Buxoro davlat texnika universiteti
Buxoro viloyati, Buxoro shahar .200100, Q.Murtazoyev ko'chasi 15-uy
$1,100
Eng arzon kontrakt, yiliga
16,677
Talabalar
520
Xorijiy talabalar
719
O'qituvchilar
4
Fakultetlar
21
Kafedralar
Dasturlar
981 USD = 12 004.48 so'm
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Gidrologiya
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Dizayn: libos va gazlamalar
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Qurilish muhandisligi
$1,300
yiliga · ≈ 15 606 000 so'm
Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlaria
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Suv xo'jaligi va melioratsiya
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Ekologiya
15 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,250
Iqtisodiyot
15 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,250
Sun'iy intellekt
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Dasturiy injiniring
$1,100
yiliga · ≈ 13 205 000 so'm
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Universitet haqida

1.World University Rankings – 2024 xalqaro reytingida “reporter” maqomiga ega bo‘ldi.

2.2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingidan o‘rin oldi.

3. Yashil Barqarorlik ko'rsatkichini ta'minlashga intilgan universitetlarning global reytingida 858 o‘rinni egalladi.

Shuningdek, respublikada birinchilardan bo’lib, oliygohda “O‘zbekneftegaz” AJ hamkorligida ilg'or muhandislik maktabi tashkil etildi.
Universitetda xorijiy, ilmiy-innovatsion, ilmiy-amaliy loyihalar, tijoratlashtirish jarayoni ham samarali faoliyat olib bormoqda. Joriy yilda 10 dan ortiq Xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar tashkil etildi. Har yili 50 dan ziyod tadqiqotchilar dissertatsiya ishini himoya qiladi. Oliygohda 120 dan ortiq (Malayziya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Belarussiya va boshqalar) oliy ta'lim muassaslari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Qo'shma ta'lim dasturi asosida ta'lim oluvchi talabalar soni 212 tani tashkil etib, ular jahonning 10 dan ziyod oliy ta'lim muassasida tahsil olmoqda.

Xorijiy talabalar uchun
Buxoro davlat texnika universiteti chet ellik talabalar uchun nafaqat sifatli ta’lim, balki qulay va zamonaviy yashash hamda rivojlanish muhitini ham taqdim etmoqda. Universitetda zamonaviy jihozlangan auditoriyalar, innovatsion laboratoriyalar, elektron kutubxona va raqamli ta’lim platformalari talabalarning puxta bilim olishi uchun xizmat qilmoqda.
Xalqaro talabalar uchun qulay talabalar turar joylari, sport majmualari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar hamda do‘stona muhit yaratilgan. Turli davlatlardan kelgan yoshlar bu yerda nafaqat ta’lim oladi, balki yangi do‘stlar orttirib, turli millat va madaniyat vakillari bilan tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qadimiy Buxoroning boy tarixiy merosi va zamonaviy ta’lim imkoniyatlarini o‘zida mujassam etgan universitet xalqaro talabalar uchun haqiqiy imkoniyatlar maskaniga aylangan. Buxoro davlat texnika universiteti har bir talabaga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy kasb egasi bo‘lish va xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish uchun mustahkam poydevor yaratib bermoqda.
Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik yangi bosqichda!
Buxoro davlat texnika universiteti rektori — Sadoqat Siddiqova hamda Universiti Tun Hussein Onn Malaysia rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:
🔹 Halol gastronomiya va turizm bo‘yicha ilg‘or markaz tashkil etish
🔹 Dron texnologiyalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish markazini yo‘lga qo‘yish
Hamkorlik doirasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, qo‘shma loyihalar va ilmiy nashrlar, master-klasslar hamda zamonaviy laboratoriyalarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.
Batafsil: https://surl.li/ndfsnv

Germaniyaning Kalbax shahrida joylashgan DESOI GmbH kompaniyasi Buxoro davlat texnika universiteti bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda. Tashrif doirasida rektor Sadoqat Siddiqova bilan uchrashuv o‘tkazilib, qo‘shma loyihalar va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
40 yillik tajribaga ega kompaniya qurilish va sanoat uchun innovatsion uskunalar ishlab chiqaradi. Hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish va ayniqsa madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish yo‘nalishida ishlar amalga oshiriladi. Bu esa Buxorodagi tarixiy obidalarni zamonaviy usullar bilan asrash va tiklashga xizmat qiladi.

Buxoro davlat texnika universitetida 120 dan ortiq (Malayziya, Italiya, Turkiya, Germaniya, Rossiya, Belarussiya va boshqalar) oliy ta'lim muassaslari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan. Qo’shma ta’lim dasturi asosida ta’lim oluvchi talabalar soni 212 tani tashkil etib, ular jahonning 10 dan ziyod oliy ta’lim muassasida tahsil olmoqda.

