WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O'zbekiston davlat sport akademiyasi

Menejment: sport menejmenti

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

“Menejment: sport menejmenti” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. “Biznes va boshqaruv” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi va uning boshqarmalari, O'zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo'mitasi va uning tegishli bo'limlari; sport maktablari (SM); ixtisoslashgan sport maktablari (ISM); Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari (OPSTTM); sport klublari; sport federatsiyalari va assotsiatsiyalari; sport tashkilotlari va “Sport” erkin iqtisodiy zonalarining sport mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, turli mulkchilik shaklidagi korxonalarida, nodavlat va notijorat tashkilotlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida menejment faoliyatini hamda sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarishga oid kompleks masalalarni hal etish, shuningdek kompleks masalalarni yechish menejmentning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida xizmat ko'rsatish, sport tarmoqlari va sohalarining bozor faoliyatini rivojlantirishni ta'minlash, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko'nikmaga, mutasaddilik qobiliyatiga yo'naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari va uslublarining majmuasini qamrab oladi, shu sababdan ushbu magistratura mutaxassisligi hozirgi davrda eng zarur bo'lgan sohalardan biri hisoblanadi.

Siz 2 yil davomida “Menejment: sport menejmenti” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ko'plab nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Eng yangi va zarur bo'lgan fanlarni o'zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.

Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to'plashingiz zarur bo'ladi. Jumladan,

Jami auditoriya soati: 900 soat

Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat

Ilmiy pedagogik ish: 240 soat

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.

O'quv jarayonining tarkibiy qismlari

Haftalar soni

Semestrlar soni

Yakuniy davlat attestatsiyasi

Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat

45

1 – 3

Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish

Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish)

15

4

Attestatsiyalar

9

1 – 3

Fanlarni tanlash uchun ro'yxatdan o'tish

2

1, 3

Ta’tillar

22

1 – 4

GPA ko'rsatgichini hisoblash

1

2

Davlat attestatsiyasi

6

4

Jami

100

 

Qo'shimcha izohlar:

1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.

2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.

3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi bo'lgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.

4) Mazkur ta’lim yo'nalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qo'shimcha sport tayyorgarligi mashg'ulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.

O'xshash dasturlar