Dastur haqida
60730100 – “Arxitektura” (turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi ta’lim shakllarida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit-modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda bakalavriat dasturining me’yoriy muddati 4 yil.
60730100 “Arxitektura” (turlari bo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, arxitektura-qurilish sohasida, bino va inshootlar loyihaviy yechimlarni yaratish, shaharsozlik, transport obodonlashtirish, landshaft tizimlarini loyihalashtirish, arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash, sanoat, qishloq xo‘jaligi korxonalarini, binolarni barpo etish va eskpluatatsiya qilish bilan bog‘liq majmuiy masalalarni yechish, ushbu yo‘nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashdagi inson faoliyati, usullari, metodlari majmuasini qamrab oladi.
Kasbiy faoliyatlarining obyektlari: −Bino va inshootlar, shaharlar, shaharsozlik va landshaft obyektlari, bino va inshootlar bosh rejalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, arxitektura- qurilish nazorati inspeksiyalarida, barcha viloyat, shahar va tuman arxitektura qurilish boshqarmalari, arxitekturaviy byurolar, qurilish vazirligi strukturasidagi loyihalash tashkiloti va institutlari, muassasalari faoliyati bilan shug‘ullanish.
O'xshash dasturlar
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Qurilish muhandisligi
16 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,359
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Arxitektura
12 869 000 so'm
yiliga · ≈ $1,093
Namangan davlat texnika universiteti
Arxitektura
14 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,189
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Arxitektura
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039
Andijon davlat texnika instituti
Arxitektura
8 950 000 so'm
yiliga · ≈ $760
Andijon davlat texnika instituti
Kadastr
7 400 000 so'm
yiliga · ≈ $629