30 ta neft-gaz, tekstil, energetika, mashinasozlik, axborot texnologiyalari va boshqa ishlab chiqarish sohasidagi korxonalar bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

BuxDTU va O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida ilmiy integratsiya yo‘lga qo‘yildi
Buxoro davlat texnika universitetida O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda BuxDTU rektori Sadoqat Siddiqova, markaz direktori Saidmurod Niyazbekov, markaz mutaxassislari hamda yaponiyalik ekspert Yuki Yanagida ishtirok etdi.
✅Uchrashuv davomida markaz faoliyati, zamonaviy laboratoriyalar, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va Yaponiya bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar taqdim etildi. Shuningdek vodorod energetikasini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar energetika, innovatsiyalar va texnologiyalar transferi yo‘nalishlarida istiqbolli hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida Buxoro davlat texnika universiteti va O‘zbekiston–Yaponiya yoshlar innovatsiya markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum:
✅ikki tomonlama ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish,
✅talabalar va yosh olimlarning akademik mobilligini rivojlantirish,
✅qo‘shma innovatsion va amaliy loyihalarni amalga oshirish
✅yo‘nalishlarida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi.

BDTU va LAVART kompaniyasi hamkorlik memorandumi imzoladi
Tashrifning ikkinchi qismida LAVART delegatsiyasi va Buxoro viloyati hokimligida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum energetika infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik toza issiqlik texnologiyalarini joriy etish, investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda mahalliy mutaxassislar salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Bu hamkorlik universitet va hudud uchun yangi bilim va investitsiya imkoniyatlarini ochadi.
Til kurslari
Buxoro davlat texnika universitetida quyidagi tillar bo‘yicha sifatli va zamonaviy kurslar mavjud:
- Ingliz tili – xalqaro kommunikatsiya, ishbilarmonlik, ta’lim va sayohat sohalarida foydalanish uchun. Kurslarimiz interaktiv metodlar, amaliy mashg‘ulotlar va til laboratoriyalari orqali talabalarni so‘zlashuv va yozma ko‘nikmalarini mukammal rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
- Rus tili – biznes, ilmiy va madaniy sohalarda samarali muloqot qilishni o‘rgatadi. Darslarimizda grammatika, lug‘at va amaliy suhbatlar muvozanatli tarzda olib boriladi.
- Nemis tili – ilmiy, texnik, iqtisodiy va madaniy sohalarda keng imkoniyatlar yaratadi. Talabalarimiz nemis tilida fikr bildirish, matnlar tahlil qilish va muloqot qilish ko‘nikmalarini chuqur o‘zlashtiradilar.
- Xitoy tili – global iqtisodiyot va biznes aloqalarida raqobatbardosh bo‘lish imkonini beradi. Kurslar madaniyat va til o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarni samarali muloqot va yozuv ko‘nikmalariga ega qiladi.
- Yapon tili – madaniyat, texnologiya va ilmiy sohalarda professional ko‘nikmalarni rivojlantiradi. Talabalarimiz interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy dialoglar orqali tilni tabiiy va erkin o‘zlashtiradilar.
Bizning kurslarimizda:
- Har bir talaba uchun individual yondashuv mavjud.
- Amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv treninglar orqali tilni tez va samarali egallash mumkin.
- Madaniy tadbirlar va film, adabiyot tahlillari orqali tilni jonli kontekstdan o‘rganish imkoniyati.
- Onlayn va oflayn formatdagi darslar mavjud, shuning uchun siz qulay va mos keladigan shaklda tilni o‘rganishingiz mumkin.
Sizni bilim va ko‘nikmalarni yangi bosqichga olib chiqadigan kurslarimizga taklif qilamiz!
Talabalar uchun imkoniyatlar
Buxoro davlat texnika universiteti ta'lim sifati, yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi, bandlik va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida namunali oliy ta’lim muassasi hisoblanadi.
Video va rasmlar
27Fakultetlar
4Fakultetning mutaxassis kadrlar tayyorlaydigan kafedralari bilan ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida doimiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va korxonalarda kafedra filiallari tashkil qilinib, talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida korxonalarga borib darsda o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliyotda bajarib o‘z bilimlarini mustahkamlamoqdalar. Bundan tashqari ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxassislar ta’lim jarayonida jalb qilingan.
