Dastur haqida
60110800-Kimyo o‘qitish metodikasi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi- umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik kadr jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari, O‘zFA va ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida kasbiy faoliyat yuritish kabi kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi. Qayd etilgan kasbiy faoliyat sohalarining ta’lim jarayoni, ta’limning nazariy masalalari, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish, mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy-tadqiqot jarayonlari, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari jarayonlari, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ob’ektlarida ixtisoslik fanlaridan dars berishi; ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash; mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, ularning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist; tabiiy fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, ma’naviyat va ma’rifat markazlarida, ishlab chiqarish sohalarida, o‘qitishning didaktik vositalariini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi.
O'xshash dasturlar
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $916
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Maxsus pedagogika (logopediya)
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $916
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim
18 959 766 so'm
yiliga · ≈ $1,610
Toshkent shahridagi Vebster universiteti
Pedagogika
62 937 500 so'm
yiliga · ≈ $5,343
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Psixologiya
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $916
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Muzeyshunoslik (turlari bo‘yicha)
10 792 920 so'm
yiliga · ≈ $916