Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti
Kompyuter lingvistikasi
Dastur haqida
Talabalar tabiiy tilni qayta ishlash (NLP), avtomatik tarjima, til korpuslarini yaratish bo'yicha amaliy masalalarni yechish, filologik axborot tizimlarini ishlab chiqish, qidiruv tizimlari, kompyuter grafikasi, ma’lumotlar bazasini yaratish va ulardan foydalanish bo'yicha bilim oladi, ko‘nikma hamda malakalarni shakllantiradi. 2021-yilda kafedra huzurida Kompyuter lingvistikasi ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz filologik masalalarni modellashtirish, ularning ma'lumot va bilimlar bazalarini yaratish, tadqiq etish; sun'iy intellekt uchun tilni modellashtirish usullarini yaratish, shuningdek, leksik ma'lumotlar bazalari – lingvistik ontologiya, axborot qidiruv tizimlari, kompyuter leksikografiyasi, mashina tarjimasi, kompyuter lingvistikasi terminologiyasi, kompyuter lingvodidaktikasi muammolari tadqiqi bilan shug‘ullanadi va lisoniy raqamli texnologiyalar ishlanmalarini yaratish bo'yicha izlanishlar olib boradi.
O'xshash dasturlar
Farg'ona davlat universiteti
Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
9 883 500 so'm
yiliga · ≈ $823
Namangan davlat texnika universiteti
Metrologiya va standartlashtirish
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,166
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix
12 380 000 so'm
yiliga · ≈ $1,031
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Tarix
12 380 000 so'm
yiliga · ≈ $1,031
Sarbon universiteti
Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili
—
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili
17 834 925 so'm
yiliga · ≈ $1,486