Ishlab chiqarish korxonalaridan mutaxasislar bitiruvchi kurs talabalarining dars jarayoniga bevosita ishtirok etib, ularni bilimlarini o‘rgangan holda, ular bilan qonuniy shartnomalar imzolab, bitiruv oldi amaliyotini o‘z korxonalarida o‘tashlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib bermoqdalar. Ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari amaliyot davrida o‘zini bilimi va salohiyatini ko‘rsata olgan talabalarni ish bilan bandligini ta’minlamoqda.
Fakultetni 40 yillik tajribaga ega, ilmiy salohiyati xorij oliy ta’lim muassasalarida ham tan olingan t.f.n., dotsent R.T.Adizov boshqarib kelmoqda.
|
Fakultet kafedralari |
|
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va yog‘-moy texnologiyasi kafedrasi |
|
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari |
|
60710100 |
Kimyo muhandisligi |
|
60710200 |
Biotexnologiya |
|
60710300 |
Matbaa va qadoqlash muhandisligi |
|
60710800 |
Metrologiya va standartlashtirish |
|
60810700 |
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi |
|
60811000 |
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik |
|
60720100 |
Oziq-ovqat texnologiyasi |
|
60720500 |
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi |
|
60720600 |
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi |
|
60720900 |
Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi |
|
60721100 |
Neft va gaz ishi |
|
Fakultetning magistratura mutaxassisliklari |
|
70710103 – Yuqori molekulali birikmalar kimyoviy texnologiyasi (polimerlar ishlab chiqarish) |
|
70720101 – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (don mahsulotlarini saqlash hamda qayta ishlash texnologiyasi) |
|
70720101 – Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasi (Yog‘larni qayta ishlash texnologiyasi) |
|
70710101 – Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi) |
|
70710101 – Kimyoviy texnologiya (silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi) |
|
70710101 – Kimyoviy texnologiya (organik moddalar kimyoviy texnologiyasi) |
Muhandislik fakulteti
Muhandislik fakulteti bugungi kunda 60 ta akademik guruhda 1161 ta talaba tahsil oladi. Shulardan 916 tasi shartnoma asosida, 245 ta talaba esa Davlat granti asosida tahsil olib kelmoqda. Shundan 958-ta yigit talabalar 203-tasi qiz talabalar.
Fakultetda 6 ta kafedra mavjud bo‘lib, shundan 4 tasi mutaxasislik kafedralardir.
Muhandislik fakultetida bugungi kunda 111 ta professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatib, shundan Professor – 8 ta; dotsent – 26 ta; Katta o‘qituvchi – 30 ta; Assistent – 15 ta; Stajyor o‘qituvchi – 32 ta Xorijiy professor-o‘qituvchilar – 4ta.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 20 dan ortiq ilmiy – texnikaviy to‘garaklar va “Satira va yumor” nomli ijodiy-badiiy guruh tashkil etilgan.
Fakultetda 3 nafar Beruniy hamda 1 nafar I.Karimov nomli Davlat stipendiatlari, Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari – 10 nafar. Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan – 12 nafar. Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Fakultet huzurida ilmiy innovatsion markaz tashkil etilgan va faoliyat olib boryapti. Markazda ilmiy tadqiqotlar bilan bir vaqtda xo‘jalik shartnomalari va talabalar bandligi ta’minlanmoqda. (10-nafar talaba va 8-nafar ilmiy tadqiqotchi doimiy ish bilan band)
Institutda tashkil etilgan “Zakovat” intelektual o‘yinlarida fakultetning 2 ta jamoasi muntazam ishtirok etib kelyapti. “Satira va yumor” jamoasi aprel oyida faxrli 3 o‘rinni egalladi va qimmatbaho sovg‘alarga ega bo‘ldilar. Institut talabalari orasida tashkil etilgan Futbol musoboqasida faxrli 2-o‘rinni,
Mini futbolda 3-o‘rinni, professor-o‘qituvchilar orasida 3-o‘rinni egalladi.
Fakultetda talabalarning darsdan tashqari bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun qiziqishlari bo‘yicha 3 ta klub (“Satira va yumor” Talabalar teatr studiyasi, “Arxitekturaviy industrializatsiya” QVZ jamoasi, Zakovat guruhi), 15 ta to‘garaklar va sport seksiyalari tashkil etilgan.
Guruh tyutorlari tomonidan guruhlar kesimida sportning Mini futbol turi bo‘yicha musoboqalar tashkil etildi.
