WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY WORLD GATEWAY EDUCATION AGENCY
Qarshi davlat texnika universiteti

Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchligi va xavfsizligi

Magistr Kunduzgi 2 yil

Dastur haqida

70811301 – “Gidrotexnika inshootlaridan foydalanish, ularning ishonchliligi va xavfsizligi” magistratura mutaxassisligi gidrotexnika inshootlarini samarali ekspluatatsiya qilish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, texnik holatini monitoring qilish, ishonchliligi va xavfsizligini baholash hamda ularning barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.

Mazkur mutaxassislik doirasida gidrotexnika inshootlaridan foydalanishning zamonaviy usullari, ularning texnik holatini baholash, diagnostika qilish, mustahkamligi va barqarorligini aniqlash, mavjud nuqson va shikastlanishlarni aniqlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish, xavf va tavakkalchiliklarni baholash hamda avariya holatlarining oldini olish masalalari o‘rganiladi.

Ta’lim jarayonida to‘g‘onlar, suv omborlari, gidrouzellar, kanallar, suv tashlash va suv olish inshootlari, nasos stansiyalari, gidroelektr stansiyalar hamda boshqa suv xo‘jaligi va gidrotexnika infratuzilmasi obyektlarining ekspluatatsiyasi va xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratiladi.

Mutaxassislikning muhim yo‘nalishlaridan biri gidrotexnika inshootlarining ishonchliligi va uzoq muddatli foydalanish imkoniyatini baholash hisoblanadi. Talabalar inshootlarning mustahkamligi, barqarorligi, texnik holati va ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, ehtimoliy xavflarni aniqlash, texnik diagnostika natijalarini baholash hamda inshootlarning xavfsizligini oshirish bo‘yicha muhandislik yechimlarini ishlab chiqish bo‘yicha bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

O'xshash dasturlar