Dastur haqida
Ushbu dastur xalqaro biznes huquqi sohasida nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko'nikmalarni ham olishga qaratilgan.
70420109 – Xalqaro biznes huquqi magistratura yo'nalishi bo'lib, u ham an'anaviy xalqaro biznes tarmoqlari, ham so'nggi aktual yo'nalishlarga asoslangan bo'lib, quyidagi kurslarni o'z ichiga oladi:
- Xalqaro bank huquqi;
- Xalqaro soliq huquqi;
- Raqamli xalqaro iqtisodiyotni huquqiy tartibga solish;
- Yevropa korporativ huquqi va boshqalar.
Xalqaro biznesni huquqiy tartibga solish sohasidagi ushbu umumiy kasbiy va maxsus fanlar chuqur bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishni talab qiladi.
Magistratura dasturining maqsadi:
- transchegaraviy iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish sohasida yuqori darajadagi ma'lumotga ega bo'lgan professional kadrlar tayyorlash;
- transchegaraviy iqtisodiy faoliyatda rahbar kadrlar va mutaxassislar zaxirasini shakllantirish;
- transchegaraviy iqtisodiy faoliyatni huquqiy tartibga solish sohasida ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlashga ko‘maklashish.
O‘quv jarayonida fakultet talabalari O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi vakolatxonalarida, davlat hokimiyatining turli tizimlarida (masalan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, sudlar, Tashqi ishlar vazirligi , Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy faoliyat vazirligi, prokuratura va adliya organlari), turli milliy (huquqiy tuzilmalar) va transmilliy xalqaro tashkilotlar (LUKOIL, PcW) xo'jalik yurituvchi subyektlarda, shuningdek vakolatxonalarda amaliyot o'tash imkoniyatiga ega.
O'xshash dasturlar
Toshkent davlat yuridik universiteti
Atrof-muhit huquqi va barqaror rivojlanish
24 403 200 so'm
yiliga · ≈ $2,033
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti
Biznes huquqi
19 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,583
Toshkent davlat yuridik universiteti
Biznes huquqi
24 403 200 so'm
yiliga · ≈ $2,033
Rossiya TIV MGIMOning Toshkent filiali
Yurisprudensiya
61 000 000 so'm
yiliga · ≈ $5,082
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Jinoyat qonunchiligini qo'llash nazariyasi va amaliyoti
10 156 000 so'm
yiliga · ≈ $846
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Biznes huquqi
24 374 397 so'm
yiliga · ≈ $2,031