l qurilish materiallari” labaratoriyalari faoliyat olib bormoqda. Keyingi yillarda fakultet jamoasi tomonidan, xalqaro miqyosda jahonning nufuzli TOP–1000 talik reytingni qo'lga kiritgan oliy ta'lim muassasalari bilan samarali hamkorlik aloqalari kengaytirildi. Jumladan, Belorus Milliy Texnika Universiteti, Moskva Arxitektura institute, Moskva Davlat qurilish universiteti va Yildiz texnika universitetilari bilan hamkorlikda, akademik almashinuvlar olib borilmoqda. Fakultet kaferalarida yoshlarni ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish, yoshlar o'rtasida ilmiy va ijodiy hamkorlikni rivojlantirish, fikr, tajriba almashish uchun sharoit yaratish, yoslarni ilmiy – texnik rivojlanish yo'lida birlashtirish, shuningdek, yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari bilan fan, ta'lim va ishlab chiqarish hamkorligi yo'lga qo'yilgan. Fakultet olimlari tomonidan keying yillarda Q1 va Q2 darajadagi jurnallarda 200 dan ortiq maqola va 100 ga yaqin zamanovi o'quv adabiyotlari yaratildi. Masalan, “Qurilish” fakulteti dekani, texnika fanlari nomzodi, professor D.O.Jurakulov tomonidan keying yillarda 20 ga yaqin zamonaviy darslik va o'quv qo'llanmalar yaratilib ta'lim jarayoniga joriy etildi. Hozirgi kunda uning rahbarligida 10 yaqin tadqiqotchilar ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar.
Jurakulov Doniyor Ochilovich
Fakultetimiz universitetimiz shakllanganligidan boshlab faoliyat ko'rsatib kelayotgan eng nufuzli fakultetlardan biridir. Yarim asrdan beri O'zbekiston qurilish maydonini arxitektorlar bilan ta'minlab kelayotgan ushbu fakultetimizda ko'plab taniqli arxitektorlar yetishib chiqqan. Shunday ekan, fakultetimizda ko'p yillik o'z uslubiga ega maktab shakllangan. Fakultetimiz boy tarixga ega bo'lishiga qaramay, zamonaviy hayot bilan hamnafas bo'lib kelmoqda. Prezidentimizning say-harakatlari bilan Universitetimiz, xususan, fakultetimizga chet-ellik tajribali olim va pedagoglar jalb qilingan. Fakultetimizda innovatsion inkubatsiya markazlari tashkillashtirilgan. Ushbu markaz fakultetimizda ta'lim olayotgan talabalarni o'qish davomida amaliyotga tayyorlaydi va amaliyotdagi eng ilg'or loyihalar bilan tanishtirib boradi. Talabalarimiz uchun sifatli ta'lim olish, egallagan bilimlarini amalda tadbiq qilish uchun barcha shart-sharoitlar mavjud va bugungi kunda universitetimizda olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari talabalarimizni jahon miqyosida raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishishiga zamin bo'lishiga ishonamiz.
Kamalova Dilnoza Zayni̇di̇novna
SamDAQUda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 8 noyabrdagi PQ-416-son qarorining 2-ilovasiga binoan Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura qurilish universiteti qoshida Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti tashkil etildi fakultet tarkibida ikkita kafedra mavjud bo'lib ulardan “Madaniy meros obyektlarini asrash” va “Arxitektura yodgorliklarini restavratsiyasi va rekonstruktsiyasi” kafedralari tashkil topgan 60212200-Madaniy meros obyektlarini asrash va 60731100-Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi ta'lim yo'nalishi bo'yicha hozirda bakalavr ta'lim yo'nalishi va magistratura mutaxasisligi bo'yicha tahsil olib kelinmoqda, Hozigi kunda fakultetimiz talabalari Turkiyaning Yildiz texnika universitetida joriy etilgan va tajriba asosida qo'llanib kelinayotgan, Baloniya tizimi bo'yicha birinchi va ikinchi kurs talabalariga fanlar multimedia vositalari yordamida, innovatsion tarzda va xorijiy manbalar asosida maxsus biriktirilgan auditoriyalarda dars mashg'ulotlari o'tilib kelinmoqda. Talabalarni nazariy bilimlarini yanada mustahkamlash maqsadida Madaniy meros obyektlarida sayyor darslarni o'tish tashkil etilgan. Madaniy meros obyektlarini asrash kafedrasi bilan Malayziya xalqaro islom universiteti, Turkiyaning Yildiz texnika universiteti va Belarusiyaning milliy texnika universitetlari fakultetlarining ikkinchi va uchinchi kurs talabalarini yozgi maktabda tajriba almashinuvi shartnoma asosida yo'lga qo'yilgan. Kafedrada xorijiy tillarda dars o'tib kelayotgan, tajribali Professor-o'qituvchilar mavjud. Shu bilan birga fakultetning Eramca xonasida talabalar maxsus kuchli kompyuter dasturlari yordamida loyihalar ustida ishlab kelmoqdalar.Undan tashqari Madaniy meros obyektlarini tatqiq qilish markazida ochilgan turli xil to'garaklarda talabalar darsdan tashqari bo'sh vaqtlaridan maqsadli foydalanib kelmoqdalar.
