Dastur haqida
Xalqaro munosabatlar (60310200) bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo'lib, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti orqali tashkil etilgan. Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi talabalarni davlat, xususiy va notijorat sektorlarida xalqaro martaba uchun tayyorlaydi. Shuningdek, mamlakatimizning xorijiy davlatlar bilan aloqa olib boruvchi boshqa muassasalari, chet mamlakatlardagi elchixonalari hamda xalqaro tashkilotlar uchun yuqori malakali kadrlar yetkazib beradi.
Xalqaro munosabatlar - gumanitar fanlar ta'lim sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, bakalavrlar ichki va tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq jarayonlarni o‘zlashtirish va tadqiq qilish, istiqbolni belgilash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, ilg‘or xalqaro metodlarini qo‘llash, tashqi siyosiy jarayonlar bo‘yicha tizimli tahlil modellarini qo‘llash, kompyuter texnologiyalari va dasturlash, tizimli yondashuv mexanizmlarini tatbiq etish kabi kasbiy faoliyat turlarini qamrab oladi.
-
Tashqi siyosiy faoliyat bilan bog‘liq davlat boshqaruv organlari tizimi;
-
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
-
Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari;
-
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hokimliklar va boshqa davlat idoralari, muassasalarining xalqaro boshqarma va bo‘limlari;
-
Xalqaro tashkilotlar;
-
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlardagi vakolatxonalari va xalqaro tashkilotlarning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonalarida kasbiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
Fakultetda O’zbekistonning tajribali professor-o‘qituvchilari, shu bilan birga, taniqli siyosatchilar, iqtisodchilar, xorijiy elchilar va jamoat arboblari muntazam ravishda ma’ruzalar o‘qiydilar.
O'xshash dasturlar
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Ingliz tili
19 023 920 so'm
yiliga · ≈ $1,615
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Tarix
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Soliqlar va soliqqa tortish
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,358
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika universiteti
O‘zbek tili va adabiyoti
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Is'hoqhon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili
10 462 000 so'm
yiliga · ≈ $888
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
Filologiya va tillarni o‘qitish: Xitoy tili
18 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,528