Dastur haqida
| 60111300 ─ Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar tayyorlash kunduzgi va sirtqi ta’lim shaklida amalga oshiriladi. Barcha ta’lim shakllari bo‘yicha o‘qitish kredit ─ modul tizimi asosida tashkil qilinadi. Kunduzgi ta’limda 3 yil, sirtqi ta’limda 4 yil bakalavriat dasturining me’yoriy muddati belgilangan. 60111300 ─ Musiqa ta’limi ─ fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘lib, maktabgacha ta’lim vazirligi tizimidagi idoralar, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida ta’lim yo‘nalishiga oid fanlarni o‘qitish, davlat boshqaruvi organlari, ma`naviyat va ma`rifat markazlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalarni yechish bilan bog‘liq kasbiy sohalar majmuasini qamrab oladi. 60111300 ─ Musiqa ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari fan sohasidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tamomlagandan so‘ng: maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida musiqa, musiqa fanlaridan dars berish, tashkilot va muassasalar tizimida yoshlar masalalari bo‘yicha yetakchi, metodist, ichki ishlar organlari hodimi va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash, ta’limni boshqarish va pedagogik jarayonni tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi. |
O'xshash dasturlar
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Dizayn
24 000 040 so'm
yiliga · ≈ $2,039
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Rejissorlik: kino va televideniye rejissorligi
—
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Rejissyorlik: dramatik teatr rejissyorligi
—
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Aktyorlik san'ati: dramatik teatr va kino aktyorligi
—
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (kostyum)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Namangan davlat texnika universiteti
Dizayn (sanoat dizayni)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104