Dastur haqida
Logistika - biznesning samarali ishlashining asosiy mezonlaridan biridir. Ushbu sohada o'qish talabalarga butun dunyo bo'ylab mahsulotlarni yetkazib berish, saqlash va tarqatish bilan bog'liq jarayonlar haqida global tushunchani shakllantirish imkonini beradi. Bugungi kunda logistika strategik muhim soha bo'lib, unda talabalar mahsulotlar va ma'lumotlar oqimini samarali boshqarishni o'rganadilar. Ular, shuningdek, ta'minot zanjirlarini optimallashtirish, inventarizatsiyani boshqarish va tovarlarni tashish va taqsimlashni muvofiqlashtirish usullari haqida ham bilimga ega bo’lishadi. O'qishni tugatgandan so'ng, logistika bo'yicha ixtisoslashgan talabalar turli biznes sohalarida ishlashlari mumkin. Jumladan, ekspeditorlik, transport, yuklarni tashish, saqlash va qadoqlash kompaniyalarida logistika jarayonlarining samarali ishlashini ta'minlovchi logistika menejerlari, ta'minot koordinatorlari va ta'minot zanjiri tahlilchilari sifatida kuchli mutaxassis bo’lishlari mumkin. Logistik mutaxassislarga talabning ortishi O’zbekistonda yirik logistika markazlari va ko'p maqsadli omborlar qurilishining avj olishi, shuningdek, xalqaro bozorlar munosabarlarining rivojlanishi bilan bog'liq.
O'xshash dasturlar
Oʻzbekiston–Koreya Xalqaro Universiteti
Avtomobilsozlik muhandisligi
24 250 000 so'm
yiliga · ≈ $2,059
Andijon davlat texnika instituti
Logistika
8 150 000 so'm
yiliga · ≈ $692
Namangan davlat texnika universiteti
Logistika (transport faoliyati bo`yicha)
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Namangan davlat texnika universiteti
Barqaror transport
13 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,104
Termiz davlat universiteti
Logistika
9 372 500 so'm
yiliga · ≈ $796
Buxoro innovatsiyalar universiteti
Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha)
12 000 000 so'm
yiliga · ≈ $1,019