Fakultet kafedralari |
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari |
60210400 |
Dizayn: poyabzal va aksessuarlar dizayni |
60210400 |
Dizayn: libos va gazlamalar |
60720700 |
Yengil sanoat muhandisligi |
60710400 |
Energetika muhandisligi |
60710500 |
Elektr muhandisligi |
60711000 |
Muqobil energiya manbalari |
60710700 |
Elektronika va asbobsozlik |
60720400 |
Texnologik mashina va jihozlar |
60730100 |
Arxitektura |
60730300 |
Qurilish muhandisligi |
60730800 |
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi |
Xizmat ko‘rsatish va raqamlashtirish fakulteti
Fakultetda jami: 119 nafar professor –o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatadi, jumladan, ilmiy darajali o‘qituvchilar 62 nafar bo‘lib, shundan 5 nafari fan doktori, professorlar bo‘lib ilmiy salohiyat 49.6 % tashkil etadi.
Bugungi kunda fakultetda 64 ta akademik guruhda 1322 nafar talaba tahsil olib kelmoqda. Barcha darslar zamonaviy o‘quv auditoriyalari va laboratoriya xonalarida tashkil etib kelinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus bo‘yicha fakultetda 15 ta ilmiy – texnikaviy to‘garaklar va “Dinamit” nomli 3 ta ijodiy-badiiy guruh tashkil etilgan. Fakultetda 1 nafar Beruniy nomli Davlat stipendiatlari, 2 Xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘oliblari 4 nafar talabalar Respublika ko‘rik-tanlovlar va fan olimpiyadalari g‘oliblari bo‘lishgan.
Qolaversa institutda tashkil etilgan sport musoboqalarida fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilari muntazam ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Fakultetda 500 mln. so‘mlik AL-593201250 “Mo‘tadil haroratda presslash va ekstraksiyalash orqali kungaboqar moyi va oqsilini birgalikda ishlab chiqarish kalit (asosiy) texnologiyasi ” “ELBA-ERASMUS dasturi bo‘yicha 47700 yevro ” va Tibbiy hamshiralarni o‘qitish bo‘yicha loyiha 700 000 000 mln grand va xo‘jalik shartnomalari bajarilmoqda. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasiga biriktirilgan fanlardan o‘quv adabiyotlar, shu jumladan yangi adabiyotlar bilan ta’minlangan. Jumladan kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan joriy yilda 2 ta darslik va 8 ta o‘quv qo‘llanma yaratilgan.
Bu adabiyotlar institut hisobidan ko‘paytirilib ARMga joylashtirilgan.
Fakultet kafedralari |
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari |
60410100 |
Iqtisodiyot |
60410800 |
Menejment |
60411200 |
Marketing |
60610100 |
Axborot tizimlari va texnologiyalari |
60710900 |
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish |
61010100 |
Turizm va mehmondo‘stlik |
Tabiiy resurslarni boshqarish fakulteti
Fakultet kafedralari |
Bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari |
60711300 |
Metallar texnologiyalari |
60711400 |
Transport vositalari muhandisligi |
60720300 |
Materialshunoslik |
60810100 |
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish |
60812300 |
Suv xo'jaligi va melioratsiya |
60813000 |
Suv xo'jaligida innovatsion texnologiyalar va ulardan foydalanish |
60812900 |
Suv ta'minoti muhandislik tizimlari |
60812500 |
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foqdalanish |
60730600 |
Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi |
60710600 |
Gidroenergetika |
60812400 |
Suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish |
60810600 |
Yer kadastri va yer tuzish |
60722600 |
Geodeziya va geoinformatika |
60721600 |
Kartografiya va masofadan zondlash |
60721700 |
Kadastr |
60810800 |
Tuproq bonitirovkasi va yer degradatsiyasi |
60812600 |
Meliorativ gidrogeologiya |
60530800 |
Gidrologiya (daryo va suv omborlari gidrologiyasi) |
60710400 |
Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (suv xo'jaligida) |
61020200 |
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi |
Ta'lim yo'nalishlari
122-
Agrokimyo va tuproqshunoslik 60810200Bakalavr
-
Aktuar va moliyaviy matematika 70540103Magistr
-
Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasi (matematika) 70110601Magistr
-
Arxitektura 60730100Bakalavr
-
Arxitektura tarixi va nazariyasi 70730103Bakalavr Magistr
-
Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restavratsiyasi 60730800Bakalavr
-
Axborot texnologiyalari va raqamli dizayn boshqaruviBakalavr
-
Axborot tizimlari va texnologiyalari 60610100Bakalavr
-
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 60610100Bakalavr Magistr
-
Barqaror kimyo muhandisligi va materiallar 70710101Magistr
-
Bino va inshootlar arxitekturasi 70730101Magistr
