WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahri Davlat Tashkil etilgan: 1997

Kamoliddin Behzod Milliy rassomlik va dizayn instituti

Toshkent shahar, Mironshox ko'chasi 123-uy.

$2,083

Eng arzon kontrakt, yiliga

2,440

Talabalar

8

Xorijiy talabalar

297

O'qituvchilar

3

Fakultetlar

15

Kafedralar

Dasturlar

12
Barcha dasturlar

1 USD = 12 002.93 so'm

Universitet haqida

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti 1954-yilda Toshkent shahrida teatr dekoratsiyasi va rangtasvir yo‘nalishi negizida tashkil etilgan. 1997-yilda institut mustaqil oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat yurita boshlagan.

Bugungi kunda institut O‘zbekistonda tasviriy san’at, amaliy san’at, dizayn, muzeyshunoslik va san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlaydigan yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Institut talabalar uchun professional rassom, dizayner, san’atshunos, muzey mutaxassisi va ijodiy soha vakili sifatida shakllanish imkonini beradi. O‘quv jarayoni amaliy mashg‘ulotlar, nazariy bilimlar, ijodiy izlanishlar hamda zamonaviy kasbiy ko‘nikmalar uyg‘unligiga asoslangan.

Talabalarga O‘zbekistonning taniqli rassomlari, dizaynerlari, san’atshunoslari va tajribali professor-o‘qituvchilari ta’lim beradi. Ular yosh ijodkorlarga o‘z iste’dodini rivojlantirish, mustaqil ijodiy fikrlash va zamonaviy mehnat bozorida talab qilinadigan ko‘nikmalarni egallashda yordam beradi.

 

Xorijiy talabalar uchun

Institutning Xalqaro hamkorlik bo'limi xorijiy talabalariga viza/ro'yxatdan o'tish uchun hujjatlarni tayyorlashda, kerak bo'lsa, MRDI yotoqxonasiga joylashtirishda yoki yashash uchun boshqa joy topishda yordam beradi.

Xalqaro hamkorlik

Ta'lim sohasida xalqaro faoliyatni rivojlantirishdan ko'zlangan umumiy maqsad xalqaro tajribani hisobga olgan holda milliy ta'lim tizimini takomillashtirish va nufuzini ko'tarish, O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarining xalqaro miqyosda akademik va ilmiy reytinglarni oshirish bo'lib kelmoqda. Institutimiz ham ushbu maqsadda xalqaro faoliyatni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratib kelgan va bugungi kunda bir qator, hususan Janubiy Koreya, Belarus, Ozarbayjon, Rossiya Federasiyasi, Yaponiya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Ruminiya, Xitoy, Finlyandiya, Belgiya, Qozog'iston, Polsha, Italiya, Ispaniya, Turkiya, Tailand kabi xorijiy davlatlarning  oliy ta'lim muassasalari bilan professor-o'qituvchilarning tajriba almashinuvi, talabalar bilan almashinuv, ijodiy ko'rgazmalar, art rezidensiyalar, ilmiy konferensiya va seminarlar, on-layn  videokonferensiyalar o'tkazish, stajirovka o'tash va malaka oshirish, birgalikda xalqaro loyihalarni amalga oshirish va shu kabi boshqa yo'nalishlarda samarali hamkorlik qilib kelmoqda.  Institutimiz tomonidan oxirgi yillarda  Britaniya Kengashining Creative Spark va Change Academy, Erasmus+ CBHE “MUSAE”, UNESCO “Innovation through tradition: scientific practical research in handicrafts of Uzbekistan to develop innovative family business”, Yaponiyaning Samarqand qog'ozi tadqiqotlari loyihasi  kabi loyihalar samarali amalga oshirib kelingan.

Erasmus+ ICM doirasida Ruminiyaning University of Art and Design in Cluj-Napoca va Ispaniyaning  Escuela superior de diseno region de Murcia oliygohlarida institut talabalari bir semestrga mo'ljallangan talaba mobilligida qatnashib kelmoqdalar.

Institutda 2 ta Tailandning Chanapatana xalqaro dizayn instituti va Janubiy Koreyaning Kemyong universiteti bilan qo'shma dasturlar tuzilgan. Qirg'iziston Respublikasi, Rossiya federasiyasi , Qozog'iston Respublikasi, Janubiy Koreya va Ukrainadan 8 ta bakalavr yo'nalishi talabalari tahsil olmoqda.

Professor-o'qituvchilar Al-Farobiy nomidagi Qozog'iston Milliy universiteti, Qozog'iston Respublikasi Muxtor Auezov nomidagi  Janubiy-Qozog'iston Universiteti, Malayziyaning Pendidikan Sulton Idris universiteti, Koreyaning Kemyong universiteti, Turkiyaning Karabuk universiteti, Kyutaxya Dumlupinar universitetilariga taklif etilib, ma'ruza va seminar, mahorat darslarini o'tib kelmoqdalar. O'z o'rnida institutning o'quv va ilmiy faoliyatiga Malayziya, Ispaniya, Polsha, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQShning ilg'or universitet professorlari jalb etilmoqda.

