Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi
Dastur haqida
“Shaharsozlik” kafedrasi 2024 yilda, 1968-yilda Toshkent politexnika institutining arxitektura fakulteti tarkibida bo‘lgan “Shaharsozlik va qishloq aholi punktlarini rejalashtirish” kafedrasi bazasida tashkil etildi.
Kafedra mudiri arx.f.d., professor Adilov Zarifjon Himmatovich.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 40 foizni tashkil etadi. Kafedrada xozirgi kunda jami 18 nafar professor-o‘qutuvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 1 nafar fan doktori professor, 1 nafar professor, 1 nafar fan nomzodi professor, 2 nafar fan nomzodi dotsent, 2 nafar nafar dotsent, 3 nafar dotsent v.b, 4-nafar katta o‘qituvchi, 4 nafar assistent. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha “Yer osti urbanistikasi”, “Shaharlar renovatsiyasi va ekspluatatsiyasi”, “Shahar hududini obodonlashtirish va landshaft rekonstruksiyasi”, “Arxitektura va shaharsozlik asoslari”, “Shaharlarda transportni rejalashtirish” “Shahar qurilishi va loyihalash asoslari”, “Shaharlarni rejalashtirish qurish va rekonstruksiya qilish” sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar nashr etilgan. So‘nggi 10 yil mobaynida kafedra a’zolari tomonidan 14 ta monografiya, 20 ta darslik, 32 ta o‘quv qo‘llanma, 800 dan ziyod ilmiy maqola, 20 dan ortiq uslubiy ko‘rsatmalar 15 ta sanoat namunasiga patent, 29 ta Mualliflik guvoxnomasi chop etildi.
Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari bilim, mahorat va talabchanlik bilan 60731400-Urbanistika, 60730100-Arxitektura (turlari bo‘yicha), 60210400-Dizayn (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga shuningdek 70730103 – Shaharsozlik va landshaft arxitekturasi, 70730303- Infratuzilma obyektlarini qurish, mutaxassisligi magistratura talabalariga bilimlar berib kelmoqda.
Kafedra faoliyati davomida shaharlarni va shahar aholi punktlarini rejalashtirish, rekonstruktsiya qilish bilan bog'liq loyihalarni ishlab chiqish, shahar hududini funksional zonalashtirish, loyihalash, shahar hududini rejalashtirishda hudud infrastruksturasini, ko’cha-yo’l tarmog’ini loyihalash va rekonstruksiya, renovatsiya, qayta tiklash ishlari, hududlarni me’moriy obodonlashtirish, shahar bosh rejasi, master plan loyihalarini ishlab chiqish, me’yoriy hujjatlar (shaharsozlik normalari va qoidalari, standartlar, yo'riqnomalar) ishlab chiqish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasining nazariy va amaliy ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.
“Shaharsozlik” kafedrasi arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini ilg‘or xorijiy tajriba hamda xalqaro standartlar asosida transformatsiya qilish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish hamda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini mustahkamlash maqsadida kafedra ilg‘or horijiy oliy ta’lim muassasalari- Turkiya Respublikasining Istanbul Texnika universiteti, Germaniyaning Bauhaus universiteti hamda Potsdam shahridagi Potsdam amaliy fanlar universiteti, Berlin texnika universiteti, IDOM Ispaniya va xalqaro miqyosda konsalting, muhandislik va arxitektura xizmatlari sohasidagi kompaniya, Moskva davlat qurilish universiteti, Qozоg‘iston Respublikasining M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston Davlat universiteti kabi oliy ta’lim muassalari professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda o‘quv va ilmiy tadqiqod ishlarini olib bormoqda
O'xshash dasturlar
Namangan davlat texnika universiteti
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,083
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish
11 155 000 so'm
yiliga · ≈ $929
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish
15 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,250
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish
10 313 200 so'm
yiliga · ≈ $859
Farg'ona davlat texnika universiteti
Muhandislik kommunikatsiya tizimlari, qurilishi va montaji
15 914 560 so'm
yiliga · ≈ $1,326
Farg'ona davlat texnika universiteti
Bog'lanuvchan qurilish materiallari texnologiyasi
15 914 560 so'm
yiliga · ≈ $1,326