Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali
Dasturiy injiniring
Dastur haqida
Davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, davlat boshqaruv organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida dasturiy injiniring bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etishni o‘z ichiga oladi.
Kasbiy faoliyatlarning obyektlari:
• avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti;
• avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
• Axborotni qayta ishlash, mikroprotsessorli tizimlarning dasturiy ta’minoti;
• Dasturiy mahsulotlar va hisoblash texnikasi apparat vositalarini ishlab chiqishga joriy etish va foydalanishning samarali jarayonlari;
• Axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari.
Davlat interaktiv xizmatlari elektron hukumat tizimlarida elektron hujjat aylanishi va ma’lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish.
Dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar pedagogik qayta tayyorgarlikdan o‘tgan taqdirda maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida, professional ta’lim muassasalarida ta’limning vakolatli boshqaruv organlari tomonidan aniqlanadigan umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘qitish bo‘yicha pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladi.
Kasbiy faoliyatlarning turlari:
• Tashkiliy-boshqaruv;
• Loyihaviy-konstruktorlik;
• Foydalanish va servis xizmat ko‘rsatish;
• Ishlab chiqarish-sozlash;
• Konsalting xizmati.
O'xshash dasturlar
Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti
Axborot xavfsizligi
15 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,274
Buxoro davlat texnika universiteti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Andijon davlat texnika instituti
Axborot tizimlari
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
AFRASIAB UNIVERSITY
Kompyuter injiniringi
22 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,869
Britaniya menejment universiteti
Biznes-tahlil
60 000 000 so'm
yiliga · ≈ $5,096
Qarshi davlat universiteti
Axborot tizimlari
16 800 000 so'm
yiliga · ≈ $1,427