Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro huquq (sohalar bo'yicha)
Dastur haqida
Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha) magistratura ta'lim yo'nalishi bo'lib, Xalqaro huquq fakulteti orqali tashkil etilgan. Xalqaro huquq - bu muayyan davlatlarning huquqiy tartiblaridan tashqarida mavjud bo'lgan mustaqil huquq tizimi. Dastur o'z ichiga huquqiy siyosat asoslari, parlament, oila, bank, intellektual mulk huquqi, kriminologiya/kriminalistika, korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens kabi jahon darajasidagi ta'limni qamrab olgan bo'lib, universitetning ko'p yillik tajribasiga tayanadi.
Xalqaro huquq (70420103) — xalqaro muloqotdagi davlatlararo va boshqa subyektlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi ommaviy yuridik prinsiplar va normalar majmui. U bir qator jihatlari bilan milliy huquq tizimlaridan farq qiladi.
Ta’lim dasturlarini samarali va yuqori darajada tashkil etish maqsadida o‘quv jarayoni malakali mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar faol jalb etilgan holda olib boriladi. Jumladan, fakultetda muntazam ravishda dunyoning ilg‘or hamkor xorijiy oliy ta’lim muassasalari (masalan, AQShning Pensilvaniya hamda Jon Xopkins universitetlari, Birlashgan Qirollikning Glazgo universiteti, Shvetsiyaning Lund universiteti, Shveytsariyaning Bern universiteti) professor-o‘qituvchilar ishtirokida qisqa mudatli treninglar va mehmon ma’ruzalar tashkil qilinib kelinadi.
O‘qish davomida tanlov fanlar asosida ixtisoslashish uchun individual ta’lim trayektoriyasini quyidagi 3 xil yo'nalishlarda shakllantirish imkoniyati mavjud:
- Milliy huquq
- Xalqaro xususiy huquq
- Xalqaro ommaviy huquq
Fakultet talabalari o‘qish davomida O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalari, turli davlat hokimiyati tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, prokuratura va adliya organlarida), turli milliy (masalan, yuridik tuzilmalar) va transmilliy (masalan, LUKOIL, PcW) xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shuningdek xalqaro tashkilotlarnining vakolatxonalarida amaliyot o‘tash imkoniyatiga egalar.
O'xshash dasturlar
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
Xalqaro biznes huquqi
51 200 000 so'm
yiliga · ≈ $4,342
Toshkent davlat yuridik universiteti
Moliyaviy-huquqiy monitoring
24 403 200 so'm
yiliga · ≈ $2,070
Toshkent shahridagi “Sankt-Peterburg davlat universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi Filiali
Yurisprudensiya
—
Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)
Ekologiya huquqi
29 714 040 so'm
yiliga · ≈ $2,520
Rossiya TIV MGIMOning Toshkent filiali
Yurisprudensiya
61 000 000 so'm
yiliga · ≈ $5,174
Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi
Sport huquqi
—