-
Biotexnologiya 60710200Bakalavr
-
Biotibbiyot muhandisligi 60711100Bakalavr
-
Bog'lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi 70730310Magistr
-
Buxgalteriya hisobi 60410200Bakalavr
-
Dasturiy injiniring 60610400Bakalavr
-
Dizayn (poyabzal va aksessuarlar dizayni), Dizayn (libos va gazlamalar) 60210400Bakalavr
-
Dizayn (sanoat dizayni) 60210403Bakalavr
-
Dizayn: libos va gazlamalar 60210400Bakalavr
-
Dizayn: poyabzal va aksessuarlar dizayni 60210400Bakalavr
-
Dizayn: to'qimachilik va yengil sanoat dizayni (60210400)Bakalavr
-
Ekologiya 70520202Magistr
-
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi 60520200Bakalavr
-
Elektr energetikasi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash) 60710600Bakalavr
-
Elektr mexanikasi 70710501Magistr
-
Elektr muhandisligi 60710500Bakalavr
-
Elektr ta'minoti 70710407Magistr
-
Elektr ta'minoti 70710407Bakalavr Magistr
-
Elektronika va asbobsozlik 60710700Bakalavr
-
Elektrotexnik majmualar va tizimlar (tarmoqlar bo'yicha) 70710703Magistr
-
Energetika (issiqlik energetikasi) 60710500Bakalavr
-
Energetika muhandisligi 60710400Bakalavr
-
Energetika muhandisligi. 60710400Bakalavr
-
Energiya tejamkorligi va energoaudit 70710410Bakalavr Magistr
-
Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi 60720900Bakalavr
-
Foydali qazilma konlarini qazish 70720801Bakalavr
-
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720500Bakalavr
-
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60720400Bakalavr
-
Geodeziya va geoinformatika 60721500Bakalavr
-
Gidroenergetika 60710600Bakalavr
-
Gidrologiya 60530400Bakalavr
-
Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish (60811300)Bakalavr
-
Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi 60730600Bakalavr
-
Iqtisodiyot 60410100Bakalavr
-
Iqtisodiyot 60410100Bakalavr
-
Iqtisodiyot 70410102Magistr
-
Iqtisodiyot 60310100Bakalavr
-
Ishlab chiqarish muhandisligi (60721800)Bakalavr
-
Kadastr 60721700Bakalavr
-
Kartografiya va masofadan zondlash 60721600Bakalavr
-
Kimyo muhandisligi 60710100Bakalavr
-
Kimyoviy texnologiya (mineral o'g'itlar texnologiyasi) 70710101Magistr
-
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar texnologiyasi) 70710101Magistr
-
Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) 60710100Bakalavr Magistr
-
Kompyuter injiniringi 60610300Bakalavr
-
Logistika 61010400Bakalavr
-
Marketing 60411200Bakalavr
-
Matbaa va qadoqlash muhandisligi 60710300Bakalavr
-
Materialshunoslik 60720300Bakalavr
-
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 60720600Bakalavr
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200Bakalavr
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo'yicha) 61020200Bakalavr
-
Mehnat muhofazasi va texnika xavsizligi 71020201Magistr
-
Meliorativ gidrogeologiya (60811400)Bakalavr
-
Menejment 70410801Magistr
-
Menejment 60410800Bakalavr
-
Metallar texnologiyalari 60711300Bakalavr
-
Metrologiya va standartlashtirish 60710800Bakalavr
-
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish 70710802Magistr
-
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik 60811000Bakalavr
-
Mexanika muhandisligi 60712300Bakalavr
-
Mexatronika va robototexnika 60711000Bakalavr
-
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410500Bakalavr
-
Muqobil energiya manbalari (turlari bo'yicha) 70710411Bakalavr Magistr
-
Neft va gaz ishi 60721100Bakalavr
-
Neft va gaz ishi (faoliyat turlari bo'yicha) 60721800Bakalavr
-
Neft va gaz konlari mashina va jihozlaridan foydalanish 70721102Magistr
-
Neft va gazni qayta ishlash va kimyoviy texnologiyasi 70721102Magistr
-
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 70720601Bakalavr Magistr
-
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600Bakalavr Magistr
-
Neft-gaz sanoati mashinalari va jihozlaria 70720408Magistr
-
Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi 60720600Bakalavr
-
O'rmonchilik va aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish. 60820100Bakalavr
-
O'simliklar himoyasi va karantini 60810500Bakalavr
-
Oziq-ovqat texnologiyasi 60720100Bakalavr
-
Oziq-ovqat texnologiyasi 70720101Magistr
-
Oziq-ovqat texnologiyasi. 60720100Bakalavr
-
Oziq-ovqat xavfsizligi 70720102Magistr
-
Parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi 60720200Bakalavr
-
Paxta sanoati mashinalari va jihozlari 70720411Magistr
-
Paxtani dastlabki ishlash va urug' tayyorlash texnologiyasi 70720705Magistr
-
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari 60712100Bakalavr Magistr
