Dastur haqida
Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini, simsiz va mobil aloqa tizimlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr darajasidagi mutaxassislikni egallang.
Telekommunikatsiya injiniringi mutaxassisligi 2 yillik taʼlim dasturi bo‘lib, unda telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini, simsiz va mobil aloqa tizimlarini boshqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lgan magistr mutaxassislar tayyorlanadi.
Taʼlim dasturi zamonaviy va kelajakdagi telekommunikatsiya tizimlarini to‘liq tushunish, malakali mutaxassislarga talab juda yuqori bo‘lgan va tez rivojlanayotgan telekommunikatsiya sektorida birinchi o‘rinda turish uchun zarur bo‘lgan amaliy va nazariy bilimlarni egallash imkoniyatini beradi.
Mutaxassis egallaydigan ko‘nikmalar:
- Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlarini loyihalash va boshqarish, axborot oqimlarini boshqarish va signallarga raqamli ishlov berish, tarmoq xavfsizligini taʼminlash ko‘nikmalarni egallash;
- Loyihalarni boshqarish, hisoblashning matematik va algoritmik asoslarini ishlab chiqish, sunʼiy intellekt tizimlari bo‘yicha amaliy tushunchalarni olish.
- CISCO Academy va HUAWEI Academy sertifikatlashgan o‘quv kurslarida o‘qish va tarmoqlarni boshqarish bo‘yicha amaliy tajribalarni orttirish.
Egallash mumkin bo‘lgan faoliyat turlari
- Ilmiy-pedagog mutaxassis
- Telekommunikatsiya tarmoqlari muxandisi
- Telekommunikatsiya dasturlari muxandisi
- Tarmoq xavfsizligi mutaxassisi
O'xshash dasturlar
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
15 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,274
Andijon davlat texnika instituti
Axborot tizimlari
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
AFRASIAB UNIVERSITY
Kompyuter injiniringi
22 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,869
Britaniya menejment universiteti
Biznes-tahlil
60 000 000 so'm
yiliga · ≈ $5,096
Qarshi davlat universiteti
Axborot tizimlari
16 800 000 so'm
yiliga · ≈ $1,427
Buxoro davlat texnika universiteti
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223