Maxmatqulov Ilxom Turdimurodovich
Men Maxmudov Azizbek Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti IV bosqich talabasiman. Men ta'lim mobaynida o'z sohamga doir qimmatli bilimlarni tajribali va salohiyatli ustozlardan olyapman. Ustozlarimiz biz talaba yoshlar uchun hayotiy tajribalarga asoslagan darslarni o'tishyapti. Men shunga ishonamankim, olgan bilimlarim kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lib yetishishimda, o'z kasbining ustasi bo'lishimda asqotadi. O'qishimning boshidanoq zamonaviy tendentsiyalarni va texnik yangiliklarni o'rganib, qurilishning turli jihatlarini o'rganishga harakat qildim. Ijodkorlikka bo'lgan ishtiyoqim va mukammallikka intilishim ajoyib ilmiy natijalarga erishishimga yordam berdi. Arxitektura va qurilish sohasida tajriba va ko'nikmalarimni kengaytirish maqsadida turli tanlov va loyihalarda faol ishtirok etaman. Ushbu tajriba tufayli men nafaqat akademik bilimlarni, balki kelajakda o'z soham bo'yicha muvaffaqiyatli mutaxassis bo'lib yetishishimga yordam beradigan amaliy ko'nikmalarga ham ega bo'lyapman. Bu vaqt ichida ko'plab yutuqlarga erishdim. Bugungi kunda o'nlab tanlovlarda – Respublikada oliy o'rinlarni egalladim, ilmiy loyihalar muallifiman hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida "Beruniy" nomidagi davlat stipendiyasi sohibi bo'ldim. Men o'qiyotgan universitet arxitekturava-qurilish talabalari uchun noyob imkoniyatlarni taqdim etadi. Tajribali o'qituvchilar rahbarligida loyiha va g'oyalarimizni ishlab chiqishimiz mumkin. Universitetda bir nechta ilmiy laboratoriyalar mavjud bo'lib, ilmiy tadqiqot, tajriba va o'lchov o'tkazish uchun mo'ljallangan jihoz va qurilmalar bilan ta'minlangan. bo'lgan zamonaviy laboratoriyalar, studiyalar va ijodiy maydonlardan foydalanishimiz mumkin. Bu yutuqlarga erishishimda davlatimizda yaratilgan shart-sharoitlar, universitetimizda tashkil etilgan sifatli ta'lim sabab deb bilaman. Kelajakda mamlakatimiz nomini dunyoga tanitishda o'z hissamni qo'shishga hamda xalqimizga munosib farzand bo'lishga harakat qilaman.
Maxmudov Azizbek
Men Murodqulova Guliniso Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti, Arxitektura fakulteti III bosqich talabasiman. Men arxitektura olamiga sho'ng'ib ketar ekanman, har bir bino o'ziga xos voqeani aytib berishini va har bir loyiha o'z g'oyalari va ilhomini haqiqatga aylantirish imkoniyati ekanligini angladim. Mening universitetim arxitekturaning haqiqiy sehri sodir bo'ladigan joy. Bu yerda biz nafaqat binolarni loyihalashni o'rganamiz, balki har bir chiziq va har bir burchak ortida yotgan san'at va ilm-fanning olamiga sho'ng'iymiz. O'qituvchilar – o'z ishining haqiqiy ustalari, o'z bilim va tajribalarini baham ko'rishga tayyor. Universitetda biz nafaqat nazariyani, balki faol amaliyot bilan ham shug'ullanamiz. Biz tanlovlarda, haqiqiy mijozlar uchun loyihalarda qatnashamiz, shuningdek, yetakchi arxitektura firmalarida amaliyot o'tash imkoniyatiga egamiz. Bu bizga nafaqat professional rivojlanish, balki dizaynga o'ziga xos uslub va yondashuvimizni topish imkonini beradi. Bu vaqt ichida juda ko'plab yutuqlarga erishdim. Undan tashqari ko'plab tanlovlarda respublikda oliy o'rinlarni egalladim, universitetimizda "Volontyorlar" klubi koordinatoriman va ilmiy loyihalar muallifiman hamda prezidentimizning tegishli qarori asosida "Beruniy" nomidagi davlat stipendiyasi sohibiman. Universitet nafaqat o'qish joyi, balki butun imkoniyatlar olamidir. Bu yerda men nafaqat bilim va ko'nikmalarni, balki arxitektura kelajagini birgalikda yaratayotgan do'stlar va hamfikrlarni ham topdim.
