Dastur haqida
| Fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil. 60530900 ─ Fizika ta’lim yo‘nalishi ─ fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, ommaviy axborot vositalari, davlat boshqaruvi organlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Fizika sohasi bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalariga qo‘shimcha va o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. 60530900 ─ Fizika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng: umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida fizika fanidan dars berish, ta’lim tizimida kabinet mudiri, metodist, muhandis, katta laborant, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, tabiiy yo‘nalishdagi ilmiy ─ tadqiqot tashkilotlarida ilmiy faoliyat olib borish, ishlab chiqarish sohasida fizik, muhandis ─ tadqiqotchi vazifasida faoliyat olib borish, turli tadbirkorlik sub’ektlarida, nodavlat notijorat va jamoat tashkilotlarida hamda boshqa muassasalarda ishlash, yangi yuqori unumli material va texnologiyalar yaratish hamda ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda muhandis, tadqiqotchi va texnolog bo‘lib ishlash, ta’lim jarayoni me’yoriy hujjatlari, pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish, dasturiy ta’minot, axborot ─ kommunikatsiya texnologiyasi sohasida mutaxassis bo‘lib ishlash kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. |
O'xshash dasturlar
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Pedagogika
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Boshlang‘ich ta’lim
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Innovatsion texnologiyalar universiteti
Psixologiya
14 400 000 so'm
yiliga · ≈ $1,223
Buxoro xalqaro universiteti
Jismoniy madaniyat
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish
10 049 550 so'm
yiliga · ≈ $854
Osiyo texnologiyalar universiteti
Dasturiy ta’minot
11 000 000 so'm
yiliga · ≈ $934