WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Toshkent shahridagi Adju universiteti

Koreys filologiyasi va menejment

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

Koreys filologiyasi va menejmenti kafedrasi koreys tilini mukammal o'rganish va koreys madaniyatini chuqur o'zlashtirish bo'yicha ilg'or ta'lim dasturini taqdim qiladi. Xususan, koreys tili, tarjimonlik va menejment yo'nalishlari bo'yicha keng qamrovli o'quv jarayonlari tizimli ravishda olib boriladi. Аsosiy maqsadimiz koreys tili, tarjimonlik va menejment sohasini mukammal egallagan yetuk xodimlarni yetishtirishdan iboratdir.

Bugungi kunda, Koreya kompaniyalarining dunyo miqyosida faollashuvi hamda koreys tilining keng tarqalishi natijasida koreys tilini chuqur o'zlashtirgan va o'zi yashayotgan hududning tarixi va madaniyatini yaxshi biladigan kadrlarga talab ortib bormoqda. Koreys filologiyasi va menejmenti kafedrasi nazariy, amaliy va kasbiy ko'nikmalarini o'z ichiga olgan, uyg'unlashgan o'quv dasturi asosida koreys tili, tarjimonlik va menejment sohasini puxta egallagan yuqori salohiyatli kadrlar shakllantiradi.

Bakalavriat ta'limini tamomlagandan so'ng, ushbu malakali kadrlar mahalliy va xalqaro kompaniyalarida o'z faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, ular koreys tili fani bo'yicha pedagog, tarjimon yoki ish yuritish sohasida mutaxassis bo'lib ishlashi mumkin.

O'xshash dasturlar