Davlatimizda faoliyat yuritayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari, tashkilotlari hamda do'stlik jamiyatlari bilan ta'lim, ilm-fan va san'at yo'nalishlarida ham yaqindan hamkorlik aloqalari o'rnatilgan. Buni yaqqol misoli, UNESCO, KOICA, JICA, Britaniya Kengashi,  Erasmus+ milliy ofisi va boshqa tashkilotlarni keltirishimiz mumkin.

Til kurslari

 Institutida ingliz tili kurslari mavjud. Ushbu kurslar o'quvchilarga ingliz tilini o'zlashtirish, og'zaki va yozma ko'nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro til sertifikatlash imtihonlariga tayyorgarlik ko'rishga yordam berish uchun mo'ljallangan. Darslar malakali mutaxassislar tomonidan zamonaviy o'qitish usullaridan foydalangan holda olib boriladi. Grammatika, tinglab tushunish, o'qish, yozish va muloqot ko'nikmalariga alohida e'tibor beriladi. Talabalar, professor-o'qituvchilar, institut xodimlari va ingliz tilini o'rganishga qiziqqan har bir kishi ishtirok etishi mumkin. Kurslar xorijiy tillarni o'rganish va xalqaro ta'lim va tadqiqot loyihalarida faol ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatlar yaratadi.

Talabalar uchun imkoniyatlar

MRDIda o'qishni xohlovchi chet el fuqarolari tanlagan ta'lim yo'nalishi bo'yicha qabul komissiyasi bilan suhbatdan o'tadilar. Suhbat avgust oyining birinchi yoki ikkinchi o‘n kunligida rus yoki o‘zbek tillarida bo‘lib o‘tadi

Video va rasmlar

7

Fakultetlar

3

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O’zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqidagi Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 131-sonli Qaroriga asosan, Mannon Uyg’ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutining Rassomlik fakulteti negizida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti tashkil topdi. Institutga Sharq miniatyura maktabiga asos solgan buyuk musavvir Kamoliddin Behzod nomi berildi va institutning asosiy negizi bo’lgan Tasviriy san’at fakulteti tashkil etildi. Mazkur fakultetda ko’plab ko’zga ko’ringan O’zbekiston Tasviriy san’atiga tamal toshini qo’ygan va o’zlaridan keyini ko’plab shogirdlar qoldirgan marhum ustozlar, O’zbekiston Badiiy akademiyasi akademiklari, O‘zbekiston xalq rassomlari va ko’plab taniqli rassomlar  fakultet talabalariga tasviriy san’at sirlaridan saboq berishgan. Hozirgi paytda fakultetda asosiy va o’rindosh ish o’rinlarida, 24 nafar akademik va professorlar, 28 nafar dotsent, ja’mi 102 nafar professor-o’qituvchilar asosiy va o’rindoshlik asosida kafedralar kesimida faoliyat olib borishmoqda. Fakultet tarkibida 4 ta kafedra faoliyat yuritadi. Bulardan: “Dastgohli rangtasvir”, “Mahobatli rangtasvir”, “Teatr bezagi rangtasviri ”, “Miniatyura va kitob grafikasi” kafedralaridir. Fakultetning mazkur kafedralarida bakalavr ta’lim yo’nalishi bo’yicha sakkizta, magistratura mutaxassisligi bo’yicha esa yettita yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Ular institutni bakalavr va magistratura bosqichlarini tugatgandan keyin respublikaning barcha maktab va tasviriy san’atga ixtisoslashgan kollejlarida, respublika teatrlari, kinostudiyalari, nashryotlari, tasviriy san’at galereyalari hamda muzeylarida o’z faoliyatlarini olib borishadi. Hozirda fakultet “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti, “Mard o’g’lon” ko’krak nishoni sovrindori, Nomdor stipendiyalar sovrindorlari, xalqaro olimpiadalar va nufuzli tanlovlar g‘oliblari tahsil olib kelmoqda.

San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 23-yanvardagi “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil to‘g‘risida”gi qarori asosida “Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan. Fakultet san’atshunos va muzeyshunos mutaxassisliklari bo’yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlashga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda fakultetga 2 ta mutaxassis tayyorlovchi kafedralar mavjud. 

Fakultetda uzoq yillar san’atshunos Sh.S.G’ulomova, keyinchalik filologiya fanlari nomzodi G.Qarshiyeva, filologiya fanlari doktori L.R.Raupova, san’atshunoslik fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) B.Sangirovlar fakultet dekani sifatida faoliyat olib borgan. Fakultet tarkibidagi kafedralarda asosiy shtatda va o’rindoshlik asosida jami 53 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritadi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor A.Hakimov, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi, san’atshunoslik fanlari doktori, professor N.R.Ahmedova, san’atshunoslik fanlari doktori K.B.Akilova, san’atshunoslik fanlari doktori D.M.Qodirova, me’morlik fanlari doktori M.Yusupova, tarix fanlari doktori J.Ismoilova, shuningdek falsafa fanlari doktori U.Qoraboyev, san’atshunoslik fanlari nomzodlari Z.Raximova, R.Fatxullayev, I.Abdurahmonov, tarix fanlari nomzodlari D.Kuryazova, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) M.Muxamedova,  san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) N.Kultasheva, san’atshunoslik fanlari doktori (PhD) D.Alimqulova va boshqalar talabalarga saboq beradilar.