-
Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100Bakalavr
-
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo'yicha) 60811300Bakalavr
-
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. 60810700Bakalavr
-
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 60731100Bakalavr
-
Qurilish muhandisligi 70730301Bakalavr
-
Qurilish muhandisligi 60730300Bakalavr
-
Shahar qurilishi va loyihalash (60730900)Bakalavr
-
Sun'iy intellekt 60610500Bakalavr
-
Suv ta'minoti muhandislik tizimlari (60811500)Bakalavr
-
Suv xo'jaligi va melioratsiya 60811200Bakalavr
-
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo'yicha) 60721300Bakalavr
-
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 70710901Magistr
-
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish 60710900Bakalavr
-
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (kimyo, neftkimyo va oziq-ovqat sanoati) 70711401Magistr
-
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari 70710904Magistr
-
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720400Bakalavr
-
Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati) 60720700Bakalavr
-
Tikuv buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasini ishlash 70720704Magistr
-
To'qimachilik mahsulotlari texnologiyasi 70720701Magistr
-
Transport vositalari muhandisligi 60711400Bakalavr
-
Transport vositalari muhandisligi (transport vositalariga xizmat ko'rsatish) 60712500Bakalavr
-
Transport vositalari muhandisligi. 70711401Bakalavr Magistr
-
Turizm va mehmondo'stlik 61010100Bakalavr
-
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv buyumlari texnologiyasi) 60721200Bakalavr
-
Yengil sanoat mashinalari va apparatlari 70720409Magistr
-
Yengil sanoat muhandisligi 60720700Bakalavr
-
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari 70720707Magistr
-
Yer kadastri va yer tuzish 60811600Bakalavr
-
Yer resurslaridan foydalanish va boshqarish 70811601Magistr
-
Yog'lar, efir moylari va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi 60720200Bakalavr
Hech narsa topilmadi
Mashhur bitiruvchilar
15
Sadoqat G'afforovna Siddiqova
Qurbon Ibragimovich Tursunov
Anvarjon Zubaydilliyevish Ochilov
Farhod Baqoyevich Umarov
Akbar Alisherovich Fazilov
Ibroim Shoqulovich Hamroyev
Xurshid Yahyoyevich Tohirov
Zafar Ikromiddinov Jumayev
Baxtiyor Jo'raqulovich Ro'ziyev
Azamat Akramovich Sultanov
Rustam Botirovich Xaydarov
Baxodir Beshimovich Eshmuratov
Dilshod Mahmudovich Bobojonov
Ozod Olimovich Yuliyev
Nusrat Hikmatullayev
Talabalar fikri
10Salom, mening ismim Marsel Asfandiyarov. Men Boshqirdistondanman, “Boshqirdiston Respublikasi ilmiy-ta'lim markazi boshqaruv kompaniyasi” avtonom notijorat tashkilotining xalqaro hamkorlik bo'yicha maslahatchisiman. Buxoro davlat texnika universiteti bilan juda yaqin aloqalarimiz bor. Ushbu tashrif davomida biz “Boshqirdiston Respublikasi Yevroosiyo ilmiy-ta'lim markazi” vakolatxonasini tashkil etish, qo'shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishdik O'ylaymanki, Buxoro davlat texnika universiteti bilan hamkorligimiz kelajakda yaxshi natijalarga olib keladi. Mehmondo'stligingiz uchun tashakkur.
Marsel Asfandiyarov
Mening ismim Olga Kim, Rossiyaning Milliy tadqiqot texnologik universiteti xalqaro ta'lim bo'limi boshlig'i. Men Buxoro davlat texnika universitetiga bioinjeneriya sohasidagi muhim masalani muhokama qilish uchun keldim. Tashrif davomida biz yangi texnologiyalar va materiallarni yaratish, joriy etish va qo'llash sohasida universitetingiz bilan bioinjeneriya yo'nalishida (1+1 Magistratura) qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishdik. Men bu erda hamkorlikdagi ilmiy tadqiqotlar uchun foydali bo'lgan ko'plab ilmiy laboratoriyalarni ko'rdim. Umid qilamanki biz bir nechta bioinjeneriya muammolarni hal qilamiz bu odamlarga resurslarni tejashga va xavfini kamaytirishga yordam beradi deb o'ylayman.
Olga Kim
Kostin Dmitriy Rossiyaning Voronej davlat universiteti prorektori. Buxoroga tashrif buyurish mening orzuim edi. Bu yer ilm-fan markazi, Sharq gavhari, diniy-falsafiy bilimlar maskani, buyuk alloma va mutafakkirlar diyori. Ajoyib donolik, muqaddaslik va ta'lim muhitiga ega shahar. Uning nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilmiy yutuqlari va universal nazariyalari bilan dunyoga mashhur. Bu joyda buyuk o'tmishini o'rganish, tojik tilida so'zlash, o'zbek tilini o'rganish va rus tilida ko'nikmalarni rivojlantirish uchun behisob imkoniyatlar mavjud.
