O'zbekiston davlat sport akademiyasi
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport
Dastur haqida
“Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. “Xizmat ko'rsatish” ta’lim sohasiga mansub mutaxassislik bo‘lib, u barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, Oliy ta’lim muassasalari va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, markazlari, ilmiy ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy tadqiqot faoliyatini yuritish, markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlarida faoliyatni tashkil etish va boshqarishga oid adaptiv jismoniy tarbiya va parasport muammolarini yechishga qaratilgan kompleks masalalarni hal etish, faoliyati yo‘nalishida, nozologiyaning barcha turlarida qayta tiklash tadbirlarini, shuningdek sport faoliyatiga moslashish mexanizmlarini, kasbiy bilim, ko‘nikma va malakaga ega bo'lish, boshqarish qobiliyatiga yo‘naltirilgan inson faoliyati vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini qamrab oladi, shu sababdan ushbu magistratura mutaxassisligi hozirgi davrda eng zarur bo'lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Siz 2 yil davomida “Adaptiv jismoniy tarbiya va sport: parasport” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ko'plab nazariy va amaliy ko'nikmalarga ega bo'lasiz. Eng yangi va zarur bo'lgan fanlarni o'zlashtirasiz. Biz bilan ta’lim oling va albatta ko'zlagan maqsadingizga erishing.
Mazkur ta’lim dasturida siz 4 semestr (2 yil) davomida jami: 120 kredit to'plashingiz zarur bo'ladi. Jumladan,
Jami auditoriya soati: 900 soat
Ilmiy-tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash: 1110 soat
Ilmiy pedagogik ish: 240 soat
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish): 450 soatni tashkil etadi.
|
O'quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat attestatsiyasi |
|
Nazariy ta’lim va ilmiy faoliyat |
45 |
1 – 3 |
Magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish |
|
Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) |
15 |
4 |
|
|
Attestatsiyalar |
9 |
1 – 3 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro'yxatdan o'tish |
2 |
1, 3 |
|
|
Ta’tillar |
22 |
1 – 4 |
|
|
GPA ko'rsatgichini hisoblash |
1 |
2 |
|
|
Davlat attestatsiyasi |
6 |
4 |
|
|
Jami |
100 |
Qo'shimcha izohlar:
1) 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
2) Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash hamda himoya qilish ham kiradi.
3) Ilmiy amaliyot va tajriba orttirish uchun oliy ta’lim, ilmiy tadqiqot muassasalari hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi. Dastlabki 5 haftasi kadrlar buyurtmachisi bo'lgan tashkilotlarda, keyingi 10 haftasi esa mutaxassislik kafedralarida tashkil etiladi.
4) Mazkur ta’lim yo'nalishi xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek, qo'shimcha sport tayyorgarligi mashg'ulotlari mavjudligini inobatga olgan holda nazariy ta’lim jarayoni onlayn tarzda yoki masofaviy shaklda amalga oshirilishi mumkin.
O'xshash dasturlar
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: regbi (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga · ≈ $1,690
Qarshi davlat universiteti
Sport faoliyati
$1,400
yiliga · ≈ 16 804 000 so'm
Toshkent shahridagi A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika Universiteti filiali
Sog'lig'i holatida cheklovlari bo'lgan shaxslar uchun jismoniy tarbiya (adaptiv jismoniy tarbiya). Adaptiv sport
20 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,666
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: shaxmat (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga · ≈ $1,690
O'zbekiston davlat sport akademiyasi
Sport faoliyati
20 286 000 so'm
yiliga · ≈ $1,690
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: taekvondo WTF (71010201)
20 286 000 so'm
yiliga · ≈ $1,690