O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kutubxona axborot faoliyati
Dastur haqida
: Ushbu ta’lim dasturi orqali talabalarda kutubxona-axborot faoliyati sohasida samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, axborot-resurslar bilan ishlash, bibliografik jarayonlarni tashkil etish, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy shakl va uslublarini egallash, bibliografik tavsiflash, tizimlashtirish, klassifikatsiyalash, hujjatlar bilan ishlash, axborot-ma’lumotlar bazalarini yuritish, elektron kutubxonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha zarur tayanch bilimlarni o‘zlashtirishdan iborat.
Mazkur maqsadga erishishda talabalarda kutubxona va axborot muassasalari faoliyatini boshqarish, axborot xizmatlarini rejalashtirish va baholash, axborot resurslarini shakllantirish, tahlil qilish va foydalanuvchilarga yetkazib berish, shuningdek, axborot texnologiyalari asosida bibliografik izlash, raqamli ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur ta’lim dasturida siz 8 semestr (4 yil) davomida 240 kredit to ‘plashingiz zarur bo ‘ladi.
Jami auditoriya soati 3015 soat
Malakaviy amaliyot soati 450 soat
|
O‘quv jarayonining tarkibiy qismlari |
Haftalar soni |
Semestrlar soni |
Yakuniy davlat atestatsiyasi |
|
Nazariy va amaliy ta’lim |
105 |
1–7 |
Bitiruv malakaviy ishini himoya qilish yoki ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi
|
|
Attestatsiyalar |
14 |
1–7 |
|
|
Fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tish |
5 |
1, 3, 5, 6, 7 |
|
|
Amaliyot |
15 |
8 |
|
|
Yakuniy davlat attestatsiya |
3 |
8 |
|
|
Ta’til haftalari |
59 |
1–8 |
|
|
GPA ko‘rsatkichini hisoblash |
3 |
2, 4, 6 |
|
|
Jami: |
204 |
|
|
Izoh:
- 1 kredit 30 akademik soatni tashkil qiladi.
- GPA ko‘rsatkichi avgust oyining uchinchi haftasida aniqlanadi.
- O‘quv reja asosida ishchi o‘quv rejasini tuzishda talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasining umumiy hajmini saqlagan holda ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash mumkin.
- Yakuniy davlat attestatsiyasi muddatlari tarkibiga bitiruv malakaviy ishini himoya qilish ham kiradi.
- O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
- Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari bazaviy tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladi.
O'xshash dasturlar
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Kutubxona axborot faoliyati
30 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,548
Samarqand davlat chet tillar instituti
Jurnalistika: xalqaro jurnalistika
12 990 000 so'm
yiliga · ≈ $1,103
Namangan davlat universiteti
Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
26 000 000 so'm
yiliga · ≈ $2,208
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha)
12 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,019
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Sport faoliyati: muay tay (61010200)
19 159 000 so'm
yiliga · ≈ $1,627
Jizzax shahridagi Qozon federal universitetining filiali
Jurnalistika
20 336 000 so'm
yiliga · ≈ $1,727