Dastur haqida
“Kimyo” ta’lim dasturi
Tabiiy fanlar fakultetining “Kimyo” yo’nalishida tabiiy fanlarni o’qitishda fanlar integratsiyasi va metodik tamoyillar bilan chambarchas holda 4 yil davomida kimyo fanlarini nafaqat o’qitilish balki fanning umumiy ma’no va mazmuni to’liq o’qitiladi. Ta’lim berish davomida talabalarga pedagogik ta’lim va o’qituvchilik mahoratlari ham o’rgatib boriladi. Darslar davomida o’quvchilar bilan ishlash darslarni samarali tashkil etish jarayonlari bevosita laboratoriya mashg’ulotlarida tushunchalar berib boriladi.
Ushbu ta’lim dasturi orqali siz hozirgi Tabiiy fanlar sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lgan “Kimyo” yo‘nalishi bo‘yicha bilim va malakalarga ega bo‘lasiz.
Siz 4 yil davomida “Kimyo” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ko‘plab nazariy va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz. Eng yangi va zarur bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko‘zlangan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida jami: 240 kredit to‘plashingiz zarur bo‘ladi. Jumladan:
1. Majburiy fanlar: 5100 soat
2. Tanlov fanlar: 1260 soat
3. Malakaviy amaliyot: 840 soat
Jami: 7 200 soat
Qo‘shimcha izohlar:
1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi.
- Nazariy va amaliy yaxlitlikni ta’minlash uchun malakaviy amaliyotlar tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Talaba bilimini baholash kredit tizimiga muvofiq ishlab chiqilgan nizom asosida amalga oshiriladi.
O'xshash dasturlar
Termiz davlat universiteti
Kimyo (turlari bo'yicha)
8 140 000 so'm
yiliga · ≈ $678
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
Kimyo
12 380 000 so'm
yiliga · ≈ $1,031
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti
Biotexnologiya
17 834 925 so'm
yiliga · ≈ $1,486
MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali
Elektr muhandisligi
25 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,083
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Kimyo muhandisligi
11 990 260 so'm
yiliga · ≈ $999
MMFI milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent shahridagi filiali
Fizika. Yadro tibbiyoti
25 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,083