Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
Matbaa va qadoqlash muhandisligi
Dastur haqida
Paxtani dastlabki ishlash fakulteti 1932-yilda tashkil topgan. Hozirgi kunda fakultet Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti (STMF) deb nomlanadi. Fakultet tarkibida “Tolali materiallarni dastlabki ishlash“,“Mexanika muhandisligi“,“Mehnat muhofazasi va ekologiya“,“Avtomatlashtirish va dasturiy injinering „kafedralri faoliyat olib boradi. Fakultetda 2000 nafardan ortiq talabalar tahsil olishmoqda. Ularga fakultetning 87 nafar professor-o‘qituvchilari, jumladan, 16 nafar fan doktori - professor, 41 nafar fan nomzodi - dotsent, 19 nafar katta o‘qituvchi, 11 nafar assistent samarali ta’lim-tarbiya bermoqdalar.
Jamoaning oldida katta maqsadlar qo’yilgan bo‘lib, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkinchi-sifat bosqich vazifalarini to‘la amalga oshirish, ya’ni fakultet kafedralarining moddiy-texnika, axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar yaratish, elektron darsliklar tayyorlash, shu bilan bir qatorda o‘qitish samaradorligini oshirish, institut bitiruvchi talabalarini ish bilan ta’minlash kabi asosiy vazifalar belgilangan.
Ushbu kafedralardagi malakali professor-o‘qituvchilar o‘zlarining bilim va tajribalarini talabalarga o‘rgatish bilan birgalikda o‘z bilimlarini boyitish maqsadida Latviya, Italiya, Rossiya, Janubiy Koreya va boshqa Osiyo hamda Yevropaning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
O'xshash dasturlar
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti
Konchilik ishi
8 838 000 so'm
yiliga · ≈ $751
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Meva-sabzavotchilik va uzumchilik
10 049 550 so'm
yiliga · ≈ $854
Andijon davlat texnika instituti
Yengil sanoat muhandisligi
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629
Andijon davlat texnika instituti
Mexatronika va robototexnika
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629
Turkiy davlatlar xalqaro universiteti
Oziq-ovqat texnologiyasi
13 800 000 so'm
yiliga · ≈ $1,172
Namangan davlat texnika universiteti
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104