Dastur haqida
| 60211400 ─ Vokal san’at (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil. 60211400 ─ San’atshunoslik (vokal san’ati) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari san’at va madaniyat muassasalaridagi ijodiy jarayonni tashkil etish, teatr ─ konsert, viloyat, shahar, tuman, madaniyat va turizm boshqarmalari, madaniyat markazlari, Respublika musiqa va san’at kollejlari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, shuningdek, san’at va madaniyat bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Vokal san’ati: Musiqa san’ati sohasidagi ta’lim yo‘nalishi, har qanday ma’daniy tadbirlarda xonandalarning ahamiyati katta bo‘lib, Bolalar musiqa va san’at maktablari, Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, umumta’lim maktablar, Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi, xofiz, xonanda, ijodkor, bo‘lib ish faoliyat olib boradi. Honandalik to‘garaklar faoliyatini olib borishi, konsert va tadbirlarda Yevropa, O‘zbek, Sharq bastakor va kompozitor asarlarini ijro etish jarayonlarida xonanda sifatida faoliyat yuritadi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayoni san’at va madaniyat muassasalari, teatr, madaniyat va san’atga ixtisoslashgan va umumta’lim maktablar, bolalar musiqa va san’at maktablarida xonandalik ijrochisi, kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. |
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dizayn
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,038
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi
—
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi
—
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi
—
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104