Dastur haqida
“Amaliy geodeziya” kafedrasi 1966 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 2023 yildan kafedra “Geomatika muhandisligi” nomi bilan faoliyat yuritadi. Kafedra mudiri v.b. Tag‘ayeva Dilafruzxon Usmonovna.
Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 54 foizni tashkil etadi. Kafedrada xozirgi kunda jami 13 nafar professor-o‘qutuvchilar faoliyat yuritadi. Shundan 1 nafar professor, 6 nafar dotsent, 2 nafar dotsent v.b, 4 nafar assistent. Ushbu professor-o‘qituvchilar tomonidan hozirgi kungacha Geodeziya, Kartografiya, Kadastr va Geoinformatika sohalariga oid bir qancha darslik, o‘quv qo‘llanmalar, uslubiy ko‘rsatmalar, monografiyalar, ilmiy maqolalar nashr etilgan.
Kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari bilim, mahorat va talabchanlik bilan 6072250-“Geodeziya, kartografiya va kadastr”, 60723300-“Geomatika muhandisligi” hamda 60721500-“Geodeziya va geoinformatika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalariga shuningdek, 70721501-“Geodeziya va geoinformatika” mutaxassisligi magistratura talabalariga bilimlar berib kelmoqda.
Kafedra faoliyati davomida tayanch shahobchalarni barpo etish, ularning hisobini yuritish, Yer yuzasi yoki uni ayrim xududlarini plan va kartalarda tasvirlash, geodezik o‘lchov asboblari va ular bilan ishlash, yer yuzasi, yer osti, kosmik fazo obyektlari to‘g‘risidagi o‘lchashga oid fazoviy ma’lumotlarni olish, Yer yuzasidagi hamda kosmik fazodagi jarayon va hodisa obyektlarini koordinata-vaqt tizimiga bog‘lanishini amalga oshirish, joyning raqamli modelini yaratish, mamlakatimiz infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida geofazoviy ma’lumotlarni yig‘ish va taqsimlash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish hamda amalga oshirish bilan bog‘liq kompleks masalalar majmuasining nazariy va amaliy ishlarini bajarish bilan shug‘ullanadi.
O'xshash dasturlar
Andijon davlat texnika instituti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Bino va inshootlar arxitekturasi
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,911
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
22 500 000 so'm
yiliga · ≈ $1,911
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
9 700 000 so'm
yiliga · ≈ $824
Samarqand davlat texnika universiteti
Arxitektura tarixi va nazariyasi
15 600 000 so'm
yiliga · ≈ $1,325
Andijon davlat texnika instituti
Bino va inshootlar arxitekturasi
10 500 000 so'm
yiliga · ≈ $892