Kostin Dmitriy
Chjan Junszyun Xitoy Xalq Respublikasining Sian neft universiteti prorektori. Biz delegatsiya a'zolari bilan Buxoroga tashrifimiz mobaynida Buxoro davlat texnika universitetida bo'lib, oliygohda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, mas'ullar bilan muzokara olib bordik. Universitet xorijlik talabalarni tahsil olish va yashashlari uchun yaxshi imkoniyatlar bilan ta'minlagan. Tashrif mobaynida neft-gaz sohasida qo'shma ta'lim dasturini yo'lga qo'yish, akademik mobillik va professor-o'qituvchilarning stajirovkalarini tashkil qilish, ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni olib borish, hamkorlikda seminar-trening kurslari tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishdik. Umuman olganda, biz Buxoroni juda yaxshi ko'ramiz va Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurishimizdan juda xursandmiz.
Chjan Junszyun
Romualdas Klukas Vilnyus texnika universiteti rektori. Biz Buxoro davlat texnika universitetiga tashrifimiz mobaynida biomuhandislik, arxitektura va qurilish texnologiyasi, barqaror rivojlanish, menejment, muqobil energetika, sun'iy intellekt yo'nalishlaridagi muhim masalalarni muhokama qilish uchun keldik. Buxoro davlat texnika universiteti – bu O'zbekistonning muhandislik va texnologiyalar sohasidagi taraqqiyoti uchun muhim ilmiy markazlardan biri. Oliygohning zamonaviy infratuzilmasi, talabalarining intellektual salohiyati va professor-o'qituvchilarining fidokorona mehnati menda chuqur taassurotga uyg'otdi. Ayniqsa, ilmiy-tadqiqotga bo'lgan e'tibor va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi sa'y-harakatlar tahsinga loyiq. Ishonchim komilki, Buxoro davlat texnika universiteti tez orada Markaziy Osiyoda tan olingan yetakchi texnika oliygohlaridan biriga aylanadi deb o'ylayman.
Romualdas Klukas
"Buxoro davlat texnika universitetiga tashrif buyurganim men uchun chinakam ilhom manbai bo'ldi. Bu yerda ko'zga tashlanadigan birinchi jihat – bu institut jamoasining ilm-fanga, texnologik taraqqiyotga va yosh avlodni yetuk mutaxassis sifatida tarbiyalashga bo'lgan fidokorona yondashuvidir. Fakultetlar zamonaviy jihozlangan, laboratoriyalar esa innovatsion izlanishlar uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Talabalar bilan muloqotda ularning bilimga chanqoqligi, o'z sohasiga mehr bilan qarayotgani sezilib turadi. Shuningdek, ular zamonaviy menejment, muhandislik, yashil texnologiyalar, arxitektura, logistika kabi sohalarda nafaqat nazariy bilim, balki amaliy yondashuvni ham mukammal o'zlashtirishmoqda. Shubhasiz, bu institut nafaqat O'zbekiston balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun texnologik va intellektual yetakchiga aylanish salohiyatiga ega. Al-Khonji Group sifatida biz ana shunday salohiyatli hamkor bilan o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishdan mamnun bo'lamiz. Buxoro – bu faqat qadimiy tarix emas, balki kelajakni qurayotgan aqlli avlod maskani ekaniga guvoh bo'ldim." – Mr. Khalil Abdullah Al-Khonji,
Mr. Khalil Abdullah Al-Khonji
Men Abdurauf Muhammad Misr Respublikasidan bo'lib, Buxoro davlat texnika universitetining talabasi sifatida ushbu oliy ta'lim muassasasida tahsil olayotganimdan cheksiz mamnunman. Universitet zamonaviy infratuzilmasi, yuqori malakali professor-o'qituvchilari va innovatsion ta'lim muhiti bilan alohida ajralib turadi. Bu yerda yaratilgan qulay sharoitlar va keng imkoniyatlar har bir talabaning o'z salohiyatini to'liq namoyon etishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, ustozlarning chuqur bilimga egaligi, talabalarga bo'lgan samimiy munosabati va doimiy qo'llab-quvvatlashi tahsinga loyiqdir. Universitetda nafaqat sifatli ta'lim, balki boy madaniy muhit va do'stona jamoa shakllangan. Turli millat vakillari o'rtasidagi o'zaro hurmat va hamjihatlik muhitini ko'rib, o'zimni bu maskanning ajralmas bir qismi deb his qilaman. Buxoro davlat texnika universiteti – bu bilim, taraqqiyot va yuksak maqsadlar sari yetaklovchi maskan. Men ushbu nufuzli universitet talabasi ekanligimdan faxrlanaman va bu yerda olgan bilimlarim kelajakdagi muvaffaqiyatlarim uchun mustahkam poydevor bo'lishiga ishonaman.
