WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali

Dirijyorlik: akademik xor dirijyorligi

Bakalavr Kunduzgi 4 yil

Dastur haqida

“Akademik xor dirijyorligi san'ati” asosiy fanning maqsadi — talabani 4 yillik 
ta'lim doirasida bo'lajak xor dirijyorining barcha malakaviy (ijrochi, xormeyster va 
pedagog) xarakteristikalari yig'indisi (sintez) orqali professional faoliyatga tayyorlash. 
Musiqiy asar ijrosi jarayonining tanqidiy tahlil ko'nikmalarini, turli ijrochilik 
talqinlarning qiyosiy tahlilini o'tkazish, asarning yaxlitligi va dramaturgiyasiga binoan 
qura olishni rivojlantirish. Xor jamoasining repertuar strategiyasini mustaqil tuzish 
malakasiga olib keladigan qobiliyatni o'stirish, tashkilotchilik ko'nikma va malakalariga 
ega bo'lish. 
Fanning vazifasi — Dirijyorlikning texnik va ijrochilik malakalarini o'zlashtirish.  
Talabani olgan bilimlarini pedagogik nuqtai nazardan to'g'ri qo'llay olishga, o'quv 
jarayonini mustaqil rejalashtirishga, asosiy masalalar yechimiga ijodiy yondashishga, 
musiqiy san'at va fan jabhasidagi maxsus adabiyotlar bilan ishlashga, hamda malakaviy 
tushuncha va atamalardan foydalanishga o'rgatish. Asar partiturasi ustida mustaqil 
ishlay bilish ko'nikmalarini rivojlantirish. G'arbiy va Sharqiy Yevropa, O'rta Osiyo  
bastakorlari va zamonaviy mumtoz asarlar asosida tuzilgan dasturni egallash. 

O'xshash dasturlar