Dastur haqida
| 60811500 ─ Zooinjeneriya (asalarichilik) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining m e’yoriy muddati 4 yil. 60811500 ─ Zooinjeneriya (asalarichilik) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi ─ “Qishloq xo‘jaligi” ta’lim sohasiga oid bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, u davlat, aksionerlik va xususiy kompaniyalar (firmalar), ishlab chiqarish korxonalari va birlashmalari, iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarini boshqarish, ularni ijtimoiyiqtisodiy, rivojlantirish istiqbollarini belgilash bo‘yicha iqtisodiy, tashkiliy masalalar yechimlarini asalarichilikning rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar. Shuningdek, yer, suv, energetik va moddiy ─ texnika resurslaridan samarali foydalanishni oshirish maqsadida asalarichilik sohasidan olinadigan maxsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sanoati uchun xomashyo tayyorlash, asalarilami parvarishlash va urchitish usullarini, naslchilik ishini olib borishni, irsiyat va o‘zgaruvchanlik belgilarni nasldan naslga berilishini, asalarilarni to‘la qiymatli oziqlantirishni tashkil etish va mustaxkam ozuqa bazasini yaratish, ozuqa qiyomlarini tayyorlash, bundan tashqari bu yo‘nalish ona asalarini ko‘paytirish, asal, mum, perga va boshqa ikkilamchi asalarichilik mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash, qayta ishlash va standartlashda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, asalarichilikda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalarining nazariy va amaliy asoslari, asalari kasalliklari va ularni oldini olish usullari, asalarichilikda veterinariya sanitariya tadbirlarini amalga oshirish, asalarichilik mahsulotlaridan tayyor mahsulotlarga aylantirish sohalariga ixtisoslashgan bakalavrlar tayyorlaydi va ularni tayyorlashning samarali metodlari va vositalari majmuini qamrab oladi, asalarilarni parvarishlash, oziqlantirish, mahuldorligini oshirish hamda sifatini yaxshilashda, kasbiy faoliyatning texnik vositalaridan oqilona foydalanish, sohani rivojlantirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy ─ tadqiqot faoliyatini amalga oshirish, davlat boshqaruv organlari, boshqa davlat va nodavlat muassasalarida asalarichilik sohasi ta’lim yo‘nalishlariga mos kasbiy faoliyat yuritish. 60811500 ─ Zooinjeneriya (asalarichilik) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan keyin, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi. |
O'xshash dasturlar
Toshkent davlat agrar universiteti
Oziq-ovqat texnologiyasi
11 710 000 so'm
yiliga · ≈ $995
Buxoro davlat texnika universiteti
Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Andijon davlat texnika instituti
Oziq-ovqat texnologiyasi.
—
Andijon davlat texnika instituti
Metallurgiya muhandisligi
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629
Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish (tarmoqlar bo‘yicha)
12 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,070
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Oziq-ovqat texnologiyasi
11 990 260 so'm
yiliga · ≈ $1,018