2021-yil 27-avgustdan e’tiboran fakultet San’atshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti deb nomlana boshlandi. 

Mamlakatimizda dizayn sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash talab etiladi. Shu bois ushbu sohadagi ehtiyojni qondirish maqsadida 1999 yilda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Amaliy san’at fakulteti tarkibida “Dizayn” kafedrasi tashkil etilib, uning tarkibiga “Dizayn” yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash kiradi. dizayn ta'limi. ‘yil.
2001 yilda dizayn bo'limi negizida kiyim dizayni bo'limi ajratildi.
Mamlakatimizda ushbu sohaga talabning jadal o‘sishi va talabalar sonining ko‘payishi munosabati bilan 2003 yilda “Dizayn” fakulteti tashkil etildi. Hozirda fakultetda 7 ta yo‘nalish bo‘yicha 593 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda. Fakultetda 5 PhD, 14 nafar dotsent, 9 nafar katta o‘qituvchi va 18 nafar o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

 

Ta'lim yo'nalishlari

18
  • 70210501 - Rangtasvir: dastgohli rangtasvir 70210501
    Magistr
  • Amaliy san'at (badiiy kulolchilik) 60210800
    Bakalavr
  • Amaliy san'at: amaliy san'at asarlarini ta'mirlash 60210800
    Bakalavr
  • Dastgoh va kitob grafikasi 70210601
    Magistr
  • Dizayn (interyer dizayni) 60210401
    Bakalavr Magistr
  • Dizayn (reklama va amaliy grafika) 60210400
    Bakalavr
  • Dizayn (sanoat dizayni) 60210403
    Bakalavr
  • Dizayn: kompyuter grafikasi va badiiy foto 60210400
    Bakalavr
  • Dizayn: libos va gazlamalar 60210400
    Bakalavr Magistr
  • Grafika: dastgoh va kitob grafikasi 60210600
    Bakalavr
  • Marketing 60411200
    Bakalavr
  • Menejment 60410800
    Magistr
  • Muzeyshunoslik, tarixiy-madaniy obektlarni konservatsiya qilish, ta'mirlash va saqlash 70211004
    Magistr
  • Rangtasvir (dastgohli) 60210500
    Bakalavr Magistr
  • Rangtasvir: mahobatli rangtasvir 60210500
    Bakalavr Magistr
  • Rangtasvir: multfilm va kompyuter multiplikatsiyasi 60210500
    Bakalavr
  • Rangtasvir: teatr-bezak rangtasviri 60210500
    Bakalavr
  • San'atshunoslik: san'at jurnalistikasi 60211000
    Bakalavr

Hech narsa topilmadi

Mashhur bitiruvchilar

13

Аlikulov Аlisher Mahmudovich

O'zbekiston Badiiy akademiyasi, O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, “Shuhrat” medali sohibi, “Mahobatli rangtasvir” kafedrasi professori, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Ijodkorlar uyushmasi a'zosi, O'zbekiston Badiiy akademiyasi Oltin medali sovrindori, Oliy Аttestatsiya Komissiyasi professori ilmiy unvoniga ega.

Faxrutdinov Zanutdin Ramzievich

O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, Professor

Nuridinov Akmal Vaxobjanovich

O'zbekiston Badiiy akademiya raisi, Akademik, professor

Xadjimetov Bexzod Baxodirovich

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti “Miniatyura va xattotlik” kafedrasi professori v.b. san'atshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD).

Ziyaxanov Xurshid Djavidovich

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi, dotsent

Binafsha Nodir

O'zbekiston Respublikasi Badiy akademiya tassarufidagi “San'at” jurnali bosh muharriri

Jalilov Farxod Abdurahmonoviya

O'zbekiston Respublikasi O'rol Tansiqboyev uy muzeyi direktori

Shuhrat Ravshanovich Abdumalikov

O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi. K.Bexzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti professori.

Pulatov Behzod To'lqinovich

O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshliq o'rinbosari

Baybusinova Seniya Sarsenbayevna

Qoraqalpoq tarixi va madaniyati muzeyi ilmiy ishlar direktor o'rinbosari

Ergashev To'lqin Nuriddin o'g'li

O'zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Toshmuxamedov Farxod Eminovich

K.Bexzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti “Badiiy kulolchilik va ta'mirlash”kafedrasi dotsenti

Raximov Alisher Akbarovich

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi. Usta kulol