Abdurauf Muhammad
Istanbul Tijorat universiteti rektori Neçet Şimşek. Sizning universitetingizga tashrif buyurish men uchun katta sharaf bo'ldi. Buxoro Davlat Texnika Universiteti nafaqat o'zining zamonaviy infratuzilmasi va yuqori malakali professor-o'qituvchilari bilan, balki talabalarga yaratilgan qulay ta'lim muhiti va do'stona jamoasi bilan ham alohida ajralib turadi. Men universitetdagi bilimga chanqoq va faol talaba jamoasi, ustozlarning samimiy yondashuvi hamda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirishga bo'lgan fidoyiligi meni chin dildan hayratda qoldirdi. Bu yerda yaratilgan madaniy va ilmiy muhit, shuningdek, turli millat vakillari o'rtasidagi o'zaro hurmat va hamjihatlik, Buxoro Davlat Texnika Universitetini nafaqat O'zbekistonda, balki mintaqada ham yetakchi maskanlardan biriga aylantiradi. Shu tashrif davomida men ko'rgan ilmi va ijodiy ruh meni chuqur hayratda qoldirdi, va umid qilamanki, bizning universitetlarimiz o'rtasidagi hamkorlik kelajakda yangi muvaffaqiyatlar sari yanada rivojlanadi.
Neçet Şimşek
Pekin Ruipan xalqaro ta'lim texnologiyasi kompaniyasi bosh menejeri Li Xin. Buxoro Davlat Texnika Universitetiga tashrif buyurish men uchun ajoyib imkoniyat bo'ldi. Universitetning ilmiy va texnologik infratuzilmasi, shuningdek talabalarga yaratilgan qulay va rag'batlantiruvchi muhit meni chin dildan hayratda qoldirdi. Bu yerda talabalar nafaqat o'z bilimlarini oshiradi, balki ijodiy va innovatsion fikrlash ko'nikmalarini ham rivojlantiradi. Universitet jamoasining ilm-fanga bo'lgan ishtiyoqi, ustozlarning talabalar bilan samimiy muloqoti va doimiy qo'llab-quvvatlashi meni chuqur ilhomlantirdi. Shuningdek, universitetda yaratilgan madaniy va hamjihatlik muhiti, turli millat va madaniyat vakillari o'rtasidagi hamkorlikni rag'batlantiradi, bu esa Buxoro Davlat Texnika Universitetini nafaqat mintaqada, balki xalqaro miqyosda ham hurmatga sazovor qiladi. Men ishonamanki, bu tashrif davomida kuzatilgan tajribalar va bilimlar kelajakda universitetimiz va kompaniyamiz o'rtasidagi samarali hamkorlik uchun mustahkam asos bo'ladi. Shu bilan birga, men ushbu maskanning talabalari va jamoasidan kelajakda ko'plab ijobiy yangiliklar va loyihalarni ko'rishni intiqlik bilan kutaman.
Li Xin
Men, Hamdy Kandil Misr Respublikasidan bo'lib, Buxoro Davlat Texnika Universitetiga tashrif buyurish imkoniyatiga ega bo'lishdan katta mamnuniyat his qildim. Bu universitetning ilmiy va texnologik imkoniyatlari, shuningdek talabalarga yaratilgan ijodiy va qulay muhit meni chin dildan hayratga soldi. Universitet nafaqat yuqori sifatli ta'lim beradi, balki talabalarni mustaqil fikrlash, innovatsiyalar yaratish va global maydonda raqobatlashishga tayyorlaydi. Meni ayniqsa universitetdagi jamoaning bilimga bo'lgan sadoqati va talabalar bilan samimiy muloqoti ta'sirlantirdi. Shu bilan birga, turli madaniyat va millatlardan bo'lgan talabalarning bir-biriga hurmat va hamjihatlik bilan munosabatda bo'lishi universitet muhitini yanada boyitadi. Ushbu tashrif davomida men ko'rgan ilmiy ruh va ijodiy yondashuvlar meni chuqur ilhomlantirdi. Men umid qilamanki, bu tajribalar kelajakda universitet va xalqaro hamkorlar o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga yordam beradi, va Buxoro Davlat Texnika Universiteti nafaqat O'zbekistonda, balki xalqaro maydonda ham obro'li maskan sifatida taniladi.
Hamdy Kandil