Dastur haqida
“Iqtisodiyot” magistratura mutaxassisligi zamonaviy iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi. Mehnat bozorida global o‘zgarishlar, raqamli iqtisodiyot va investitsiya jarayonlarining kengayishi bunday kadrlar ehtiyojini oshirmoqda. Dasturda talabalar iqtisodiy tahlil, strategik rejalashtirish, moliya va investitsiyalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar kabi dolzarb yo‘nalishlarda bilim va amaliy ko‘nikmalarni egallaydilar. Ushbu tayyorgarlik ularga davlat boshqaruvi, xalqaro tashkilotlar va xususiy sektorning yuqori lavozimlarida samarali ishlash imkonini beradi.
O'quv dastur maqsadi
Iqtisodiy jarayonlarni chuqur tushunadigan va tahlil qila oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash.
Natija
2 yillik o'quv dasturini o'zlashtirganlaridan so'ng bitiruvchilar iqtisodchi diplomiga ega bo'ladilar.
Magistratura davrining o'quv dasturi:
1-kursda magistrantlar asosan umumkasbiy va mutaxassislik fanlar (Ilmiy tadqiqot metodologiyasi, Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi, Mikroiqtisodiyot-2, Makroiqtisodiyot-2, Ekonometrika-2, Ishlab chiqarishni tashkil etish, va tanlov fanlari) o’qitiladi.
2-kursda talabalar mutaxassislikka oid tanlov fanlarini o’rganishadi.
Shuningdek, magistrantlar 1-2-kurslar davomida “Ilmiy-pedagogik ish va malaka amaliyoti” hamda “Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash” bo’yicha tegishli vazifalarni bajarishadi.
Iqtisodiyot mutaxassisligi bo'yicha magistr kasbiy tayyorgarlikdan keyin:
Davlat boshqaruvi organlari
Bank-moliya sektori
Soliq va bojxona tizimi
Sug‘urta kompaniyalari
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari
Konsalting va analitik kompaniyalarda
Birja va brokerlik kompaniyalarida
Xalqaro tashkilotlar va nodavlat notijorat tashkilotlar
Ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari
Tadbirkorlik faoliyati
Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlarida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishlari mumkin
O'xshash dasturlar
Termiz davlat universiteti
Iqtisodiyot
$1,200
yiliga · ≈ 14 405 000 so'm
Toshkent davlat transport universiteti
Marketing
13 310 000 so'm
yiliga · ≈ $1,109
O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Iqtisodiyot
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,874
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Biznes boshqaruvi (MBA — Moliya)
43 500 000 so'm
yiliga · ≈ $3,624
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
Marketing
$1,500
yiliga · ≈ 18 007 000 so'm
Qarshi davlat universiteti
Inson resurslarini boshqarish
$1,700
yiliga · ≈ 20 408 000 so'm