Dastur haqida
| 60211500 ─ San’atshunoslik (cholg‘u ijrochiligi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining meyoriy muddati 4 yil. 60211500 ─ San’atshunoslik (cholg‘u ijrochiligi) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining sohalari san’at va madaniyat muassasalaridagi ijodiy jarayonni tashkil etish, teatr ─ konsert, viloyat, shahar, tuman, madaniyat va turizm boshqarmalari, madaniyat markazlari, Respublika musiqa va san’at kollejlari, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktablari, bolalar musiqa va san’at maktablari, jamoat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy axborot vositalari, nashriyotlar, shuningdek, san’at va madaniyat bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. Cholg‘u ijrochiligi: Musiqa san’ati sohasidagi ta’lim yo‘nalishi, har qanday ma’daniy tadbirlarda ijrochi sozandalarning ahamiyati kata bo‘lib, Bolalar musiqa va san’at maktablari, Ixtisoslashtirilgan san’at maktablari, umumta’lim maktablar, Oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchi, sozanda, ijodkor, bo‘lib ish faoliyat olib boradi. Cholg‘u ijrochisi to‘garaklar faoliyatini olib borishi, konsert va tadbirlarda Yevropa, O‘zbek, Sharq bastakor va kompozitor asarlarini ijro etish jarayonlarida ijrochi sifatida faoliyat yuritadi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayoni san’at va madaniyat muassasalari, teatr, madaniyat va san’atga ixtisoslashgan va umumta’lim maktablar, ijodiy to‘garaklar, bolalar musiqa va san’at maktablarida ijrochi, yakkaxon xonanda qo‘shiqchilik fanlariga jo‘rnavoz sifatida dars berish va ijro sifatini boshqarish kabi kasbiy faoliyat turlari bilan shug‘ullanadi. |
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dizayn
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039
Buxoro davlat universiteti
Amaliy san’at: amaliy san’at asarlarini ta’mirlash
—
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (to‘qimachilik dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Chiroy estetikasi
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039