Murodqulova Guliniso
Men, Sanayeva Nargiza Payzullayevna, Mirzo Ulug'bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish muhandisligi” kafedrasi PhD katta o'qituvchisiman. Men o'zimni to'laqonli qadrdon universitetimga daxldor deb bilaman. Chunki o'sha olis 2008-yilda men bu muqaddas dargohga qadam qo'yib, talabalik baxtiga muyassar bo'lgan bo'lsam, 2012-yili universitetning “Bino va inshootlar” yo'nalishi bo'yicha magistrantiga aylandim. 2014-yildan boshlab sevimli ustozlarim bilan, qachonlardir o'zim xavas qilgan, qolaversa, idealimga aylangan professor-o'qituvchilar bilan bir safda ekanligimdan nihoyatda xursandman. Bu, biz yoshlarga, aytish mumkinki, xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan yaratib berilayotgan imkoniyatlarning yuzdan biri desam yanglishmagan bo'laman. Sevimli uztozlarim hamda universitetimning menga bildirgan ishonchi hamda intilishlarim samarasi o'laroq 2019-2022-yillarda “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo'yicha PhD tayanch doktoranturada tahsil oldim. Hayotimdagi eng quvonchli, esda qolarli kun bu, albatta, Texnika fanlari falsafa doktori diplomini qo'limga olgan kun hisoblanadi. Bu kun yana shunisi bilan esda qolarliki, PhD diplomi menga mashaqqatga to'la ilm yo'li huzurli manzilga, nurli insonlar davrasiga olib kirishi haqiqat ekanligini isbotladi desam mubolag'a bo'lmaydi. Ustozlarimning ishonchi, ilm yo'lidagi rag'batlarini oqlash maqsadida bugungi kunda “Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo'yicha DSc doktoranti sifatida ilmiy faoliyat bilan shug'ullanmoqdaman. Men qadrdon universitetimning ravnaqi uchun, nafaqat respublikamiz, balki jahonning eng mashhur universitetlari qatorida yuksalishi uchun barcha imkoniyat, bilim va salohiyatimizdan unumli foydalanishga, ilm-fan taraqqiyoti uchun munosib hissa qushishga harakat qilaman.
Sanayeva Nargiza Payzullayevna
Respublikamizda bugungi kunda ta'limga berilayotgan e'tibor Universitetimiz miqiyosida ham salmoqli ishlarning bajarilishini hamda tayanch doktarantura, mustaqil izlanuvchilar uchun dissertatsiya ishlarining eksperementlarini o'tkazishda va natijalarini olishda ilmiy tadqiqot laboratoriyalarining o'rni juda muhim hisoblanadi. Universitetda bir nechta ilmiy laboratoriyalar mavjud bo'lib, ilmiy tadqiqot, tajriba va o'lchov o'tkazish uchun mo'ljallangan jihoz va qurilmalar bilan ta'minlangan. Talabalar asosan 1-2 kurslarda kimyo, ekologiya, fizika, informatika, qurilish ekologiyasi va shu kabi fanlardan laboratoriya mashg'ulotlarini o'zlashtiradi hamda jihozlar bilan tanishadi. Shuningdek, magistrlar, mustaqil izlanuvchi va doktarantlar qurilish materiallari, suv ta'minoti, kanalizatsiya, gidravlika, qurilish, geodeziya kartografiya kadastr sohalarida laboratoriya tajribalarini o'tkazib ijobiy natijalarga erishmoqdalar. Laboratoriya jihozlari kafedralar tasarrufida joylashgan bo'lib, foydalanuvchilarning rahbar boshchiligida va mustaqil ishlashlari uchun barcha kerakli imkoniyatlar yaratilgan. Professor-o'qituvchilar laboratoriyalardan foydalanib o'zlarining ilmiy mavzulari asosida asosli natijalarga erishib, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar yozishda hamda yuqori darajali jurnallarda maqola chop etishda keng miqiyosda foydalanib kelmoqdalar.
Nurmatov Panji